O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

"Vaqf" fondi Islom banki bilan hamkorlik qiladi

 
 

15 noyabr kuni Islom taraqqiyot bankining islomiy moliyalashtirish bo‘yicha departament direktori Vosim Abdulvahhob janoblari boshchiligidagi delegatsiya Diniy idorada tashrif buyurdi. Mehmonlar “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Iskandar Xalilov bilan muloqot o‘tkazdi.
Iskandar Xalilov “Vaqf” fondi tashkil etilishi, maqsad va vazifalari, amalga oshirilayotgan xayriya tadbirlari hamda tashkiliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Vosim Abdulvahhob janoblari “Vaqf” fondi tomonidan olib borilayotgan ishlarga katta baho berib, O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish va “Vaqf” qonunchiligini ishlab chiqishga yaqinda ko‘mak berishlarini alohida qayd etdi. Shuningdek, mehmonlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Haqiqatan, jahon tajribasida islomiy tamoyillarga asoslangan moliyalashtirish mexanizmlari, bank amaliyoti va vaqf tizimi izchillik bilan rivojlanib bormoqda. Yurtimizda ham ushbu tizimni ilmiy-amaliy o‘rganish va amaliyotga tadbiq qilish bo‘yicha jadal xatti-harakatlar olib borilmoqda.
Islom taraqqiyot banki vakillari, yurtimizdagi bank va moliya mutaxassislari, “Vaqf” fondi rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan mana shunday amaliy hamkorlik ishlari, albatta, o‘zining ijobiy samarasini beradi.

Manba: “muslim.uz”


Kiritilgan vaqti: 16/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1541
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/vaqf-fondi-islom-banki-bilan-hamkorlik-qiladi
Chop etilgan vaqti: 06/12/2024 13:16
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing