Navbatdagi bekat Narpay tumani
Saytimiz orqali viloyat otinoyilari bilan “Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini saqlash va diniy vaziyatni sog‘lomlashtirishda otinoyilarning o‘rni va rolini oshirish” mavzusida uchrashuvlar tashkil etib kelinayotgani xaqida xabar berib kelmoqdamiz.
15 noyabr kuni Narpay tumani otinoyilari bilan navbatdagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu gal oldingi uchrashuvlar singari ayol-qizlar o‘rtasida sog‘lom muhitni shakllantirib borish va uni daomiy ta’minlash ishlarida otinoyilar faollikka chaqirildi.
Bir kun avval mazkur uchrashuv Kattaqo‘rg‘on shahri otinoyilari bilan bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuvlar viloyat bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova boshchiligida bo‘lib o‘tyapti.
O‘MI Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 15/11/2018 00:00; Ko‘rilganligi: 1452
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 15:48