O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlar faoliyatini takomillashtirish yo‘lida

 
 

13 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining viloyat vakilligi binosida shahar va tuman bosh mutavallilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi o‘rinbosari X.Sattorov, vakillik bosh hisobchisi M.Muzrapov tomonidan masjidlar moliyaviy faoliyatini tartibga solish, “Vaqf” xayriya jamoat fondi hisobiga o‘tkazilayotgan pul mablag‘lari hisobini o‘z vaqtida yuritish, bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etishga doir muhokamalar olib borildi. Faoliyati nisbatan sust tumanlarga kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Yil moliyaviy sarhisobini qilish, masjid hujjatlarini talab darajasida yurtish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 13/11/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 1507
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlar-faoliyatini-takomillashtirish-yolida
Chop etilgan vaqti: 07/10/2024 15:52
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing