BOSHLIQLARGA ITOAT QILISH
Alloh taolo Qur’oni Karimda o‘zimizdan bo‘lgan boshliqlarga itoat qilishga buyurib marhamat qildi:
ISLOMDA SILAI RAHM
Dinimiz islomda silai rahmga nihoyat darajada katta e’tibor qilingan bo‘lib, ko‘plab oyat va hadislarda silai rahmning fazilati, ahamiyati va zarurati takror-takror uqtiriladi. Mo‘minlarning asosiy sifatlari bayon qilingan oyatlarda ularning qarindosh urug‘lar bilan aloqani bog‘lashlari haqidagi sifatlariga ham alohida urg‘u beriladi. Buning muqobilida esa buzg‘unchi bo‘lgan qavmlarning yomon sifatlari zikr qilinganda, ularning Alloh buyurgan rishtalarni uzishlari haqida ya’ni silai rahm qilmasliklari haqida xabar beriladi. Albatta, bu bejiz emas. Dinimizning silai rahmga bu qadar yuksak ahamiyat qaratishi uning nechog‘li ahamiyatga molik ish ekanidan dalolatdir.
QURBONLIK HUKMLARI
Alloh taoloning bandalariga ato etgan ne’matlari cheksiz va behisobdir. Mazkur beadad ne’matlardan biri esa o‘z bandalariga savob zaxiralarini boyitib olishlari uchun taqdim etgan o‘ziga xos ezgulik va yaxshilik mavsumlaridir. Haq taolo O‘zining ilmi azaliysida inson zotining zaifligi, gunohlar changaliga tushib qolishga moyilligini bilgan, ularga gunohlari o‘chirilib, ajru savoblarining qat-qat orttirib berilishiga sabab bo‘ladigan maxsus mavsumlar in’om etdi. Ana shunday ezgulik mavsumlaridan biri zulhijja oyining avvalgi o‘n kunligi hamda unda amalga oshiriladigan qurbonlik amalidir. Qurbon hayiti ma’nosini beruvchi “iydu-l-azho” so‘zi bejizga bunday nomlanmagan. Zero, haj amallarining asosi bajariladigan bu kunlardagi eng asosiy ish Alloh taolo uchun shukrona tarzida jonliq so‘ymoqdir. Shuning uchun ham bu bayram bizning tilda “qurbon hayiti” deb ataladi.
ISTIQLOLIMIZ RAHNAMOSI
Jafokash xalqimizning boshiga ko‘p musibatlar tushgan. Zero, Alloh taolo suygan bandasiga turli sinovlar, imtihonlar yuborib, uning iymonini, irodasini po‘latni o‘tda toblagandek toblab turar ekan. O‘zbek xalqi ham so‘nggi asrlar davomida ayniqsa ko‘p zahmatlar chekdi, mustabid tuzumning asoratida qoldi. Biroq, erksevar xalqning metin irodasini, porloq kelajakka, hurriyatga bo‘lgan ishonchini hech narsa sindira olmadi. Parvardigorimizning inoyati ila xalqimiz ichidan buyuk o‘g‘lonlar, asl qahramonlar yetishib chiqib, Vatan ozodligi, yurt obodligi yo‘lida ulkan ishlar qilib, ismlari tariximizga zarhal harflar bilan yozilib qoldi.
GO‘ZAL VA BETAKRORIMSAN, FAXRIMSAN VATAN
Hammamizga ma’lumki, mustaqilligimizning yigirma besh yilligini nishonlash arafasida turibmiz. Ana shu qisqa muddat ichida yurtimiz tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgardiki, uning chiroyidan ko‘zlarimiz qamashib, qalblar quvonchga to‘lib, ko‘ngillar yayraydi. Har bir soha vakiliga o‘ziga topshirilgan vazifani a’lo kayfiyat bilan, a’lo darjada bajarayotganligi, vatanga bo‘lgan mehr-muhabbati, odamlarga bo‘lgan hurmat-ehtiromi, ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada oshirib, kuchiga kuch, quvvatiga quvvat qo‘shmokda. Shu jumladan biz diniy xodimlar ham o‘z zimmamizga yuklatilgan vazifalarni imkon qadar baholi qudrat bajarib kelmoqdamiz. Bugunlik kunda shahrimizdagi masjidlar zamon talabi darajasida obodonlashtirilgani, namozxonlarga to‘liq qulayliklar yaratib berilganligi hech kimga sir emas. Biz bugun har qanday mehmonni kutib olib, yutuqlarimiz bilan tanishtirib, biron bir kamchiliksiz kuzatib qo‘yish darajasiga yetganligimiz Davlatimiz rahbarlarining olib borayotgan odilona siyosati, mehnati samarasidir. Mustaqilligimiz sharofati ila shunday oliy darajalarga erishdik. Bu darajadan tushmaslik uchun o‘zimizni va yoshlarimizni har qanday yovuz kuchlardan, fitnalardan,tuxmatlardan, din niqobi ostida harakat qilayotgan dinsizlardan, “ommaviy madaniyat” deb atalmish ofatlardan asrashimiz kerak.
QURBONLIK ULKAN SAVOB
Xalqimiz azaldan Qurbon hayitini Zulhijja oyining o‘ninchi kunida bayram sifatida nishonlab keladi. Hayit kuni mo‘min-musulmonlar Hayit namozi o‘qib, ehsonlar qiladi va ota-ona, yoru birodar, qarindosh-urug‘larni ziyorat qiladi hamda qo‘ni-qo‘shni, yetim-esir, beva-bechora va bemorlarning holidan xabar oladi. Bordiyu arazlashganlar bo‘lsa Hayit kuni bir-birlaridan uzr so‘rab, kungillarni shod etadi. Shuningdek, bu kunlarda otalar farzandlariga sayil xarji bersalar, onalar esa qizlarini yoniga olib qo‘llariga xina qo‘yib, ko‘zlariga surma surtadi. Muqaddas dinimizda bu ishlarning barchasi nihoyatda ulkan xayrli va savobli amallardan sanalib, ularni bajarishga xalqimiz alohida e’tibor bilan qaraydi.
OTA ONALAR MAS’ULIYATI
Qaysi bir xonodon sohiblarini Alloh taolo farzand atalmish ne’mat bilan siylar ekan, bas bu xonodon sohiblari bu ne’matni qadriga yetishlari lozim va ruhiy, jismoniy jihatdan muhofaza qilishga mas’uldir.
ABDULLOH IBN MUBORAK ILM VA FAZILATDA CHEKSIZ UMMON
“Sufyon Savriy vafot etganda larzaga kelgan yeru-osmon, Abdulloh ibn Muborak vafoti tufayli ham aynan shunday larzaga keldi”.
HYOYO INSONNING ZIYNATI
Xalqimizda “Imonsizda hayo, hayosizda imon bo‘lmaydi” degan ajoyib bir naql yuradi. Albatta bu xikmatli gaplar bekoriga aytilmagan. Bobokalonlarimiz har bir aytgan gaplarini hayot tajribalaridan, muqaddas kitobimiz Qur’onu karim va hadisi sharifga to‘g‘ri keladigan va kelajak avlodning komil voyaga yetishi uchun xizmat qiladigan ma’no-mazmunlarda xikmat qilib qoldirilgan. Hayo imondan bir bo‘lak bo‘lib, u imonni sayqal topishida, go‘zal va pokligida muhim o‘rin tutadi. Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallam: “Imon oltmishdan ziyod bo‘lakdan iboratdir. Uning eng afzali “LA ILAHA ILLOLLOH” kalimasi bo‘lsa, eng pastki darajasi yo‘ldagi insonga aziyat yetkazayotgan narsalarni olib tashlashdir. Hayo ham imondan bir bo‘lakdir.”- deb marhamat qilganlar. Qaysi bir kishining hayosi kuchli bo‘lsa, demak, uning imoni ham kuchlidir. Uning imoni kuchli bo‘lsa, demak, hayosi ham kuchlidir. Hayo bilan imon bir-biriga chambarchas bog‘langan, Allohning bandalariga bergan ulkan ne’matlaridan biridir. Shunday ekan hayoni iymon bilan, iymonni esa hayo bilan bezab hayotimizga tadbiq etsak, eng go‘zal, eng oliy janob, eng iboli, eng hayoli, eng taqvoli musulmonga aylanamiz.
ISLOMDA YOYOL NIMA UCHUN QADRLANADI?!
Dunyo tarixida biror bir jamiyat yoki tuzim, ayol zotini Islom ardoqlaganchalik qadrlamagan va unga ehtirom ko‘rsatmagan. Musulmon bo‘lmagan kishilar hayotiga nazar solsak, ularda ayol zotiga nisbatan asosan ikki xil qarash shakllanganini ko‘rishimiz mumkin. Ulardan biri salbiy, ya’ni ayolning yomonliklar boisi sifatidagi qarash va ikkinchisi — ayolning go‘zal xilqat ekani haqidagi talqini.




















