O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

AYRILIB QOLDIK

 
 

Taqdir azal shu ekan asli,

Ulug‘ bayram, oltin kuz fasli,

Amir Temur, Buxoriy nasli,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Yetti yoshdan yetmish yoshgacha,

Hatto tuproq, tog‘u toshgacha,

Eh, attang, deb yig‘lar boshqacha,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Belga ishonch belbog‘in tuygan,

Vatanim deb, elim deb kuygan,

Bolamizni bizdanda suygan,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Dam olmadi bir soat, bir on,

Yashnasin deb hur O‘zbekiston,

Tinchlik uchun fido qilgan jon,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Aslo qo‘rqmay o‘ngu-so‘llardan,

Himoyalab johil qo‘llardan,

Olib o‘tgan to‘g‘ri yo‘llardan,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Hatto Ka’ba ichida ham u,

O‘z xalqiga duo qildiku,

Vohasrato, ne ko‘rgilik bu,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Baxtu iqbol endi kulganda,

Yigirma besh yillik bo‘lganda,

Hijriy sakson yoshga to‘lganda,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Xayr endi, xayr-alvido,

Siz azizdan biz bo‘ldik judo,

Rahmatila g‘arq etsin Xudo,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.

Boqoniy der duo qilaylik,

Yurtboshiga jannat tilaylik,

O‘gitlarin oltin bilaylik,

Yurtboshidan ayrilib qoldik.


Kiritilgan vaqti: 05/09/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3174
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/ayrilib-qoldik
Chop etilgan vaqti: 15/12/2024 04:34
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing