Ўзбекистон мусулмонлари идораси
Самарқанд вилояти вакиллиги
w w w . s a m m u s l i m . u z

Мақолалар

Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning merosxȍrlarini asraylik

 
 

Bizlarni yo’qdan bor qilgan Alloh taologa hamdu sanolar, Anbiyolarni afzali Rasuli akram sallallohu alayhi vassallamga durudi salovotu salomlar bo’lsin.

Imom domla! Bu so’z bugungi kunimizda oddiy so’zlar qatori ishlatilinib kelinayotgani achinarli holat desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu so’zni eshitgan kimsani esa o’zida biror-bir o’zgarishni his qilmayotgani, odamni o’yga to’ldirib, qalbini jumbushga soladi. Nima uchun shunday? Aslini olganda bu so’z salobatli, viqorli va vazni juda og’ir so’zlardan emasmidi? Bu so’zni eshitgan odamning ko’z o’ngida salobatli, viqorli, vazmin va komil shaxs kelishi kerakmasmidi? Nima uchun bu so’z bugungi kunda qadrini shunchalik yo’qotdi? Bunga aybdorlarni kimdan axtarsak o’rinli bo’ladi? Shu so’zni ichiga kiruvchi shaxslardanmi? Yoki shu so’zni mohiyatini tushunmaydigan va bu so’zni ichiga kiruvchi shaxslarni tanimaydiganlarmi?

Adolat yuzasidan aytadigan bo’lsak ikkala tarafni ham kamchilik nuqsonlari ko’zga tashlanadi.

“Bugungi kunimizning imom-domlalari boshqa insonlardan deyarli farq qilmay qo’ydi”, deyayotganlar ko’payib ketdi. Balki shu jihat odamlarni shunday munosabatda bo’lishiga sabab bo’layotgandir. Aslida odamlar “Imom-domla” degan nom ostida mukammal bir insonni ko’rish kerak deb o’ylar. Shuning uchun hurmat kundan-kunga so’nib borayotgandir.

Bu so’zlarimiz bilan barcha imomlar shunday demoqchi emasmiz. Aksar imom-domlalar bundan mustasnodir. Ularni ichida juda ko’plari ulamo darajasidagi ustozlarimizdir. Ularga qancha bosh egsak shuncha arziydi, chunki ular sabab, johillik ko’tarilib turibdi, ular sabab rahmat yog’ilib turibdi.

Pay’ambarimiz sallallohu alayhi vassallam aytganlaridek: “Albatta Alloh taolo va uning farishtalari , osmonlar-u yer ahli hatto inidagi chumoli va dengizdagi baliqlar ham insonlarga yaxshilikni ta’lim beruvchiga asalovot aytadilar”.

Ikkinchi tarafga kelsak! Aslida ular tomonidan ba’zida imomlar sha’niga qarshi aytilayotgan so’zlar, ularning imomlik maqomatini to’liq anglab yetmaganliklaridandir. Lekin nima bo’lishidan, qanday bo’lishidan qatiy nazar sizning ko’zingizga siz istayotgandek ko’rinmayotgan imom-domlalarimiz ilm ahllaridir, Payg’ambarlarning merosxo’rlaridir. Eng avvalo Alloh taoloning xizmatkorlaridir.

Chunki ular siz-u biz uchun ustoz maqomidadir. Shunday ekan siz-u bizga ularni hurmat qilish, ehtiromlash, joni, moli va obro’yini saqlash vazifalarimizdandir.

Imom G’azzoliy rahmatullohi alayh aytganlaridek:

“Ustoz haqida yaxshi gumonda bo’lish, ya’ni ko’rinishidan noto’g’ri ishdek tuyulgan bir ishni ko’riboq u haqida yomon fikrga bormaslik” siz-u bizni odoblarimizga kirar ekan.

Shunday ekan, keling azizlar, ulamolarimizni, imom-domlalarimizni hurmat qilaylik, shoyad shu sabab Alloh taolo o’z rahmatiga g’arq etib, o’z jamoliga muyassar aylasa.


Киритилган вақти: 28/11/2017 00:00;   Кўрилганлиги: 2563
 
Материал манзили: https://www.sammuslim.uz/articles/rasululloh-sallallohu-alayhi-va-sallamning-merosxrlarini-asraylik
Чоп этилган вақт: 12/12/2024 09:01
 
 
Ўқиш учун ушбу тугмани босинг