Axborot xizmati

Masjidlar ochilishi shukronasi, kasalliklar daf bo‘lishi uchun Qur'on xatm qilaylik!

Allohga shukrki, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2071 ta jome masjid o‘z eshiklarini yana ochmoqda. Haqiqatan, barchamiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘indik. Zero, jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz va qilinajak duolarda ko‘p xayr bor, balolarning daf bo‘lishiga umid bor.

 

Sifatli onlayn darslarni tashkil qilishga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi

Shu yil 13 avgust kuni Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurtida o‘qituvchi-pedogoklar uchun onlayn darslarini sifatli tashkil qilish mavzuida o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.

 

Yer sharida azon sadosi to‘xtovsiz yangrab turadi

«Allohu akbar! Allohu akbar!» so‘zlari bilan boshlanuvchi kun xuddi shu kalom bilan nihoyasiga yetadi.

 

Samarqandda masjidlar ochilishiga tayorgarlik ko‘rilmoqda

Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni “Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir”, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham, har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan masjidlarimiz misolida yaqqol his etmoqda.

 

Munosabat: Masjidlar har kuni ishlaydi!

Allohga shukrki, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2070 ta jome masjid o‘z eshiklari yana mo‘min-musulmonlarga ochadi. Haqiqatan, barcha mo‘min-musulmonlarimiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘inishdi. Masjidlar ochilishi xabari, hech shubha yo‘qki, ko‘ngillarni shod qilgan mujda bo‘ldi.

 

Qalbaki taqvim xarid qilishdan saqlaning!

Shu kunlarda yurtimizning ayrim hududlarida hijriy 1442 yil uchun (milodiy 2020-2021 yil) mo‘ljallangan namoz vaqtlari taqvim kitobining qalbaki nusxasi tarqatilayotgani kuzatilgan.
Ta'kidlaymizki, O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan shakllantirilgan, soha mutaxassislari va astronomiya instituti bilan muvofiqlashtirilgan haqiqiy namoz vaqtlari taqvim kitobi ayni paytda Diniy idora huzuridagi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyida chop etish jarayonidadir.

 

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita masjidlar faoliyatiga doir izoh berdi

Izoh: diniy ibodatlarni bajarish yuzasidan

✅Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e'tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.

 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi

Keyingi yillarda yurtimizda barcha sohalar qatori diniy-ma'rifiy sohada ham katta o‘zgarishlar va islohotlar bo‘lyapti. Buni biz so‘ngi uch yarim yil ichida muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tashabbuslari bilan tashkil etilgan ilm-ma'rifat maskanlari misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Ular qatoriga Imom Buxoriy va Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazlarini kiritishimiz mumkin.

 

RASMAN: 17 AVGUSTDAN MASJIDLAR O‘Z FAOLIYATINI BOSHLAYDI!

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e'tiboran yurtimizdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Bunda karantin talablari va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat'iy amal qilish talab etiladi. Bu haqida Respublika maxsus komissiyasining qarorida shunday deyiladi: «Maxsus komissiya qarori bilan 17 avgustdan boshlab diniy tashkilotlar faoliyatiga (har kuni dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda qat'iy ijtimoiy masofani saqlash cheklovlariga rioya etilishini ta'minlagan holda) ruxsat beriladi».

 

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yolg‘on xabar bo‘yicha RASMIY XABARNOMA

Shu yil 8 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy lavozimiga go‘yoki nomzodlar ko‘rib chiqilib, Azon.uz sayti ta'sischisi Mubashshir Ahmad ma'qullandi, degan mazmundagi xabar soxta va mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 

Hayit namozinig shartlari.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda u kishi aytadilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida, ular (Madina xalqi)ning xursandchilik qiladigan ikki kuni bor edi. U zot sollallohu alayhi vasallam: “Darhaqiqat, Alloh subhanahu va taolo sizlarga bu ikkisidan yaxshirog‘ini alishtirib berdi: Fitr (Ramazon hayiti) va Azho (Qurbon hayiti) kuniga” deb aytdilar”. Mazhablar hayit namozining vojib yoki sunnat ekanligi borasida ixtilof qilishgan. “Jome'us-sog‘ir” kitobida zikr qilinishiga ko‘ra – sunnatdir. Chunki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki bayram (Hayit va juma) bir kunda jamlanadigan bo‘lsa, ulardan birinchisi sunnatdir, deganlar.

 

ONLAYN: Arafa kuni Qur'on va duo kechasiga marhabo!

Alloh taolo ulug‘ qilgan Zulhijja oyida turibmiz, ushbu oyning avvalgi o‘n kuni mislsiz fazilatlarga boydir. Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ibodat qilinadigan biror kun zul hijjaning o‘n kunidan Alloh taologa mahbub emas. Undagi har bir kunning ro‘zasi bir yilga barobardir. Undagi har bir kechada turish qadr kechasida turishga barobardir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

 

Ozod domla Nazarov, Pastdarg‘om tuman bosh imom-xatibi - Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Alhamdu lillah vassolatu vassalamu ala rasulillah.
Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar! Barchalaringizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etaman. Alloh taolo yurtimizni obod aylab ofatlardan saqlasin.

 

QURBON HAYITINI NISHONLASH HAQIDA

Alhamdulillah. Vassolatu vassalamu ala rasulillah.

   Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar. Barchalaringizni Qurbon hayiti bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Alloh tabaroka va taolo jonajon yurtimizni obodligini, farovonligini va tinchligini ziyoda qilsin.

 

Zulhijja oyining dastlabki o‘n kunining fazilati

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing