O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Yer sharida azon sadosi to‘xtovsiz yangrab turadi

 
 

«Allohu akbar! Allohu akbar!» so‘zlari bilan boshlanuvchi kun xuddi shu kalom bilan nihoyasiga yetadi.

Yaqinda namoz vaqtlarining turli davlatlarda qancha soatga farq qilishini o‘rganib, shu asosda jadval tuzmoqchi bo‘ldim.

Yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishi natijasida namoz vaqtlarida mutanosiblik yuzaga kelishini bilardim, ammo unda ilohiy hikmat yashirin ekanini o‘ylab ham ko‘rmagan ekanman.

Ishni xaritaning eng sharqiy qismidan joy olgan musulmonlar davlati Indoneziyadan boshladim. Bu paytda u yerda bomdod namoziga azon aytilayotgan edi.

So‘ngra 3-4 daqiqadan so‘ng Malayziyada ham namozga da'vat etuvchi bu tovush yangrab, muazzinlar bomdodga tayyorgarlik ko‘rishar edi.
Bir necha daqiqadan keyin u yerda ham «Allohu akbar! Allohu akbar!» degan tovush yangray boshladi.

Tobora hayajonlanib, Allohga hamdu sano aytdim.

Namoz vaqti esa xaritaning g‘arbiy qismi tomon surilib borar va endi aytish navbati Tailandliklarga yetib kelgan, men esa Allohning kalomi yer yuzida to‘xtamay aytilayotganidan hayratim oshardi. Birin ketin Bangladesh, G‘arbiy Hindiston, Kalkuatta, Xaura «Alloh buyukdir, Alloh buyukdir, Alloh yagonadir» deya namozga da'vat etdi.

Keyin Markaziy Osiyo davlatlariga navbat yetib keldi.So‘ng Eron, Iroq, undan keyin arab davlatlariga ko‘chib o‘tdi.

Meni hayajonga solgan narsa shu bo‘ldiki, yer sharida «Alloh buyukdir» deya boshlanuvchi azon tovushlari davomiy ravishda har daqiqa to‘xtamay yangrab turar ekan.

Manba islom.uz sayti


Kiritilgan vaqti: 14/08/2020 15:16;   Ko‘rilganligi: 878
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/er-sharida-azon-sadosi-toxtovsiz-yangrab-turadi
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 09:20
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing