O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Masjidlar ochilishi shukronasi, kasalliklar daf bo‘lishi uchun Qur'on xatm qilaylik!

 
 

Allohga shukrki, shu yil 17 avgust kuni bomdod namozidan boshlab, yurtimizdagi barcha 2071 ta jome masjid o‘z eshiklarini yana ochmoqda. Haqiqatan, barchamiz jomelarda namoz o‘qishni juda ham sog‘indik. Zero, jamoat bo‘lib o‘qiladigan namoz va qilinajak duolarda ko‘p xayr bor, balolarning daf bo‘lishiga umid bor.

Darhaqiqat, sahar vaqtidagi duolar mustajobdir. Nabiy alayhissalom “Ey, Allohim, ummatimning tongiga baraka bergin”, deb duo qilganlar. Hadisi sharifda esa: “Kim Qur'onni xatm qilsa, uning duosi ijobatdir”, deyilgan (Imom Tabaroniy rivoyatlari).

Shu bois, imom-domlalar barobarida muxlis xalqimiz tomonidan o‘qilgan yoki o‘qilayotgan Qur'on xatmonalari bo‘lsa, 17 avgust kuni bomdod namozigacha taqdim etilsa, eng xushovoz qorilar xatm yakunini o‘qib, muftiy hazratlari tomonidan duolar qilinadi, insha Alloh.

Shunday ekan 17 avgust kuni bomdod namoziga qadar ado etilagan Qur'oni karim xatmonalari sanog‘ini 94-159-59-84 telefon raqamiga SMS xabari orqali ma'lum qilishni tavsiya etamiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 15/08/2020 12:58;   Ko‘rilganligi: 932
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/masjidlar-ochilishi-shukronasi-kasalliklar-daf-bolishi-uchun-quron-xatm-qilaylik
Chop etilgan vaqti: 12/05/2024 07:28
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing