“Jo‘sh ota” jome masjidida Juma ibodati ado etildi
Bugun, 4 dekabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov viloyatimizning olis Qo‘shrabot tumanidagi chekka hududda joylashgan, joriy yil boshida binosi to‘liq rekonstruksiyadan chiqarilgan “Jo‘sh ota” jome masjidiga tashrif buyurdi. Mazkur masjid jamoasi va namozxonlar bilan muloqot qilindi.
Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir
Xayr-sahovat, mehr-oqibat, siylai-rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo sohibiga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday oliyjanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.
Xayr-ehsonning yaxshisi bu qiyinchilik va muhtojlik vaqtda qilinganidir.
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi
Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin Eshonqulov joriy yil 3 dekabr kuni Indonezya sayyohlarini O‘zbekistonga jalb qilish maqsadida Indonezya sayyohlik kampaniyalarining vakillari bilan Zoom platformasi orqali o‘tkazilgan onlayn konferensiyada qatnashdi.
Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish
Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish”, deb marhamat qilganlar.
Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi. Mana shunday hikmatni o‘ziga shior qilib olgan Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev savobli ishlar qilishda davom etmoqda.
Nishonga urilgan gaplar: Ey nafs! Seni tenging bir nafas...
Bugunning chorasini ko‘rib, ertaga ehtiyoji qolmagan kishi aqllidir.
Tenglik hukm surgan joyda sotqin, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
Abu Rayhon Beruniy
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun 1 dekabr kuni O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bosh imom-xatiblarning joriy yilda amalga oshirgan ma'naviy, marifiy va boshqa jabhalarda bajargan ishlari sarxisob qilindi.
Alloh taoloni sevasiz-mi?
هل تحب الله ؟
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim bomdod namozini jamoat bilan o‘qisa, so‘ngra quyosh chiqquncha Allohni zikr qilib o‘tirsa, keyin ikki rakat namoz o‘qisa, uning uchun haj va umraning ajridek bo‘lur. To‘liq, to‘liq, to‘liq", deganlar.
Demak, bomdod namozini o‘qib bo‘lib, Allohni zikr qilasiz. Allohni zikr qilishning eng afzali Qur'on tilovatidir.
Muftiy hazratlari surxondaryolik imom-xatiblar bilan uchrashdilar
25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonovning Surxondaryo viloyatiga xizmat safarlari davom etdi.
Muftiy hazratlarining Surxondaryo viloyatiga safarlari boshlandi
Bugun, 25 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Yahyo Abdurahmonov Surxondaryo viloyatida diniy-ma'rifiy sohada olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish, imom-xatiblar va aholi vakillari bilan uchrashish maqsadida ushbu viloyatga safarlari boshlandi.
Juma kuni bilan tabriklash
Yaqin yillardan beri ba'zilar tomonidan: ““Juma ayyomingiz muborak bo‘lsin”, “Juma muborak” deyish mumkin emas, chunki, juma kuni qiyomat kuni bo‘ladi, qachonki biz mahshargohdan o‘tib jannatda yig‘ilganimizdagina “juma muborak bo‘lsin”, deb aytamiz. Juma bilan tabriklash bid'at, chunki, Payg‘ambar alayhissalom va sahobalar bir-birlarini juma bilan tabriklamagan” degan har xil gap-so‘zlar tarqalib qoldi. Bu gap-so‘zlarga qisqa javob shuki, mo‘min-musulmonlar o‘zaro bir-birlariga sog‘liq-salomatlik tilab, Juma kuni bilan tabriklashlari muboh (savob ham, gunoh ham bo‘lmaydigan) amallardandir.
Amallarning qaysi biri afzal?
Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: «Namozning (nimasi) afzal?» deb so‘raldi. U zot:
«Qunut(qiyom)ning uzuni», dedilar». Muslim va Termiziy rivoyat qilganlar.
Islom hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar uchrashuvi o‘tkaziladi
Shu yil 27-28 noyabr kunlari Niger poytaxti Niamey shahrida “Tinchlik va taraqqiyot yo‘lida terrorizmga qarshi kurashda ahdlashuv” mavzusida Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyati tashqi ishlar vazirlari kengashining 47-sessiyasi o‘z ishini boshlaydi.
Nishonga urilgan gaplar: Qalbaki maqtash haqoratlashdir, poydevorsiz qurilgan bino qulaydi.
Haqiqatni doimo takrorlab turish zarur, chunki bizga adashishni ham doimo eslatib turishadi.
Gyote
***
“Vaqf” xayriya jamoat fondiga yangi rahbar tayinlandi
Bugun, 19 noyabr kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Shayx Zayniddin” jome masjidi imom-xatibi Abdurahmonov Yahyo Ubaydullo o‘g‘li “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruv kengashi raisi vazifasiga tayinlandi. Bu haqda “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashi yig‘ilishida e'lon qilindi. Fondning avvalgi rahbari Iskandar Xalilov boshqa ishga o‘tkazildi.
Abdurahmonov Yahyo 1985 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan. 1999-2003 yillarda Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasini tamomlagan. 2004-2008 yillarda Toshkent islom institutida ta'lim olgan. Shu davr oralig‘ida Misr Arab Respublikasidagi “al-Azhar” universitetida malaka oshirgan.
Qor parchasi – mo‘jiza
Qishda qor yog‘ishini tomosha qilish zavqli ish. To‘g‘rimi? Hamma joy oppoq qorga burkanadi, atrof musaffo, havo top-toza, uchib-uchib tushayotgan qor parchalariga qo‘lingizni tutsangiz, kaftingizga qo‘nib erib ketadi.




















