Axborot xizmati

Muzakkir – eslatuvchining odobi haqida

Faqih Abu Lays Samarqandiy rahimahulloh aytadilar: Muzakkir ya'ni da'vatchida bo‘lishi shart bo‘lgan eng birinchi xislat bu solihlikdir, chunki solih bo‘lmasa, aqlli kishilar undan qochib, faqat nodonlar ergashadi. Natijada olam fasod bo‘ladi. Solih bo‘lmasa, so‘zi qalblarga foyda bermaydi.

 

Samarqand viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on shahridagi masjidlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi

Bugun, 23 dekabr' kuni viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov Kattaqo‘rg‘on shahriga tashrif buyurdilar.

Tashrif ushbu shaharda joylashgan “Muhammad Naqibbek” jome masjidida namozxonlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, yaqinda mazkur masjid tahoratxonasining yangi, har tomonlama qulay binosi foydalanishga topshirilgan edi. Zayniddin domla Eshonqulov mazkur taxoratxonada namozxonlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 

Bir savol so‘rasam: Bomdod namozining farzini jamoat bilan o‘qigan, sunnatini keyin o‘qiydi-mi?

— Masjidga bomdod namoziga borganimizda, biz namozning sunnatini o‘qiy boshlasak, jamoat farzini o‘qishni boshlab yuborishdi. Biz ham jamoatga qo‘shilib, farzga o‘tib ketdik. Birovlar farzdan keyin sunnatini o‘qisa bo‘ladi, deyishsa, ba'zilar bo‘lmaydi, deyishyapti. Birovlar esa sunnatini o‘qimay farziga o‘tib bo‘lmaydi, deydi. Qanday yo‘l tutishimiz kerak?

 

Muftiy hazrat xalqaro onlayn anjumanda nutq so‘zladilar

Shu yil 17 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining istiqboldagi rejalariga bag‘ishlangan xalqaro onlayn anjumanda ishtirok etib, nutq so‘zladilar.

 

Viloyatidagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillari taqdirlandi

Bugun, 17 dekabr kuni Samarqand viloyatidagi eng faol imom-xatib, imom-noib va soha vakillari taqdirlandi.

 

Davriy nashrlarimizda: Imom-xatiblik – ham sharaf, ham mas'uliyat

Dinimiz ta'limotla­ri­ni insonlarga yetkazish va bu yo‘lda ularga mual­limlik qilish – g‘oyat sha­rafli vazifa. Chunki bu ra­sullar va nabiylar­­ning yo‘lidir. Eng muhi­mi, imom-xatib­lar Ra­su­lulloh sollallohu alay­hi va sallamning ma'naviy meros­xo‘rlari hisoblanadi. Imom-xa­tiblik sharafli vazifa bo‘lishi bilan birga o‘ta mas'uliyatli ham­dir. Chunki imomning birgina xatosi yoki e'tiborsizligi oqibatida ko‘plab odamlar adashishi mumkin. Shuning uchun imom-xatib­lar doimo o‘z ustlarida ishlab, ilm va tajribalarini oshirish­lari, xalq­ni, millatni doim to‘g‘ri yo‘lga da'vat etishlari lozim.

 

Nishonga urilgan gaplar: Yuksalishni istasang – boshqalarni ko‘tar!

O‘qing va o‘rganing. Jiddiy kitoblarni o‘qing. Qolganini hayotning o‘zi tushuntirib beradi.     

Dostoyevskiy

***

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining muhtarama otinoyilarimizga murojaatlari

الحمد لله رب العالمين و الصلاة و السلام علي رسوله الكريم

و علي آله و أصحابه أجمعين و بعد...

Assalomu alaykum va rahmatullohi va  barakotuhu!

 

Hurmatli va aziz opa-singillar!

Alloh taologa behisob shukrlar bo‘lsinki, taraqqiyotimizning yangi davrida xalqimiz uchun cheksiz imkoniyatlar eshigi yanada keng ochilmoqda. Haq taoloning xalqimizga bergan ulug‘ ne'matlari, baxt-saodatning had-hududi yo‘q. Jonajon diyorimizda din sohasiga ko‘rsatilayotgan ijobiy ta'sirlar yanada ulkan bo‘lmoqda. Muxtaram Yurtboshimiz rahnamoliklari va g‘amxo‘rliklari natijasida mamlakatimizda din sohasi jadal rivojlanib, ko‘plab xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Misrdan qarash: AQSH Davlat departamenti O‘zbekiston din erkinligini ta'minlashda ulkan yutuqlarga erishganini e'tirof etdi

Misrning "Al-Xabar al-Yovm" ("Kun yangiliklari") gazetasi "AQSH Davlat departamenti O‘zbekistonni diniy erkinlikni buzgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarib tashladi" sarlavhasi ostida maqola chop etdi, deb xabar bermoqda "Dunyo"axborot agentligi.
Maqola muallifi-misrlik jurnalist Fotima Badaviyning xabar berishicha, joriy yil 7 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat departamentining rasmiy bayonoti e'lon qilindi. Unga ko‘ra Davlat kotibi Maykl Pompeo O‘zbekistonni diniy erkinliklar sohasidagi “Maxsus nazorat ro‘yxati”dan chiqardi va shu orqali mamlakat e'tiqod erkinligini ta'minlash sohasida ulkan o‘sishga erishganini e'tirof etdi.

 

SOXTA SALAFIYLAR KIM?

Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) davridan 13 asr o‘tgach paydo bo‘lgan soxta salafiylar oqimi tarafdorlari, Islomning dastlabki uch asridan keyin yashagan musulmonlar Islomni noto‘g‘ri tushungan, degan fikrni ilgari surishadi. Vaholanki, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bunday deganlar: «Odamlarning yaxshilari men bilan yashaganlar, so‘ng ulardan keyingilar, so‘ng ulardan keyingilar» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

 

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi diniy-ma'rifiy markaz mavqeini tiklashga qaror qildi

«Asda O‘mon» gazetasi o‘z muxlislarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli izchil islohotlar samaralari bilan tanishtirishda davom etmoqda, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.
Ushbu gazeta saytida chop etilgan maqola mamlakatimizning diniy erkinlik sohasida erishayotgan yutuqlari xalqaro miqyosda e'tirof etilayotganiga bag‘ishlangan.

 

Imom-xatib o‘zi tahsil olgan maktabda...

Yurtning ertasi bo‘lmish yoshlarning ilm olish kasb va hunar egasi bo‘lishlari birinchi navbatda o‘zlarinig, qolaversa ota-onalarinig ham orzusi. Bu orzuga yetishish uchun talaba va o‘quvchilardan sabot va matonat talab qilinadi. Ilm olish yo‘lida chekilgan zahmat tufayli insondan sodir bo‘ladigan ba'zi juz'iy sahv va xatolar kechiriladi.

 

Botil aqidalardan ehtiyot bo‘ling!

Imom Moturidiy yashagan davr siyosiy jihatdan ancha barqaror bo‘lsa-da, biroq aqidaviy qara­ma-qarshiliklar, mazhablar o‘r­tasidagi ixtiloflar, fikriy xurujlar turli tomonlarda qalqib turgan edi.1

 

Mehrga kim ham to‘yadi?

Bugunning gapi 

Odamning qorni bir kosa ovqatga to‘yishi mumkin. Juda ko‘p eshitganmiz “qornim rosa to‘yib ketdi”, degan so‘zlarni. Ayniqsa, bugungi ma'murchilik davrida, to‘qchilik zamonida bu oddiy holatga aylanib ulgurdi. Rabbimizga behisob shukrlar bo‘lsin. Lekin “mehrga to‘ydim” degan so‘zni hech qachon eshitmaganmiz. Mehrga kim ham to‘yadi?!

 

Munosabatlar qonuniy bo‘lsa, pand yemaysiz

O‘zA veb-saytida e'lon qilingan “Xorijga turmushga chiqayotgan qizlar...” sarlavhali maqolada (Shahnoza Mamaturopova. 21.10.2020y) qizlarimizning ayrimlari Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa davlatlarga hoyu-havas ortidan ergashib, turmushga chiqib ketayotgani, xorijiy mamlakatlarda yashashga havasmandlikning ortida qanday sabablar borligi haqida so‘z yuritilgan, begona yurt fuqarolari bilan surishtirmay-netmay oila qurib ketayotgan qizlarga achchiq saboqlar hayotiy misollar yordamida tushuntirilgan.

Aks-sado

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing