Axborot xizmati

O‘zbekistonda xattotlik maktablari ochiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 29 yanvar kuni Toshkent Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Kun.uz muxbiriga ko‘ra, tashrif doirasida o‘tgan bino taqdimotida prezident Mirziyoev O‘zbekistonda xattotlik san'atini rivojlantirish borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

 

ESKI SHAHARDAGI YANGI TARIX

Munosabat

Taraqqiyotni belgilaydigan omillar ko‘p, sabablar bisyor. Lekin bu sabab va omillarning hech biri ilm va bilimchalik abadiy, ma'rifatchalik mangu emas. Bugungi farovon hayot, saodatli kunlar, yuksak texnika asri, hech shubhasiz, ilmga asoslangan taraqqiyotning mahsulidir.

 

Toshkent Islom instituti talabasi Qur'on qiroati bo‘yicha ijoza oldi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom instituti Tahfizul Qur'on kafedrasi 4-kurs talabasi Abdulhay Oxunjonov Imom Hafsning Osim ibn Abun Najuddan qilgan rivoyati Shotibiya yo‘li orqali Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga bog‘langan sanadi bilan ijoza oldi.

 

Kimki boshqalarga marhamatli bo‘lmas ekan

Marhamat (rahmdillik) ham go‘zal axloqqa kiradi. Marhamat degani, boshqalarga achinish tuyg‘usidir. Hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam buyuradilarki:

من لا يرحم لا يرحم (راموز الاحاديث: 12/446)

«, u ham marhamat ko‘rmaydi». Ya'ni Allohning marhamati va rahmatiga erishmaydi, balki Uning balosi va jazosini tortadi. Demakki, inson rahmdil, marhamatli bo‘lishi kerak!

 

Samarqandlik imom-xatiblar oliy Ma'had talabalari bilan uchrashdi.

18 yanvar kunidan boshlab O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi viloyat, tuman va shahar bosh imom-xatiblari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ikki xaftalik malaka oshirish o‘quv kursini boshlangan edi.

 

Kofir deyishdan qattiq ehtiyot bo‘ling!

Bugungi kunda, internet, yanada aniqrog‘i ijtimoiy tarmoqlar ko‘plab insonlarning hayot maydoniga aylanib qoldi. Afsuski, ular bu hayotning noreal ekanligini anglab yetishmayapti. Achinarlisi, mana shu sohta hayotlarida, o‘zlari mutlaqo ilmga ega bo‘lmasdan, nodonlarcha u yer, bu yerdan eshitgan gaplariga asosan axmoqlikka qo‘l urib, musumlmonlarni, bo‘lganda ham Islom ulamolarini kufrda ayblashib, qattiq gunohga botishmoqda. Xo‘sh, dinimiz shariatiga ko‘ra bir insonni kufrda ayblab, uni kofir deyishning hukmi qanday?

Islom dini ta'limotiga ko‘ra, Allohning yagonaligi, Payg‘ambar alayhissalom Uning elchisi ekaniga iymon keltirgan, islom diniga e'tiqod qiladigan har qanday kishi mo‘min hisoblanadi. Hech kimga insonning iymonini o‘lchash, uning musulmon yoki kofirligini aniqlash huquqi berilmagan. Chunki iymon qalbda bo‘ladi. Qalb esa faqat Allohning hukmidadir. Alloh taolo bu haqda O‘z Kalomi Qur'oni karimida shunday marhamat qiladi:

 

Muftiy hazratlari bilan Hadis ilmi maktabida muloqot bo‘ldi

Avval xabar berganimizdek, 23 yanvar kuni joylarda amalga oshirilayotgan diniy-ma'rifiy islohotlar va mo‘min-musulmonlar hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov Samarqand viloyatida bo‘lib turibdilar. Mehmonlarga Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov hamrohlik qilmoqda. Tashrif avvalida Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, u yerda buyuk muhaddisning “Sahihul Buxoriy” asarining xatmi yakunlanib, Qur'oni karim oyatlari tilovatidan so‘ng ezgu duolar qilindi.
Shundan so‘ng muhtaram mehmonlar Hadis ilmi oliy maktabi o‘qituvchi va talabalari bilan samimiy uchrashuv o‘tkazdilar. Ochiqlik va samimiylikda bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov yurtimizda diniy-ma'rifiy sohaning rivojlantirish bo‘yicha Davlatimiz Rahbari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va mazkur islohotlarning zamirida Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘lgan diyorimizning mavqe'ini yanada oshirish zarur ekanini alohida ta'kidladilar.
Muloqot yakunida muftiy hazratlari muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan bildirilgan ishonch va shart-sharoitlar o‘zining natijasini berayotganini ta'kidlab, Islom dini va hadis ilmi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan buyuk ajdoddarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rgatish hamda dinimiz asoslari, hadis ilmlarini mukammal o‘zlashtirgan kadrlar tayyorlash maqsadida muhim tavsiyalarini berdilar.

 

Muftiy hazrat boshchiligida xatmi Buxoriy o‘qildi

Bugun, 23 yanvar kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari Samarqand viloyatiga tashriflari davomida Imom Buxoriy ziyoratgohida indoneziyalik insonlarning iltimosiga binoan ado etilgan “Sahihul Buxoriy” kitobining xatmonasida ishtirok etdilar. Marosimda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Ahmedov, Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, Diniy idora Ish boshqaruvchisi Rustam Jamilov va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirok etdi.
Xatmi Buxoriy xatmonasini muftiy hazratlari boshchiliklaridagi bir guruh mo‘tabar ulamolar qatorida Hadis ilmi oliy maktabi ustozi, misrlik olim Shayx Mahmud ham o‘qib berdilar.
Shundan so‘ng xatmona yakunida yurtimizga tinchlik-xotirjamlik, xonadonlarimizga qut-baraka, butun dunyo, jumladan diyorimiz turli balo va ofatlardan omonda bo‘lishini so‘rab duolar qildilar.
Mo‘tabar manbalarda Imom Buxoriy hazratlarining «Sahihi Buxoriy» to‘plamlarini o‘qib chiqish orqali ham turli baloyu ofatlardan saqlanish mumkinligi qayd etilgan.
Shunday ekan, Alloh taolo tez va qisqa fursatda yurtimizdan bu baloni ko‘tarib, ma'mur va farovon hayotimiz iziga tushib ketishini nasib etsin. Koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan yurtdoshlarimizga shifoi komil bersin, muhtaram Prezidentmiz tomonlaridan boshlangan oqilona islohotlarimizni oxiriga yetkazishni nasib etsin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo va xalqimiz hayoti farovon bo‘lsin.

 

Bir savol so‘rasam: Ayol kishi taloq talab qilsa bo‘ladi-mi?

 Ayol kishi qachon va qanday holatda eridan taloq so‘rashi mumkin? O‘zini o‘zi ham taloq qilsa bo‘ladi, deb eshitdim. Shunga aniqlik kiritib bersangiz.

 

Prezidentimiz Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi

Shu kunlarda Prezident Shavkat Mirziyoev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Buxoro viloyatida bo‘lib turibdi.

Bugun, 22 yanvar kuni tongda Prezidentimiz boshchiligidagi davlat va jamoat tashkilotlari vakillari Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.

 

Ukolni ixtiro qilgan, birinchi tish shifokori va saratonni ilk bor jarrohlik yo‘li bilan davolagan musulmon olimini bilasizmi?

Abulqosim Zahroviy dorini bemorning qoniga aralashtirib (tomirdan) yuborilsa, uning ta'siri tez bo‘lishini tajribalar orqali kashf qildi. Shuning uchun u kishi hozirgi kunimizgacha ishlatib kelinayotgan tibbiy shprits- ukolning ixtirochisi sanaladi.

 

Seriallar tomoshabin xulqiga qanday ta'sir ko‘rsatmoqda?

«Huquq» gazetasining 42-sonida chop etilgan «Serial – vaqt kushandasi(mi)?» sarlavhali maqolada bugungi kunning dolzarb muammolari, jumladan, yurtimiz telekanallarida namoyish etilayotgan xorij seriallari efir soatining ko‘pligi, ulardagi qahramonlar kiyimi xijolatomuz ahvolda ekanligi, ushbu holatlar hamda qadahlar aks etgan sahnalar xiralashtirib berilayotgani, bu esa tomoshabin ongiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi yoritilgan.

 

Shavkat Mirziyoev: Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi – ma'naviyatdir

Prezident raisligida ma'naviy-ma'rifiy ishlar ta'sirchanligini yanada oshirish borasidagi dolzarb vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

 

Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir

Rabbimizdan berilgan barcha narsalar bizlarga omonat bo‘lganidek, molu davlatimiz ham omonatdir. Alloh bergan bu molu davlatni O‘zi buyurgan va rozi bo‘ladigan joylarga sarflashimiz darkor. Xayru ehson va sadaqa qilishda peshqadam, shuningdek barcha ezgu ishlarda imkon qadar ko‘makchi va homiy bo‘lishga harakat qilishimiz kerak.

 

BIZ BOYLIKNI “JAMLASHDA” DEB BILGAN EDIK ASLIDA U “SARFLASHDA” EKAN

O‘z oldiga yuksak, savobli, oliyjanob maqsadlarni vazifa qilib qo‘ygan “Mehr ulash” nomli rasmiy xayriya guruhi mamlakatimiz bo‘ylab kam ta'minlangan, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarga, imkoniyati chegaralangan insonlarga, bemor, ota-onasidan erta judo bo‘lgan bolajaonlarga moddiy va ma'naviy yordam ko‘rsatib, mehr ulashib kelmoqda.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing