Axborot xizmati

IKKINCHI JAMOAT JOIZMI?

«Imom Abu Ja'far Tahoviy rahimahulloh aytadi: “Imom bilan jamoat bo‘lib namoz o‘qilgan masjidda qayta jamoat bo‘lib o‘qish – makruh. Albatta, bu hukm unda azon va iqomat aytilib, namozlar jamoat bilan o‘qiladigan masjidlarga tegishlidir. Azon va iqomat aytilmaydigan, namozlar jamoat bo‘lib o‘qilmaydigan masjidlar bundan mustasno”».

 

Davra suhbati nihoyasiga yetdi

Xabaringiz bor kuni kecha 17 noyabr' kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasidan tashrif buyurgan bir guruh ustozlar tomonidan vakillik binosida viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim va saviyasini yanada oshirish hamda ish jarayoniga mas'uliyat bilan yondashish maqsadida ular bilan davra suhbati tashkil etilgan edi.

 

Samarqand viloyatida otinoyilar uchun davra suhbati tashkil etildi

Bugun,  17 noyabr' kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi binosida O‘zbekiston musulmonlari idorasidan tashrif buyurgan bir guruh ustozlar viloyatimizda faoliyat olib borayotgan otinoyilarning bilim va saviyasini yanada oshirish, ularni yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlardan xabardor etish hamda ish jarayoniga mas'uliyat bilan yondashish maqsadida ular bilan davra suhbati tashkil etildi.

 

“Abdulloh ibn Abbos” masjidiga imom-xatib tayinlandi

Samarqand shahar bosh imom-xatibi Z.Mahmudov “Abdulloh ibn Abbos” masjidida peshin namozini jamoat bilan birga ado etdi. Shundan so‘ng masjiddagi yangi tayinlov haqida namozxonlarni xabardor qildi. Masjidda ko‘p yillar davomida xizmat qilgan marhum Abdurahmon domla Davronov vafot etganlaridan so‘ng O‘zbekiston musulmonlari raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining buyruqlari asosida Samarqand shahar “Abdulloh ibn Abbos” masjidiga Yoqub Xolmurodov imom-xatib vazifasiga tayinlandi.

 

Viloyatimizning chegara va olis hududlariga tashriflar davom etmoqda

Bugun, 13 noyabr' kuni viloyatimizning chegara va olis hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatli imom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan Bahodur domla Sharipov Urgut tumanida joylashgan “Soyg‘o‘s” jome masjidiga, Xayrullo domla Do‘stmurodov Urgut tumanida joylashgan “Murod ota” jome masjidiga, Ozod domla Nazarov Urgut tumanida joylashgan “Mulla To‘raqul” jome masjidiga, Samariddin  domla Mirzayev Narpay tumanida joylashgan “So‘fi Zirak” masjidiga,  Boboxon  domla Boboxonov Narpay tumanida joylashgan “Mirarab” masjidigatashrif buyurdilar.

 

Buyuk Britaniyada «Sahihul Buxoriy» asari asosida xalqaro onlayn ko‘rgazmasi tashkil qilindi

7-11 noyabr kunlari Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tayotgan ijtimoiy fanlar halqaro festivali doirasida O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasi ko‘magidagi Buyuk Britaniyaning Lester universiteti, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va «Dacore IT» mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan Imom Buxoriyning «Sahihul  Buxoriy» asari asosida Buxoriy — Islom san'ati xalqaro onlayn ko‘rgazmasi tashkil qilindi. Bu haqda uza manbasi xabar berdi.

 

Toshkent islom instituti talabasi Qur'oni karimni yoddan 10 soatda to‘liq o‘qib berdi

Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Hikmatulloh Ro‘zaliyev o‘ttiz pora Qur'oni karimni bir kunda, bir o‘tirishda 10 soat mobaynida yoddan o‘qib berdi.

 

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tuzilmasi tasdiqlandi

“O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi (693-son, 06.11.2020 y.).

 

Din mavzusida biror gapni aytish Alloh va Rasuli tarafidan gapirish hisoblanadi. Bu ishda o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak

Bugun, 6 noyabr' kuni viloyatimizning olis hududlarida joylashgan masjidlarga tajribali va salohiyatli imom-xatiblarning Juma namoziga tashrifi rejasi yuzasidan Nodir domla Mallayev Qo‘shrobod tumanida joylashgan “Poyi Farishta” masjidiga tashrif buyurdi.

 

“Oila muqaddas dargoh” va “Tarbiyada oila boshlig‘ining roli”

Samarqand garnizoniga qarashli harbiy qismlardan birida “Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan  “Oila muqaddas dargoh” va “Tarbiyada oila boshlig‘ining roli” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirda harbiy xizmatchilarning oilalari o‘rtasida milliy qadriyatlarni, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularda oila madaniyati va odobini saqlash, kamol topayotgan farzandlarning tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, har tomonlama komil oilani shakllantirish kabi mavzularda suhbat bo‘lib o‘tdi.

 

BUGUN 19:30 DA ONLAYN SIYRAT OQSHOMIGA MARHABO!

Bugun, 5 noyabr, payshanba kuni soat 19:30 da fayzli ulamolar, ziynat qorilar va xushovoz nashidxonlar ishtirokidagi “Qalbimiz va hayotimiz Siz ila, yo Rasulalloh!” nomli onlayn siyrat suhbatlari taqdim etiladi.

Hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasalam siyratlari mo‘min-musulmonlarning imon-ixlosiga chinakam ozuqa. Agar kishining imoni komil bo‘lsa, Rasuli Akramga bo‘lgan muhabbat ham ziyoda bo‘ladi.

 

«Hilol» nashriyotining Samarqanddagi do‘konining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilganimizdek Samarqand viloyatidagi filialimiz yangi manzilda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Do‘konimizning rasmiy ochilish marosimi bugun o‘tkazildi.

 

“GRAND TA'LIM” yangi binoda faoliyatini davom etiradi

“GRAND TA'LIM” nodavlat ta'lim muassasi 2006 yilda buyon Toshkent shahrida o‘z faoliyatini boshladi. 2018 yilga kelib ta'lim muassasining filiali Samarqand shahrida o‘z ish faoliyatini boshladi.

 

Siyratni nima uchun o‘rganamiz?

Biz o‘zimizni musulmon deb bilganimiz uchun, Alloh taoloni yagona iloh ekanligi va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning rasuli ekanligiga iymon keltiramiz.

Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Sizlardan biringiz toki men unga farzandidan, otasidan va barcha insonlardan sevimliroq bo‘lmagunimcha hargiz mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar» Muslim rivoyati.

Ushbu hadisdan ma'lum bo‘layaptiki, mo‘min bo‘lishlikning sharti – Payg‘ambarimiz alayhissalom bizlar uchun hammadan ko‘ra sevimliroq bo‘lishlari kerak ekan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni bunchalik darajada sevishimiz uchun nima qilmoq kerak, qanday qilib bu narsaga erishamiz ?

 

Samarqand viloyatida tuman va shahar bosh imom-xatiblari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Bug‘un, 4 noyabr kuni O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida joylardagi tuman va shahar bosh imom-xatiblari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing