O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish

 
 

Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallam: “Ibodatdan keyingi eng afzal amallardan biri – mo‘minlar qalbiga xursandchilik ulashish”, deb marhamat qilganlar.

Haqiqatan ham, bir insonga yaxshilik qilib, uning ko‘nglini ko‘tarish, ruhiy tasalli berish – dinimizda ajri ulug‘ amal hisoblanadi. Mana shunday hikmatni o‘ziga shior qilib olgan Urgut tumani bosh imom-xatibi Shodi domla Haqberdiyev savobli ishlar qilishda davom etmoqda.

Xabaringiz bor, shu kunlarda Urgut tumani bosh imom-xatibi Sh.Haqberdiyev boshchiligidagi imom-xatiblar tumani aholisi bilan muloqot qilib, namozxonlar bilan samimiy suhbatlar o‘tkazib kelishmoqda. Mehr-muruvvatga, e'tiborga, ko‘makka muhtoj insonlarning dardu tashvishlari eshitilib, ularni qiynab turgan masalalar hal etilmoqda.
Bugun ham shunday savobli ishlarga Tumandagi mehr muruvvat uyida istiqomat qiluvchi o‘ksik ko‘ngillardan  hol-ahvol so‘raldi, xayru ehsonlar ulashildi, oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.  

O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 03/12/2020 18:52;   Ko‘rilganligi: 1034
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ibodatdan-keyingi-eng-afzal-amallardan-biri-mominlar-qalbiga-xursandchilik-ulashish
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 04:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing