O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi diniy-ma'rifiy markaz mavqeini tiklashga qaror qildi

 
 

«Asda O‘mon» gazetasi o‘z muxlislarini O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli izchil islohotlar samaralari bilan tanishtirishda davom etmoqda, deb xabar beradi «Dunyo» AA muxbiri.
Ushbu gazeta saytida chop etilgan maqola mamlakatimizning diniy erkinlik sohasida erishayotgan yutuqlari xalqaro miqyosda e'tirof etilayotganiga bag‘ishlangan.

AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo bayonotiga tayangan holda, O‘zbekiston so‘nggi yillarda respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasida diniy erkinlik bo‘yicha maxsus kuzatuv ostida bo‘lgan davlatlar ro‘yxatidan chiqarildi, deb ta'kidlagan maqola muallifi Ali al-Hassaniy.
AQSH Davlat kotibining qayd etishicha, O‘zbekistonda diniy erkinlikni ta'minlash bo‘yicha ko‘rilgan amaliy choralar boshqa davlatlarga o‘rnak bo‘lib xizmat qiladi, deb yozadi «Asda O‘mon».
Maqolada, shuningdek, O‘zbekistonda 33 milliondan ortiq kishidan iborat aholining 90 foizidan ko‘pini musulmonlar tashkil etishi aytilgan.
Qisqa vaqt ichida O‘zbekiston rahbariyati ichki siyosat va iqtisodiy rivojlanish modelining muhim islohotlarini boshlab berdi, shuningdek, madaniy va diniy dasturlarni amalga oshirishda yangi strategiya hayotga tadbiq etilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasidagi diniy-ma'rifiy markaz mavqeini tiklashga qaror qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan O‘zbekistonda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Islom sivilizatsiyasi markazi va Islom akademiyasi ochildi.
Gazeta Toshkent diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha umumiy sa'y-harakatlarni birlashtirish g‘oyasini faol ilgari surayotganini ta'kidlagan. Buning amaliy tasdig‘i o‘laroq, O‘zbekiston tashabbusi bilan BMT Bosh Assambleyasining “Ma'rifat va diniy bag‘rikenglik” deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasi qabul qilingani aytiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 14/12/2020 14:57;   Ko‘rilganligi: 974
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/ozbekiston-markaziy-osiyo-mintaqasidagi-diniy-marifiy-markaz-mavqeini-tiklashga-qaror-qildi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 00:51
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing