O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun 1 dekabr kuni O‘MI Samarqand viloyat vakilligi binosida shahar va tumanlar bosh imom-xatiblarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bosh imom-xatiblarning joriy yilda amalga oshirgan ma'naviy, marifiy va boshqa jabhalarda bajargan ishlari sarxisob qilindi.
Shuningdek, Mavlid oyi munosabati bilan Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning siyratlari haqida tanlov tashkil etilgan edi. Bugun siyrat tanlovini yakuniy natijasi e'lon qilindi. Tanlovda faol ishtirok etgan imom-xatiblarga esdalik uchun ilm ziyosi bo‘lgan kitoblar sovg‘a qilindi.
O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati
Kiritilgan vaqti: 01/12/2020 15:27; Ko‘rilganligi: 1072
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:46