Samarqand Viloyati uchun 2024-yil Ramazon taqvimi
SAHARLIK (OG‘IZ YOPISH) DUOSI
- - - - - - - - - - - - - - - - - -
Navaytu an asuma sovma shahri Ramazona minal fajri ilal mag‘ribi, xolisan lillahi ta'alaa. Allohu akbar.
- - - - - - - - - - - - - - - - - -
Ma'nosi: Ramazon oyining ro‘zasini subhdan to kun botgunicha xolis Alloh taolo uchun tutishni niyat qildim. Allohu akbar.
RAMAZON OYINI KO‘TARINKI RUHDA O‘TKAZISH VAZIFALARI BELGILAB OLINDI
Shu yil 7 mart kuni Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi tuman-shahar bosh imom-xatiblarining onlayn majlisi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining din va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev ishtirok etdi.
Ramazon oyini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha kelishib olindi
Bugun, 7 mart kuni vakillik binosida Samarqand viloyati bosh imom xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida tuman bosh imom-xatiblari bilan Ramazon oyini munosib kutib olish va ko‘tarinki ruhda o‘tkazish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
TAROVEH NAMOZINI MASJIDLARDA O‘QISH VAQTLARI
Ramazon oyi yaqinlashgan sari mo‘min-musulmon xalqimizning xursandchiligi yanada ziyoda bo‘lmoqda. Shubhasiz, qutlug‘ oyga ko‘tarinki ruh bag‘ishlaydigan, shu oyga xos bo‘lgan ibodat taroveh namozidir. Bu borada Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon oyida iymon bilan savob umidida (tarovehda) qoim bo‘lsa, avvalgi gunohlari kechiriladi” (Imom Buxoriy), deganlar.
TOSHKENT ISLOM INSTITUTIDA ARAB TILI BO‘YICHA XALQARO SERTIFIKAT BERISH YO‘LGA QO‘YILDI
#XUSHXABAR:
Shu yil 13 mart, chorshanba kuni Toshkent islom institutida “At-Tanal al-arabiy” xalqaro til sertifikati uchun ilk imtihonlar bo‘lib o‘tadi.
Toshkent islom instituti arab tili bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni taqdim etadi
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganib joriy etish masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda.
BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI VA O‘ZBEKISTON ( 2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda )
( 2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda )
“Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz
va shaytonning izidan ergashmangiz!
Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.
Qur'oni Karim
Baqara surasi 208 oyat
Juma tashrifi 01.03.2024
Bugun viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida bir qancha notiq imom-xatiblar m'ruza qilish va juma namozini o‘qib berish maqsadida viloyatimizning chekka hududlarga tashrif buyurdilar. Zayniddin domla Urgut tumanidagi "Uramas" jome masjidiga, Yoqubjon domla Tayloq tumanidagi “Yastepa” jome masjidiga tashrif buyurib, mazkur jomelarda Juma namozidan oldin "HAR SOHADA PESHQADAMLIK DINIMIZ KO‘RSATMASIDIR" mavzusida mo‘min-musulmonlarga ma'ruza qilib berdilar.
Shundan so‘ng, juma namozini jamoat bilan birga ado etdilar.
Umra yo‘llanmasi qo‘lga kiritildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasiga qarashli «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijod uyining davriy nashrlari – «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasi dinimizning zarur ahkomlari, muhim savol-javoblar, yurtimiz va dunyo miqyosida diniy-ma'rifiy sohada ro‘y berayotgan yangiliklar, allomalarning pandu nasihatlarini o‘z ichiga olgan nashrlar hisoblanadi.
Mutaxassislar huquqiy savodxonligi oshirildi
Bugun, 28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida yangi tahrirdagi nizom va mehnat shartnomalarini bekor qilishning o‘ziga xos xususiyatlariga bag‘ishlab yig‘ilish o‘tkazildi. Zoom dasturi orqali tashkil etilgan masofaviy tadbirda Diniy idora tizimidagi barcha muassasa huquqshunos va kadrlar bo‘yicha mutaxassislari ishtirok etdi.
O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027 yil Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e'lon qilinadi
26 fevral kuni Nyu-York shahridagi BMT bosh qarorgohida Tashkilot Bosh Assambleyasi tomonidan "2027 yil – Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili" rezolyutsiyasi bir ovozdan ma'qullandi.
O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ilgari surilgan ushbu rezolyutsiyaga 80 dan ortiq a'zo mamlakat hammualliflik qildi.
FUQAROLAR MUROJAATI DOIMO E'TIBORDA 28.02.2024 y
Bugun, viloyat bosh imom-xatibi Zayniddin domla Eshonqulov "Ochiq eshiklar" kuni munosabati bilan vakillikka turli savollar bilan murojaat qilib kelgan fuqarolarni qabul qilib, ularning savollariga atroflicha javoblar berib o‘tdi.
Imom noiblar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun, 27 fevral kuni vakillik binosida diniy soha rahbarlari va imom noiblar o‘rtasida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov boshchiligidagi Diniy idora mas'ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Samarqand viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan imom noiblarning bilim va malakalarini oshirish, xalqimiz o‘rtasida ma'naviy-ma'rifiy sohadagi hissasini yuqori saviyaga yetkazish, soha vakillari faoliyati davomida duch kelayotgan muammo va kamchiliklarni birgalikda bartaraf etish masalalari ko‘rildi.
Jazoirda ulkan masjid ochildi
Shu yil 26 fevral yakshanba kuni Jazoir prezidenti Abdelmadjid Tebbun Afrikadagi eng katta 27 gektarlik “Buyuk Jazoir” masjidini rasman ochdi.
G‘aflatda qolmang! Baroat kechasi: rizqlar taqsimlanadi, qismatlar belgilanadi, gunohlar mag‘firat etiladi
Eslatma! Bu yilgi baroat kechasi 24 fevral shanba kunidan 25 fevral yakshanbaga o‘tar kechasiga to‘g‘ri kelmoqda, inshaALLOH.
Baroat so‘zi qanday ma'noni anglatadi?
“Baroat” so‘zi arab tilida “ozod bo‘lish”, “najot topish” degan ma'nolarni anglatadi. Bu kechaning bunday nomlanishiga sabab, unda Alloh taoloning rahmati va fazli ila behisob insonlar do‘zaxdan najot topadilar.