O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Saudiya xayriya markazi "Vaqf" fondiga 25 tonna xurmo hadya qildi

 
 

Saudiya Arabistonining “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi yurtimizga beg‘araz ko‘mak sifatida 25 tonna xurmo mevasini hadya qildi.

Xurmolarni Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi Yusuf Solih Algahra O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov, Diniy idora raisining Iqtisod ishlari bo‘yicha maslahatchisi Alisher Eshimov va “Vaqf” xayriya jamoat fondi rahbari Isoxon Abdullayevga topshirdi.

Endilikda hadya qilingan xurmo mevalari “Vaqf” xayriya jamoat fondining Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiallari tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj, boquvchisini yo‘qotgan, yetim, nogironligi bor kishilar hamda “Muruvvat” uylari va shifoxonalardagi haqdor yurtdoshlarimizga xayriya qilinadi.

Topshirish marosimida “Podshoh Salmon” nomidagi insonparvarlik yordami markazi vakillari Adnan Xatim Asiriy va Alaqil Abdulhakim Sa'ad ham ishtirok etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi
"Vaqf" xayriya jamoat fondi
Matbuot xizmati


Kiritilgan vaqti: 12/06/2024 09:00;   Ko‘rilganligi: 109
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/saudiya-xayriya-markazi-vaqf-fondiga-25-tonna-xurmo-hadya-qildi
Chop etilgan vaqti: 11/09/2024 18:17
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing