VAQF XAYRIYA JAMOAT FONDI HAYIT BAYRAMI MUNOSABATI BILAN NOGIRONLIK ARAVACHASI HADYA QILDI
“Vaqf” xayriya jamoat fondi va Samarqand shahar “Shohi Zinda” jome masjidi hamkorlikda Ramazon hayiti kunlari jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga hayit bayrami munosabati bilan moddiy yordam ko‘rsatdilar. Jumladan, Jomboy tumani, O‘roqli MFYda yashovchi Karimqulov Ro‘zimurod, Tayloq tuman, Nayman MFYda yashovchi Ziyoev Husenjon va Samarqand Veterenariya va meditsina instituti talabasi Safarova Bahoralarga 3 dona 5 400 000 so‘mlik nogironlik aravachalari ehson qildi.
Qadr kechasi tarovati
31 may kuni Ramazonning 26-kechasidan 27-kechasiga o‘tar kechasi butun dunyo musulmonlari “Laylatul qadr” kechasini kutib oldi. Bu kecha Ramazonning oxirgi o‘n kunligidagi toq kechalaridandir. Sahih hadis bilan Rasululloh solallohu alayhi vasallam: “Qadr kechasini Ramazonning oxirgi o‘n kunligi toq kunlaridan izlanglar”, deya marhamat qilganlar. Shu bilan birga ko‘pchilik ulamolar nazdida Laylatul Qadr kechasi Ramazonning 26-kunidan 27-kuniga o‘tar kechasidir. Samarqand viloyatidagi jome masjidlarda ham bu kechadagi taroveh namozlari zavq bilan o‘tdi. Masjid imom-xatibilarining takliflariga binoan ko‘plab ulamolar, imom-xatiblar masjidlarning jamoatini ulug‘ bayramlar bilan tabriklagani tashrif buyurdilar. Bu ulug‘ kechaning fazli, darajotlari haqida zarur mav’izalar qildilar. Ayniqsa, O‘zbekiston musulmonlari iodorasi raisining o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansurning Imom Buxoriy jomesiga tashrifi ushbu kechaga o‘zgacha fayz baxsh etdi.
SAVOBI KO‘P AMALLAR
“Vaqf” xayriya jamoat fondi o‘z oldiga bir necha yo‘nalishda xayriya ishlarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan, imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma'naviy qo‘llab-quvvatlash kabi bir qator ishlar ham fondning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlaridan biridir. Xayriya fondining vakillari sifatida joylarda faoliyat olib borayotgan imom xatiblar “Ro‘zg‘or”, “Ehtiyojmandlarga ko‘mak”, “Obod xonadon” aksiyasi doirasida aholining kam ta'minlangan, ehtiyojmand, boquvchisini yo‘qotgan, yolg‘iz keksa va nogironlarga homiylarni jalb etgan holda saxovat tadbirlari o‘tkazib kelmoqda. Jumladan, Paxtachi tuman imom xatiblari tuman bosh imom xatibi Isroil Amirillayev boshchiligida bir qancha xayriya tadbirlarini amalga oshirdilar. Tuman bo‘yicha Ramazon oyi davomida 120 dan ziyod xonadonga 15 000 000 so‘m miqdorda moddiy yordam va ehsonlar tarqatildi. Imom xatiblarimiz bu kabi ishlarda Ramazon oyi bilan cheklanib qolmaydilar.
156 nafar vatandoshimiz Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan yurtimizga qaytarildi
Davlatimiz tomonidan muborak Ramazon oyida yana bir xayrli, ulkan ahamiyatga ega “Mehr” insonparvarlik operatsiyasi amalga oshirildi, deb yozmoqda Prezident matbuot xizmati.
RAMAZON OYIDAGI NAFAQA XUDDI ALLOH YO‘LIDA INFOQ QILGAN KABIDIR
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ta saxovatli, infoq qiluvchi, oliyjanob, ochiqqo‘l hamda ko‘p sadaqa beruvchi, xushfe'l, yordam so‘rab kelganlarga yordamlari-yu ko‘maklarini ayamaydigan kishi edilar.
Pokistonlik general Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qildi
Pokiston Islom Respublikasining general Sodiq Ali boshchiligidagi delegatsiyasi bugun – 30 may kuni Samarqandga tashrif buyurdi.
XAYR-EHSON QILGAN KIMSANING HAQQIGA FARISHTALAR DUO QILADI
Muruvvat, ahillik va hamjihatlikni ulug‘lovchi ushbu fazilatli oyda ehtiyojmand va yordamga muhtoj oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda mehr-oqibat va o‘zaro hurmat muhitini mustahkamlashga alohida ahamiyat beriladi. Ehtiyojmand oilalar holidan xabar olib, ozgina bo‘lsada ularga moddiy yordam ko‘rsatib, mehr ulashilsa, ularning ko‘ngli tog‘dek ko‘tariladi. Xayr-ehson qilishning esa fazilati ulug‘, savobi ko‘p va bu dunyoda baraka keltiradi. U haqida Qur’oni karim oyatlari hamda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak hadislarida ko‘plab ta’riflar keltirilgan. Hadisi sharifda shunday deyiladi:
Jannatga hisob-kitobsiz kiruvchilar
Ramazon oyi boshlanibdiki viloyatimizda faoliyat olib borayotgan barcha imom xatiblarning xayr-ehson, saxovat ishlarida yana ham g‘ayrati oshgan. Zero Alloh taolo muborak kalomida “Yaxshilik bilan musobaqa qilib o‘tib ketuvchilar, bas, ana o‘shalar jannatga hisobsiz kirurlar”(“Fotir” surasi, 32-oyat), deya marhamat qilgan. Demak har bir mo‘min kishi bu muborak oyni sharofatidan umid qilib, ko‘proq yaxshi solih amallarni qilishga oshiqmoqligi zarur bo‘ladi. Yaxshi niyat va mukammal ijrosi ila qanday amalni bajarsa, uni savobiga ega bo‘laveradi.
Saxiy kishining taomi shifodir
Ro‘za buyuk ibodat va mo‘min uchun mislsiz imkoniyatdir. U kishida sabr, saxovat, iroda, to‘g‘riso‘zlik, tartib, nafsni jilovlash, shafqat, o‘zgalar dardi bilan yashash kabi yaxshi xulqlarni tarbiyalaydi. Bu ulug‘ ibodatning islomning besh ruknidan biri qilinishi ham bejiz emas. Zero, ro‘za o‘z sohibida misli ko‘rilmagan xislat va fazilatlarni shakllantiradi. Jumladan, muhtojlarga ko‘mak berishni ham.
Fitnachining asl yuzi ochildi!
27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” fondi haqida asossiz gaplar tarqaldi. Fond haqida turli gap-so‘zlar aytila boshlandi. Nima emish, vaqf mulklari sifatida o‘tkazib berilgan xonadonlarda Fond rahbari yashayotgani iddao qilingan.
Bolaning begonasi bo‘lmaydi
Mamlakatimizda har bir bola hech kimdan kam bo‘lmay ta'lim-tarbiya olishi uchun keng sharoitlar yaratilgan. Har qanday millatning ravnaqi, umumbashariyat tarixida tutgan o‘rni, mavqei va shuhrati bevosita farzandlarining aqliy va jismoniy yetukligiga bog‘liq. Hech kim ona qornidan yomon xulqli, jinoyatchi bo‘lib tug‘ilmaydi. Qachon bola e'tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning, ota-onaning va jamiyatning zimmasiga yuklanadi.
Xo‘ja Nisbatdor jome masjidi tomonidan ehson tarqatildi
Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. U unga zulm ham qilmaydi va tashlab ham qo‘ymaydi. Kim o‘z birodarining hojatini chiqarsa, Alloh uning hojatini chiqaradi. Kim bir musulmonni g‘amdan forig‘ qilsa, Alloh undan qiyomat kunining g‘amlaridan bir g‘amni forig‘ qiladi. Kim musulmonning aybini berkitsa, Alloh qiyomat kuni uning aybini berkitadi”, dedilar”.
Lohutiy jome masjidi imom xatibi bolajonlarni sayothga taklif qildi
Bugun, 24 may kuni Samarqand shahar “Lohutiy” jome masjidi imom xatibi saxovatpesha insonlar bilan birgalikda Samarqand shahridagi 1-son Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan bir guruhini shahar bo‘ylab sayohatga olib chiqdi. Ular shahrimizning ko‘zga ko‘ringan maskanlari va ziyoratgohlariga tashrif buyurdilar. Ulkan ta’surot va quvonch bilan ortga qaytayotgan bolajonlarga yoz mavsumida kiyiladigan kiyim kechaklar xarid qilinib, sovg‘a qilindi. Sayohat yakunida ularning haqlariga duoi xayrlar qilgan masjid imom xatibi O‘tkirjon O‘mirqulov, "Biz sizni hech qachon unutmaymiz, siz bilan hamisha birgamiz. Siz ham Vatan uchun kerak ekaningizni hech ham unutmang", deya xayirlashdi.
Noxushliklarni islom shiorlariga bog‘lash-gunoh!
So‘nggi vaqtlarda Internet tarmoqlarida ayrim noxushliklarni islom shiorlariga bog‘lash – “imom unday bo‘ldi”, “masjid bunday bo‘ldi” deyish holatlari uchrayotgani ijobiy hodisa emas. Avvalroq “Denovda hamshahriga marixuana bergan masjid noibi qo‘lga olindi”, “Uyi tomsiz qolgan imomga yordam beraylik”, “Dahshatli alangadan mo‘jiza tufayli omon qolgan imom zudlik bilan operatsiya qilinishi zarur” kabi maqolalar e’lon qilingan edi. Bulardan maqsad nima? Shunday noxolis yo‘l orqali ommaning e’tiborini jalb qilish yo nashr reytingini oshirishmi?
Otinoyilar ham saxovat tadbirlari o‘tkazishmoqda
Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan otinoyilar Muborak Ramazon oyi hamda yaqinlashib kelayotgan 1 iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Samarqand shahridagi 1-son bolalar Mehribonlik uyiga tashrif buyurdilar. Tashrif asnosida bolajonlarni bayram bilan muborakbod etib, ulardan o‘ttiz ikki nafariga jami 2 850 000 so‘m qiymatga ega kiyim-kechak va o‘quv qurollari sovg‘a qildilar.




















