O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Tadbirlar

RAMAZON OYIDAGI NAFAQA XUDDI ALLOH YO‘LIDA INFOQ QILGAN KABIDIR

 
 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘ta saxovatli, infoq qiluvchi, oliyjanob, ochiqqo‘l hamda ko‘p sadaqa beruvchi, xushfe'l, yordam so‘rab kelganlarga yordamlari-yu ko‘maklarini ayamaydigan kishi edilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o‘zaro hamdardliklari, qo‘llab-quvvatlashlari, mehribonliklari, o‘zgalardan hol so‘rashlari, birodarlik va mehr-muruvvatlari doimo u zotda mujassam edi.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hayotlarining barchasi mana shunday xayr-ehson, yaxshilik qilish, birovlarga qayg‘urish, ochiqqo‘llik, saxovatparvarlik, o‘zgalarga jonini ayamaslik hamda yordam berish ila o‘tgan.

U zot alayhissalomning shunday go‘zal xislatlari Ramazon oyida yana ham ortiq va ziyoda bo‘lardi.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Eng afzal sadaqa Ramazondagi sadaqadir”.

Ramazon oyida nafaqa qilishdan xursand bo‘linglar. Chunki u oydagi nafaqa xuddi Alloh yo‘lida infoq qilgan kabidir”.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning chin ummatlari bo‘lib, sunnatlariga amal qiladigan, tutgan yo‘llaridan yuradigan kishilardan bo‘lish biz musulmonlarning vazifamizdir.

Xuddi shu maqsadlarda Pastdarg‘om tumanida Ramazon oyi saxovati tadbirlari o‘tkazilmoqda. “Shu kunga qadar tumanimizda faoliyat olib borayotgan 24 ta jome masjid imom xatiblari tomonidan 120 ta xonadonga 14 000 000 so‘m qiymatga teng ehsonlar ulashildi. Bundan tashqari “Yangiqishloq” MFYda yashovchi Norbekova Sharofatga nogironlik aravachasi sovg‘a qilindi. “Kattanayman” MFYda yashovchi kam ta'minlangan Shomiyev Baxtiyorning xonadoniga 200 metr elektr simi va elektr hisoblagich xarid qilinib, o‘rnatib berildi. Albatta bu kabi xayrli ishlar saxovatpesha kishilarimiz, “Vaqf” xayriya jamoat fondi viloyat filiali ko‘magi va hamkorligida amalga oshirilmoqda. Shu bilan kifoyalanib qolmasdan, saxovat va mehr-muruvvat ishlarini davom ettiramiz. Muborak kunlarda saxovat ko‘rsatganlarning ehsonlarini Alloh taolo qabul qilib, ajru mukofatlarini ziyoda qilib bersin!”, dedi tuman bosh imom xatibi Ozod Nazarov.

O‘MI Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 30/05/2019 00:00;   Ko‘rilganligi: 612
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/events/ramazon-oyidagi-nafaqa-xuddi-alloh-yolida-infoq-qilgan-kabidir
Chop etilgan vaqti: 17/06/2021 01:19
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing