Zahiriddin Muhammad Boburning ichkilikka qarshi farmoni
“Bu orzu va bu osoyishtalik to‘la-to‘ks oxiriga yetgandan keyin, olam bo‘ysunishi lozim bo‘lgan farmon ijro sharafiga erishdiki, tinch saqlangan mamlakatda (xudo ofat va xavflardan omon qilsin) mutlaqo hech bir kishi ichkilik ichishga urinmasin, uni hosil qilishga tirishmasin, ichkilik yasamasin, sotmasin va olmasin, o‘zida saqlamasin, eltmasin va keltirmasin: Ichkilikdan qochinglar, shoyadki najot topsanglar.
... Podshohning mehribonligiga sig‘ingan turk, tojik, arab, ajam, hindi, forsiy fuqaro va sipoh – butun millatlar, hamma inson toifalari bu mangu baxshishga suyanib, umid tutib, abadiylikka birikkan davlatimiz duosiga mashg‘ul bo‘lsinlar va bu hukmlar ijrosidan tashqari chiqmasinlar va burilmasinlar, farmonga muvofiq ish olib borsinlar.
Bu hukm ulug‘ podshoh imzosi bilan yetishsa, e'timod qilsinlar.
Amri oliy bilan 932 yil 24 jumadul-avvalda yozildi”.
ALLOH TAOLO YOYOLLARGA YAXSHILIK QILISHNI BUYURDI
Rasululoh sollallohu alayhi vasallamning “Vidolashuv haji”da sahobiylarga qarata ayollar haqida quyidagicha vasiyat qilgan edilar: “Ayollar borasida Allohdan qo‘rqinglar. Chunki sizlar Allohning omonati ila ularni qo‘lga kiritdingiz va Allohning kalimasi bilan ularning farjlarini o‘zlaringizga halol qilib oldingiz” (Buxoriy rivoyati). Dunyoning yarmiga hukmronlik qilgan Sohibqiron Amir Temur tuzuklarida "Ayollarga imkon qadar iliq muomalada bo‘lishga harakat qildim" deb yozgan edi. Demak, shunday ulug‘ zotlar ayollarni e'zozlagan ekan, bugungi kunda ayollarga past nazar bilan qarab, ularga zo‘ravonlik qilayotgan erkaklar qayerdan paydo bo‘lyapti? Bunday kishilarni kim deb atash mumkin? Yana hadislarga murojaat qilamiz.
Sabrning tagi – OLTIN
Sayohatga chiqqan maktab o‘quvchilari ortga qaytayotganida ularning ichidan bir qiz yo‘ldan adashishi oqibatida avtobusga vaqtida yetib kela olmay, qolib ketdi. Nima qilarini bilmagan qiz, eng yaqin uyga borib, eshikni qoqdi. Ichkaridan chiqqan yigit eshik oldida turgan qizni ko‘rib bir oz ajablangan holda undan “kim siz?” deb so‘radi. Qiz o‘zini talaba ekanligini, bu yerga maktab o‘quvchilari bilan birga avtobusda kelganini, ular bilmasdan qizni qoldirib ketishganni va ortga qaytish yo‘lini bilmasligini birma-bir aytib berdi. Yigit qizga “bu yer bir tashlandiq qishloq, siz bora olmayotgan shaharcha janub tarafda, siz esa shimol tarafdasiz. Bu yerda hech kim yashamaydi. Keling bu kechani shu yerda o‘tkazing, erta tong bilan sizni shaharchangizga eltib qo‘yaman”, dedi.
Tejamkorlik-xasislik emas
Qadim-qadimdan xalqimiz tomonidan asrlar osha e'zozlab kelgan milliy va diniy qadriyatlar o‘ziga xos turfa xil urf odatlar, udumlar va marosimlar ijtimoiy-manaviy hayotimizning ajralmas qismi bo‘lib qolgan. Afsuslar bo‘lsinki, keyingi vaqtlarda shunday go‘zal marosim, tadbirlarimiz o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, dabdabavozlik, isrofgarchilik hamda ortiqcha bidatlarni namoyish etish maydoniga aylandi.
Xarajati yengil nikoh barakalidir
Muqaddas dinimiz kishilarni bir-birlariga mehr-oqibatli bo‘lishga, begonalarga ham yaxshi muomala qilishga hamda xayru ehson ulashishga buyuradi.
SHUKR - NE'MATLARNING KO‘PAYISHIGA SABAB BO‘LADI
Alloh taolo butun olamni barpo etgach, quruqlikda, yer osti va suvda, havoda yashaydigan mavjudotlarni yaratdi va butun mavjudotning yashashi, nasl qoldirishi uchun o‘ziga xos ne'matlar bilan siylab, har biriga rizq-nasiba ulashdi.
Bid'at va isrofdan saqlanaylik
Ma'lumki, muqaddas dinimiz kishilarni bir-birlari bilan yaxshi muomalada bo‘lishga, hamda taom ulashishga buyuradi. Fazilatli va ixlosmand halkimiz qadimdan bu sunnatlarga amal qilib keladi. Mana shunday chiroyli sunnatlar jumlasiga nikoh to‘yini xam kiritish mumkin. Nikoh ikki begona, nomahramni bir-biriga halol qilgani sababli, uni e'lon qilish jumxur ulamolar nazdida sunnatdir va bizning urfimizda u "to‘y" deb yuritiladi.
Otinoyi kim?
Mustaqillik yillarida, ayniqsa, so‘nggi 2-3 yil ichida mamlakatimizda barcha sohalar qatori diniy jabhada ham chuqur o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Aholining diniy-ma'rifiy saviyasini oshirish, bid'at-xurofotlarga barham berish, qalblarga sog‘lom islomiy aqidani singdirishga e'tibor qaratilmokda. Bu jarayonda diniy soha xodimlari, xususan otinoyilar faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiqdir.
SILAI RAHM FAZILATLARI
“Silai rahm” arabcha so‘z bo‘lib, “sila” - bog‘lamoq, “rahm” –qarindoshlak, ma'nolarini anglatadi ya'ni, “qarindoshlik rishtasini bog‘lash” ma'nosidadir. Qarindoshlar deganda, avvalo ota-ona, farzandlar, aka-uka, opa-singillar va yaqin qarindoshlar tushuniladi. Islom dinida avvaldan qarindoshlar bilan yaxshi muomala qilishga buyuriladi. Hattoki, qarindoshlar bilan bordi-keldi qilib, ular bilan rishtalarni bog‘lashni ibodat darajasiga ko‘targan.
"Men din kishilarini yomon ko‘raman..."
Shayx Muhammad G‘azzoliy rahimahulloh aytadilar:
Xonamga bir qiz kirdi. Avval uning kiyinishi menga yoqmadi. Ammo uning ko‘zida va holatida kishining rahmini keltiradigan g‘am va mahzunlik ko‘rdim. U o‘tirgach menga tashvishlari haqida gapirdi va mendan yaxshilik umid qildi.