QISSADAGI IBRAT
Mashhur Hind faylasufi Vishnu Sharma o‘zining "Xurofotlar" kitobida keltiradi:
"Bir eshak dumini yo‘qotib qo‘ydi. Bu uning uchun nihoyatda alamli musibat bo‘ldi. Ko‘p mahzun bo‘ldi. U har joydan dumini qidira boshladi. U shu darajada ahmoq ediki, dumini topib olsa uni o‘z joyiga yopishtirib qo‘yishiga aniq ishonar edi. Eshak dumini qidirib yurib bir boqqa kirib qoldi. Eshak bog‘ni bearmon toptadi, ekinlarni payhon qildi. O‘sha yerdagi makkajo‘xorilarni yiqitdi. Uni ko‘rib qolgan bog‘bonning jinnisi qo‘zidi. Pichoqni olib eshak tomon yugurdi. Bog‘bon eshakni tutib olib ikki qulog‘ini kesib tashlab, urib-tepib bog‘dan chiqarib yubordi. Endi dumini yo‘qotgani uchun yig‘laydigan eshak, quloqlarini ham yo‘qotgani uchun yig‘laydigan bo‘ldi".
JIHOD SOXTALIGIDAN OGOH BO‘LING!
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlarda din niqobi ostida ko‘plab shaxslar tarafidan “Jihod” farz ekanlgi va o‘zga yurtlarga borib har bir inson “Jihod” qilishligi xususida ko‘plab so‘zlar va tushuntirishlar keng tarqalmoqda. Aslida bular sof islomni noto‘g‘ri ta'limotlarga qorishtirishdir. Asli “Jihod” nima o‘zi? “Jihod” arabcha so‘z bo‘lib “Jiddu Jahd”, “G‘ayrat qilmoq” ma'nolarini anglatadi. Ulamolar jihodni 2 turga bo‘ladilar. Birinchisi “Kichik jihod” - islomning dushmanlari bilan jang qilishdir. Agar yurtimizda har bir inson teran ko‘z bilan qarasa, bu shart bizni diyorda topilmaydi. Chunki bizning diyor ko‘pchilik musulmonlar istiqomad qiluvchi diyordir. Bizning vatanda islom va unga amal qilishlik uchun imkoniyat, erkinlik yetarlidir. Ikkinchisi “Buyuk jihod” – musulmonlarning o‘z nafsi bilan kurashishidir. Bu xususda Imom Termiziydan rivoyat qilingan hadisda: “Jihodning afzali Alloh ta'olo yo‘lida havoiy nafsingga qarshi jihod qilmog‘ingda deganlar.” Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sollallohu alayhi vasallam.
Ne'matlarning ichida eng buyuklaridan biri esa – tinchlikdir.
Hayot kechirishimiz uchun Alloh taolo ato etgan ne'matlar shunday behisobki, ularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Bularning shukrini ado etish esa har bir kishining bandalik burchi hisoblanadi. Shukronalik eng avvalo, Alloh azza va jallaga taqvo qilishda, unga toat va ilitjoda bo‘lishdadir.
Teran fikr yuritib ko‘rsak, bizga ato etilgan ne'matlarining zavol topishiga noshukrlik, gunoh kabi amallarimiz sabab bo‘ladi. Zero, bu borada Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: “Yana Rabbingiz e'lon qilgan (bu so‘zlar)ni eslangiz: “Qasamki, agar (bergan ne'matlarimga) shukur qisangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman. Bordi-yu, noshukurchilik qilsangiz, albatta, azobim (ham) juda qattiqdir” (Ibrohim, 7).
Payg‘ambarimiz maqtagan soha
“Yaxshiga qilsang yaxshilik –
ham aytadi, ham qaytadi...”
Bismillahir Rahmonir Rahim!
Mehribon Yaratgan Parvardigorimiz Alloh taboraka va taologa beadad hamdu sanolar,
Hazrati Payg‘ambarimiz Janobi Muhammad Mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga behisob salavotu salomlarimiz bo‘lsin!
Baxtli, saodatli yashash, chinakam ma'mur hayot kechirish – har bir inson orzusi. Dunyoda baxtu saodatni, ma'murchilik va farovonlikni o‘lchaydigan mezonlar ko‘p, omillar bisyor. Lekin shunday ne'matlar borki, ularsiz hayotimiz rangsiz, turmushimiz huzur-halovatsiz bo‘lib qoladi.
ALLOH TAOLO YAGONADIR!
«Alloh taolo yagonadir» degan so‘z sanoq e'tiboridan emas, balki Uning zotida, sifatlarida va fe'llarida sherigi yo‘q ekani e'tiboridandir. Vahdoniyat (yagonalik) — salbiy sifatlardan bo‘lib, uch turga bo‘linadi:
Birinchisi: Zotida yagona ekani. Bundan iroda qilingan ma'no Alloh taoloning Zotida turlanishning yo‘q ekanidir. Buning ma'nosi qismlarga bo‘linishni qabul qilmasligidir.
Ahillik va hamjihatlik – osuda hayot, farovon turmush poydevori
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Islom dini insonlarni doimo ahil-inoq, tinch-totuv va hamjihat bo‘lib hayot kechirishga chaqiradi. Tarixdan ma'lumki, mana shunday fazilatlarga amal qilib yashagan kishilar doimo baxtu saodatga erishgan. Alloh taologa shukrki, yurtimizda qo‘lga kiritilayotgan barcha yutuqlar, muvaffaqiyatlar zamirida jamiyatimizdagi ittifoqlik, hukm surayotgan tinchlik mujassam, albatta.
Qush uyasida qo‘rganini qiladi
Ilmiy kuzatish va tadqiqotlarda inson o‘z hayoti davomida oladigan barcha ma'lumotning yetmish foizini besh yoshgacha bo‘lgan davrda olib ulgurishi keltirilgan. Bundan «Qush uyasida qo‘rganini qiladi» degan dono maqol bejiz to‘qilmaganiga ishonch hosil qilasiz.
Luqmon hakimdan: «Nega ko‘proq yoshlarga nasihat qilasiz, ammo yoshi kattalarga kamroq, buning sababi nima?» – deb so‘rashganida, shunday javob berdi: «Bog‘bon yerni yumshatib bir niholni o‘tqazib, uning atrofini xas-xashak va har xil zararli o‘tlardan tozalab, kerak vaqtda suv berib tursa, yaxshilab parvarishlasa, tezda voyaga yetadi, unumli va serhosil bo‘ladi.
IXLOS
Ayting: «U Alloh yagonadir» (Ixlos surasi 1-oyat).
Imom Tohir ibn Oshur rohimahulloh ushbu oyatning tafsiriga batafsilib to‘xtalib, quyidagi xulosani aytganlar:
«Alloh taoloning yagona ibodatga loyiq Zot ekanining ma'nosi mavjudotlardan biror narsa bu borada Unga sherik bo‘la olmasligidir. Bu ma'no shirk ahli ibodat deb hisoblaydigan shirklarini, Mulkoniya Nasroniylari uch iloh deb biladigan e'tiqodlarini, Majusiylar sig‘inadigan butlarini va Brahmanlarning sanab bo‘lmas ma'budlarini botilga chiqaradi».
OTA O‘Z FARZANDIGA CHIROYLI ODOBDAN AFZALROQ NARSA BEROLMAYDI
Sharq mutafakkirlari bola tarbiyasiga ta'sir qiladigan davrni uch guruhga ajratadilar.
Birinchisi, oq bilan qorani tanimaydigan bola. Bunday bola tabiati hali yomonlik g‘ubori bilan bulg‘anmagan, qalbini esa buzuqlik va fasod egallab olmagan bo‘ladi. Bunday bolaga pand-nasihat tez ta'sir qilib, uni to‘g‘ri yo‘lga yo‘llash oson kechadi.
Yurt himoyasi – muqaddas burch
Payg‘ambarlar o‘z vatanlari haqqiga duo qilganlar bu haqida Alloh taolo Qur'oni Karimda Ibrohim alayhissalom tillaridan quyidagi duoni keltiradi:




















