Buyuk allomalarimiz biz uchun hidoyat mayog‘idir
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Prezidentimizning Murojaatnomasi yurtimiz hayotida tobora alohida ahamiyat kasb etib borayotgan muhim voqeadir. 2017 yildan buyon an'anaga aylangan bu ijobiy tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e'lon qilinadi. Yangi marralar belgilanadi. Ko‘zlangan maqsadlar mazmunidan kelib chiqib, boshlanajak yil nomi taklif etiladi. 2022 yil 20 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi mana shunday tadbirda Oliy Majlis Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari qatori men ham ishtirok etdim.
Yoshlar tarbiyasiga biz ham mas'ulmiz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan mamlakat taraqqiyotining eng muhim, ustuvor vazifalari belgilab beriladigan yillik Murojaatnoma e'lon qilindi.
Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi va yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq va keskin ravishda belgilab berildi. Masalaga ongli ravishda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fanni, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti haqida so‘zlash behuda.
Nega qushlar uchburchak shaklda uchadi?
Javobi – juda qiziq va oddiy. Bu usul qushlarga uzoq masofani kam energiya sarflagan holda bosib o‘tishlariga yordam beradi. Boisi har bir qush to‘g‘ri qo‘shnisi ortidan uchadi va uning qanotlari hosil qilgan havo oqimi ichida bo‘ladi. Bunday uslub 71 % ko‘proq masofani bosib o‘tish imkoniyatini beradi.
LUQMANGIZ HALOL BO‘LSIN!
Buning uchun bu hadisni esdan chiqarmaylik: Rasululloh (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar, albatta, Alloh qonlaringiz va mollaringizni bir-biringizga harom qildi», deya marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).
Kufr haqida
Ma'lumki bugungi kunda ba'zi toifalar kufr so‘zini ko‘p ishlatmoqda. Iymon keltirgan va o‘zini musulmon deya da'vo qilayotgan kishini ham kufrda yani dindan chiqqanlikda ayblamoqdalar.
Aslida bu “Kufr” o‘zi nima degani? Qanday odamga kofir deyiladi? Bu savollarga quyidagi maqolamiz orqali javob berishga harakat qilamiz.
Kufr so‘zi lug‘atda “yopish”, “berkitish” ma'nosini anglatadi.
Isrofgar bo‘lmaylik
Baxtli, saodatli turmush kechirish, oilani chinakam baxt qasriga aylantirish, farzandlar kamolini ko‘rish har bir muslim va muslimaning eng ezgu orzusidir. Bunday baxtli turmush qurishning muhim omillaridan biri esa ayollarning kamxarj bo‘lishi va isrofgar bo‘lmasligidir.
Eng baxtli inson fitnadan saqlangan kishidir
Fitnalar paytida ilm va yetuk malakaga ega bo‘lmagan inson uning domiga tushib qolishi hech gap emas. Ayniqsa, hozirgi kunga kelib arzimas xato tufayli fitnachilarga yordam berishi yoki ularning safiga tushib qolishi ham mumkin. Fitnalarning bo‘lishi taqdirda bor ekan, mana shunday fitnalar sodir bo‘lgan paytda musulmon kishi qanday yo‘l tutmog‘i lozim? Qanday qilsa, undan saqlanishi mumkin? Ulamolarning Qur'on, hadis va tarixdagi fitnalar paytida salafi solihlarning fitnalar paytida tutgan yo‘llaridan kelib chiqib bidirgan fikrlarini quyida qisqacha bayon qilishga harakat qilamiz.
8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kuni
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining yaratilishi tarixi haqida so‘z yuritishdan oldin “Konstitusiya nima?” degan savolga javob berish maqsadga muvofiqdir.
Konstitusiya (lotincha “Constitution” – tuzilish, tuzuk) – davlatning Asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlari, shuningdek, sud tizimini hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Bugungi o‘ylar...
Mamlakatimizda chorak asrdan ziyodroq davr mobaynida erishilgan barcha yutuqlar, hamma yo‘nalishdagi taraqqiyotga, asrlarga tatigulik o‘zgarishlarga, hech shubhasiz, Bosh qomusimiz huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
Asosiy Qonunimiz xalqimizning ko‘p asrlik tajribasi, betakror mentaliteti, beqiyos urf-odatlari, o‘ziga xos orzu-o‘ylariga binoan ishlab chiqilgan. E'tiborli jihati, undagi normalar muqaddas dinimiz qoidalariga ham to‘la-to‘kis muvofiq keladi. Bu esa jahon davlatlarining hammasida ham bor emas!
Qonunlarimizni hayotiyligi
Biz baxtimiz qomusi Konstitusiyamiz haqida nimalarni bilamiz . Konstitusiya davlatning asosiy qonuni bo‘lib, eng yuqori yuridik kuchga ega bo‘lgan hujjatdir. Konstitusiya davlat tuzilishini, uning boshqaruv shaklini, davlat organlarini tuzish tartibi, ularning vakolatlarini, shaxsining huquqi erkinligi va burchlarini belgilab quyadi. Konstitusiyamizga juda ko‘p marta o‘zgarishlar kiritildi.
Asosan 2002, 2011, 2014, 2022-yillarda o‘zgartirilib qo‘shimchalar kiritildi.




















