O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Yolg‘onchilik va uning oqibatlari

 
 

Yolg‘onchilik barcha razolatlarning aslidir. Ujamiyatni parchalaydi, barcha ishlarni buzadi va o‘z egasining obro‘sini to‘kadi .  Yolg‘onchining gapiga ishonmay qo‘yadilar va unga biror ishni ishonib topshirmaydigan bo‘ladilar. Hayotning har qanday sohasida xoh oldi –sotdi muomalalarida bulsin,xoh ishlab chiqarish sohasida bo‘lsin, xoh maishiy xizmat sohasida bo‘lsin, kishilar o‘rtasida o‘zaro ishonch bo‘lmog‘ilozim.Yolg‘on esa ishonchni yo‘qqa chiqaradi. Shuning uchun ham Alloh yolg‘onchilarni yo‘ldan adashganlar qatoriga qo‘shadi. “ Albatta, Alloh yolg‘onchi va kofir kimsalarni hidoyat qilmas” ( Zumar surasi, 3- oyat).

Qur'oni karimda yolg‘onchilarga qiyomat kuni alamli azoblar bo‘lish uqtiriladi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

“Nabiy sallallohu alayhi vasallam:“ Munofiqning belgisi uchtadir: gapirsa, yolg‘on gapiradi, va'da bersa, ustidan chikmaydi va omonat unga ishonilsa, xiyonat qiladi“, dedilar”.Islom yolg‘on guvohlik berishni  dunyodagi eng katta gunoh – Allohga shirk keltirish bilan tenglashtirgan.

Islomda yolg‘on harom va katta gunoh hisoblansa ham, undan kattaroq zararni qaytarish uchun uch holatda istisno tariqasida yolg‘on ishlatishga ruxsat berilgan:

  1. Odamlar orasini isloh qilishda.

Musulmonlarning  bir- birlari bilan urishib, xafalashib yurishlari

juda ham yomon ish. Bu yomon ish oqibatida odamlar va jamiyatlarning orasi buziladi. Kishilarning bir-birlari bilan xusumatlashishlari , urishishlari barcha balo- ofatlarning boshidir. Bu yo‘lda hatto yolg‘on gapirishga ham ruxsat bor, chunki odamlarning orasini isloh qilish uchun yolg‘on gapirgan odam faqatgina yaxshilik uchun yolg‘on gapirgan bo‘ladi.

  1. Urushda g‘alaba qilish uchun.

Agar askar yengilsa , barcha ummat va millat dushman asorati ostida

qoladi. Shuning uchun ham ko‘pchilik manfaati yo‘lida, dushmanni dog‘da qoldirish uchun yolg‘on gapirishga ruhsat berilgan.

  1. Oilaning ahilligini saqlab qolish uchun.

Har bir jamiyatda oilaning ahilligi alohida ahamiyat kasb etadi.

Ahil oilada  o‘sgan bolalar salohiyatli fuqarobo‘lib yetishadilar. Ota- onaning janjallari ostida o‘sgan bolalar esa salohiyatli fuqaro bo‘lishlari mumkin emas. Shuning uchun ham er- xotin orasidagi o‘zaro ahillik juda ham muhimdir. Ana shu ahillikni saqlab qolish maqsadida er – xotin bir-birlariga yaxshi ma'noda, haddan oshmagan holda yolg‘on gap aytishlariga ruxsat berilgan.

Istisno tariqasida ruxsat berilgan ushbu uch holatdan boshqa hollarda yaxshi niyatda ham, yomon niyatda ham yolg‘on gapirish mumkun emas. 

M.Choriyeva – Pastdarg‘om tuman bosh otinoyisi 


Kiritilgan vaqti: 26/12/2022 11:45;   Ko‘rilganligi: 18712
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/yolgonchilik-va-uning-oqibatlari
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 01:56
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing