Maqolalar

Rasulullohning xulqlari Qur’on edi

Din nasihatdur chiroyli muomalada dindandur. Insonga vojib bo‘ladigan narsalarning birinchisi chiroyli odob axloq bilan xulqlanmoqlikdir Alloh Taolo o‘zining aziz kitobida sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallollohu alayhi vasallamning go‘zal xulqlarini maqtab shunday dedi:

 

ISLOMDA TUSHGA BO‘LGAN MUNOSABAT

Alloh taolo O‘zining muqaddas kalomi bo‘lmish Qur’oni karimda bandalarning baxt-saodatga erishishlari uchun zarur bo‘lgan barcha narsani bayon etgan. Jumladan, bizdan oldingi ummatlarning qissalari zikr qilingan suralarni nozil qilgan. Ana shunday suralardan biri “Yusuf” surasi bo‘lib, suraning boshidan oxirigacha Yusuf alayhissalom to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ushbu surada Yusuf alayhissalom hayotlarida muhim ahamiyat kasb etgan tushga alohida e’tibor qaratiladi. “Yusuf” surasida voqealar boshlanishi va rivoji, asosan, uyquda ko‘rilgan tushlar bilan bog‘liqdir: Yusuf alayhissalom tushlarida o‘n bitta yulduz, quyosh va oyning o‘ziga sajda qilayotganini ko‘rganlarini bayon qilish bilan boshlanib, o‘sha tush o‘ngda haqiqatga aylanishi bilan tugaydi. Shuningdek, qissadagi burilish nuqtalari ham tushga bog‘liq: Avval Yusuf alayhissalom bilan birga zindonga tashlangan ikki yigitning ko‘rgan tushlari, keyin esa Misr podshohining ko‘rgan tushi.

 

TORTISHISH BALOSI

Biz musulmonlarning eng katta muammolarimizdan biri ixtilof va bo‘linish.. Bu muammo tegirmoniga suv quyayotgan illatimiz esa tortishish balosi hisoblanadi. Shu sabab, foydadan xoli bo‘lmas, degan umidda hujjatul-islom, imom Abu Homid G‘azzoliyning "Ihyo" kitoblaridan iqtibos keltirmoqchiman.

 

YERU OSMONNING O‘LIK UCHUN YIG‘LASHI

Mo‘min kishini cheksiz ne’matlar bilan siylab, unda umr ne’matini vaqti soati bilan undan nasibasi nihoyasiga yetib vafot topsa ortidan birgin farzandi emas, yeru osmonni va unga hizmat qilgan barcha narsalarni motam tutib yig‘lashiga yarasha inson bo‘lishiga tavfiq hidoyat bergan Alloh subxanahu va taologa behisob hamd va sanolar bo‘lsin.

 

MASJID ODOBLARI

Insonning kundalik hayotini go‘zal qilib turuvchi amallardan biri uning xulqi, odobi, insoniylik odob-axloq me’yorlariga rioya qilmog‘idir. Islom dini turli xil odob-axloq mujmualarini o‘zida mujassam etgan dindir.Bu dinda odob-axloq ibodat darajasiga chiqarilgandir. Salomlashish, muomala, oila, so‘zlashish, yotish, yurish, ovqatlanish, mezbonlik va mehmonga borish, ta’lim olish, ta’lim berish, tarbiyalash va hakazo odoblarning barcha-barchasi bu muqaddas dinda o‘z ifodasini topgan. Ana shunday odoblar sirasiga “Masjid odoblari” ham kiritilgan bo‘lib, bu odob zamirida Alloh taoloning uyi – masjidga hurmat-ehtirom yotadi.

 

ISROFDAN SAQLANAYLIK

Alloh taolo insonlarni turli millat va elat shaklida yaratib, ularni yer yuzini makon tutib, undagi ne’matlardan foydalanib hayot kechirishga buyurdi. Yana bandalariga behisob ne’matlarni ato etib qo‘ydiki, bularni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Alloh taoloning O‘zi bu haqda Qur’oni karimda bunday marhamat etadi:

 

U yaxshi yomonga barobar fojiadir

Dunyoning go‘zalligi inson bilandir. Insonning go‘zalligi esa islom bilandir. Islom dini insonlarni faqat yaxshilikka da’vat etadigan, yomonlikdan qaytaradigan sof dindir. Nahl surasining 97 oyatida Alloh taolo “Erkakmi yo ayolmi-kimda kim mo‘min bo‘lgan holda biror ezgu ish qilsa, bas, Biz unga yoqimli hayot baxsh eturmiz va ularni o‘zlari qilib o‘tgan go‘zal amallari barobaridagi mukofat bilan taqdirlaymiz” deb marhamat qilgan. Solih amallar qilib yashagan inson hayotlik davrda rohatu farog‘atda yashab, oxiratda esa ulkan mukofotlar sohibiga aylanadi. Dinimizga yod bo‘lgan amallar bilan mashg‘ul bo‘lganlar esa albatta jazosini oladi.

 

BIR BIRIMIZNI HIMOYA QILAYLIK

“Allohga va uning Rasuliga itoat qiling. O‘zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir”. (Anfol 46). Ushbu oyati karimada Alloh taolo mo‘min bandalarni ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida nizoga bormaslikka chaqirmoqda. Shunday ekan, musulmonlar masala tortishmasdan tinglashni, quloq tutishni va itoat qilishni yaxshi o‘rganib olishlari zarurdir. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga kelib: ”Ey Allohning rasuli! Meni bir amalga yo‘llab qo‘yingki, agar uni qilsam, jannatga kirayin”, dedi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga biror narsani sherik qilmasdan ibodat qilasan, farz namozlarini o‘qiysan, farz qilingan zakotni ado etasan va ramazon oyi ro‘zasini tutasan”, dedilar. Shunda u kishi: “Jonim Uning qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bu aytilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormayman”, dedi. U kishi orqasiga qaytib ketganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimni jannat ahlidan bo‘lgan kishiga qarash xursand qilsa, mana bu kishiga nazar solsin”, dedilar. Imom Muslim rivoyati. Demak, musulmonlar buyurilgan narsalardan oshirib ham, kamaytirib ham yubormasdan, ba’zisini tutib, ba’zisini tark qilmasa, rahbarning ko‘rsatmasiga amal qilsa hech-bir nizo kelib chiqmas ekan. Bugun ijtimoiy tarmoqlarda musulmonlar bir-biri bilan tortishish, talashish bilan ovora. Biz musulmonlar xozirgi vaqtda Alloh taoloning “....va O‘zlaringizdan bo‘lgan boshliqqa itoat qiling”, deb marhamat qilgan oyatiga itoat qilishni go‘yo ututib qo‘yayotgandaymiz. Musulmonlarning rahbari aytgan so‘zlarni boshqa tomonga talqin qilish, yana bir fitnaning eshigini oshishdan boshqa narsa emas. Uning o‘rniga musulmonlarni sabr-toqatga va itoatga, go‘zal xulq va odobga chaqirib, masalaga ijobiy tomondan yondoshmoqlikni o‘rgatib borish lozimdir. Aks holda, din dushmanlarining o‘ljasiga aylanib qolish hech gap emas. Ogoh bo‘ling ey musulmonlar!

 

Mustaqillik-Ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasidagi ko‘prikni qayta tikladi

Jonajon Vatanimiz O‘zbekiston Respublikasi o‘zining davlat mustaqilligini qo‘lga kiritgani va mustaqil taraqqiyot yo‘lini boshlaganiga 27 yil to‘ldi. Bu fursat oralig‘ida unitilgan va tortib olingan fazilatu-qadryatlarimiz tiklandi. Ajdodlar bilan avlodlar o‘rtasidan olib tashlangan ko‘prik qayta tiklandi. Alhamdu lillah bugun o‘zligimiz va o‘zbekligimiz o‘z o‘rniga qaytdi.

 

Inson qadri-barcha narsadan ulug‘

“Nahotki Bizning sizni yaratishimiz behuda bo‘lgan va siz bizga qaytarilmassiz, deb hisoblasangiz” (Al-Mo‘minun 115).

 

Qurbonlik-qurbat hosil qilmoq

Qurbonlik shariatga ikkinchi hijriy sanada kiritilgan. Uning vojibligi to‘g‘risida Alloh taolo «Kavsar» surasida: «Albatta, Biz senga Kavsarni berdik. Bas, Robbingga namoz o‘qi va jonliq so‘y», – degan.

 

Qizim senga aytadigan nasihatim bor

Dunyo o‘zi bir matodir. Uning eng yaxshi matosi soliha ayoldir.

(Hadisdan)

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing