O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

YERU OSMONNING O‘LIK UCHUN YIG‘LASHI

 
 

Mo‘min kishini cheksiz ne’matlar bilan siylab, unda umr ne’matini vaqti soati bilan undan nasibasi nihoyasiga yetib vafot topsa ortidan birgin farzandi emas, yeru osmonni va unga hizmat qilgan barcha narsalarni motam tutib yig‘lashiga yarasha inson bo‘lishiga tavfiq hidoyat bergan Alloh subxanahu va taologa behisob hamd va sanolar bo‘lsin.

Ushbu maqomni o‘zida mujassam qilgan, xatto vafotidan so‘ng, Masjidida suyangan ustun va bir umr hizmatida bo‘lgan ulovi ham motam tutgan. Rosululloh sallollohu alayhi va sallamga, oilasi va as’hoblariga salovatu salomlar bo‘lsin.

Termiziy, Abu Ya’lo va Ibn Abu Dunyolar, Anas roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam aytadilar:

«Har bir, inson uchun osmonda ikki eshik bor, biridan amali ko‘tarilib, biridan rizqi tushadi. Agar mo‘min banda vafot etsa, bu ikki eshik unga yig‘laydi».

Ibn Abu Dunyo, Abu ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qiladi: «Mo‘min kishi vafot etsa, uning uchun yerdagi namoz o‘qigan joyi yig‘laydi» dedilar.

Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Biror mo‘min banda yerning biror o‘rnida Alloh uchun sajda qilgan bo‘lsa, vafot qilgan kuni o‘sha joy unga yig‘laydi va qiyomat kuni o‘sha yer guvoh bo‘ladi» (Ibn Abu Dunyo rivoyati)

Ibn Adiy «Komil» da Ibn Munda va Ibn Asokir «Tarix» kitobida Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Mo‘min kishi vafot etishi munosabati bilan qabrlar bezatiladi va dafn o‘rinlari mayyit o‘ziga qo‘yilishini orzu qiladi» dedilar.

Ha darxaqiqat bu yorug‘ olamga inson bo‘lib kelib, inson bo‘lib ketishning o‘zi katta fazilatdir, uning ortidan insonlar emas yeru osmonlar yig‘lab motam tutish esa eng katta baxtdir, bu darajaga yetishishning o‘zi katta mashaqqatdir. Va lekin uni topmoqlik Alloh taolodan inoyatdir. Barchalarimizni mo‘min xolimizda dunyodan o‘tib orimizda yig‘lab qoluvchilar sonini ko‘paytirib qo‘ysin. Omin…

manba: "minor.uz"


Kiritilgan vaqti: 03/10/2018 00:00;   Ko‘rilganligi: 2117
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/eru-osmonning-olik-uchun-yiglashi
Chop etilgan vaqti: 23/02/2024 05:05
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing