Maqolalar

BUGUNGI KUNDA ISLOHOTLARDA O‘ZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASINING O‘RNI

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining AQSHga qilgan safariga munosabat

“So‘nggi yillardagi o‘zgarishlar natijasida yoshi ulug‘, kesa ayol va erkaklardan diniy idoramizga “Biz Qur'onni o‘zidan o‘qishni xohlaymiz, qayerdan o‘rganamiz” degan talab tushdi. Shunda hukumatga murojaat qilib, madrasalar qoshida pullik kurslar ochildi. U joyda o‘qish muddati uch oy bo‘lib, o‘qish jarayonida tajvid asosida Qur'oni karimni o‘qish va arab tili harflarini o‘rganadilar. Keyingi ikki yil mobaynida 7 mingdan ziyod fuqaro Qur'on o‘qish ta'limotiga ega bo‘ldilar hamda ularga bu haqida sertifikat berildi. Bu davomli bo‘ladi. Bundan tashqari o‘rta maxsus diniy ma'lumotga ega bo‘lgan fuqarolar o‘zlarining bilimlarini yanada oshirishlari uchun hukumat qarori bilan Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Buxoro, Surxondaryo viloyatlarida fiqh, aqida, kalom, tasavvuf, hadis maktablari tashkil etildi”, deb aytdi muftiy hazratlari.

 

Yaxshilik talabgori bo‘ling

Anas ibn Molik (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam marhamat qilib shunday deganlar: “Butun umringiz davomida yaxshilik talabgori bo‘lib, Alloh azza va jallaning rahmat shabadalariga yo‘liqing! Zero, Allohning rahmati jumlasidan bo‘lgan shabadalari borki, ularni bandalaridan xohlaganiga nasib qiladi” (Tabaroniy, Bayhaqiy, Ibn Abdul-Barr, Abu Nuaym, Ibn Asokir va boshqalar rivoyati).

 

MOHI RAMAZON FAZILATI

Hazrati Abu Lays Samarqandiy rahmatullohi alayh o‘zlarining mashhur Tanbehul g‘ofilin asarlarida Ramazon oyining fazilati to‘g‘risidagi bobda otalaridan silsila orqali hazrati Ibni Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deb marhamat qilganlar: Albatta, jannat muborak Ramazon oyi kirishi oldidan yildan yilga xushbo‘ylanadi, ziynatlanadi. Ramazon oyining birinchi kechasi Arshning ostidan yengil shamol — shabada esadi. Uning nomi Masiyradir. Jannat daraxtlarining barglarini tebratadi. Eshiklarining tabaqalari taqqillaydi. Xalqalari uriladi. Bu jaranglashlarning barchasi go‘zal bir ohang kasb etib, eshituvchilar bundanda yaxshi ovozni eshitmaganlar. Hurul 'iynlar ko‘rinish beradilar. Hatto ular jannat tepasidan qo‘nim topadilar. Alloh taologa kuyov bo‘lishni hohlovchilar bormi? Bas, Alloh subhonahu va taolo ularni bizlarga juft qilsin. Keyin Rizvondan (jannatga vakil qilingan farishta) Ey, Rizvon bu kecha qanday kecha? — deb so‘raydilar. Ular talbiya bilan javob beradilar: Ey, jannat go‘zallari bu kecha Ramazon oyining avvalgi kechasidir. Alloh taolo: Ey, Rizvon jannatning eshiklarini habibim Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun och. Molikka qarata (molik do‘zaxga vakil qilingan farishta) Ey, Molik jahannam eshiklarini Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlari uchun yop. Keyin Jabroil alayhissalomga: Ey, Jibril yerga tush, bas shaytonlarning sarkashlarini zanjirband qil, ularni g‘ullar bilan kishanla. Keyin ularni dengiz to‘lqinlariga uloqtir. Hattoki ular Mening habibim Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning ro‘zador ummatlarini ro‘zalarini buzmasin. Alloh subhonahu va taolo Ramazon oyining har kechasida uch marotaba: Mendan so‘raguvchi bormi? So‘raganini beraman. Menga tavba qiluvchi bormi? Tavbasini qabul qilaman. Menga istig‘for aytguvchi bormi? Men uni mag‘firat qilaman, deydi. Keyin Rahmonning nido qiluvchilaridan biri nido qiladi: Kim uzoq muddatga yo‘q bo‘lib ketmaydigan, hech bir zulmsiz vafo qilinadigan qarz beradi.

 

Til bu millatning ko‘zgusi!

Bir guruh shaxslarning O‘zbekistonda rus tiliga rasmiy til maqomini berish taklifi bilan chiqishi keyingi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

 

Eng yaxshi iftorlik riyodan xoli bo‘lganidir

Ramazon oyi kirishi bilan butun Islom olamida o‘zgacha ruh paydo bo‘ladi. Ibodat, Qur'on tilovati, xayru ehsonlar mavsumi boshlanadi. Kun bo‘yi Allohning roziligi uchun o‘zini yeb-ichishdan, shahvatdan, hatto ko‘z, qo‘l, quloq, qalb, boringki butun vujudini gunoh ishlardan saqlab, taqvoda, odob-axloqda kunini o‘tkazgan kishi chin ma'nodagi ro‘zador sifatida quyosh botganidan so‘ng iftorlik qiladi. Mana shu daqiqalar mo‘min kishi uchun eng xursand bo‘ladigan onlar hisoblanar ekan.

 

Ziyoratda shirkdan saqlanaylik!

Shu kunlarda Buxoro viloyatining Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband ziyoratgohidagi qurigan daraxtni muqaddas sanab, uni tavof qilish va undan hojatini so‘rash kabi shirk amallar aks etgan videolavhalar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgani kuzatildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan ziyoratgohlardagi shirk amallardan saqlanish borasida aniq ko‘rsatma va fatvolar e'lon qilingan.

 

O‘n mashhur qiroat

“Qiroat” so‘zi lug‘atda “o‘qimoq”[1] degan ma'noni anglatadi. Istilohiy ma'noda esa qiroat – Qur'on o‘qish ilmi imomlaridan birining Qur'on o‘qishda naql va rivoyatga asoslangan holda boshqa imomlardan o‘zgacha yo‘l tutishi, qiroat qilishidir. Boshqacha qilib aytganda, biror qiroat imomi tomonidan yo‘lga qo‘yilgan ma'lum harflarning tartibli ravishdagi jamlanmasi qiroat deb aytiladi[2].

 

Ziroat ham ibodatdir

Har yil bahor kelishi bilan dalalarda ish qizigandan qiziydi. Oftob taftida nami biroz ko‘tarilgan, yetilib qolgan yerlar tomon bobodehqonlar “yomg‘ir yog‘ib qolmasin”, degan hadikda, mehnat qurollarini olgan holda shoshiladilar. Qishi bilan avaylab-asragan urug‘larni ona zamin ko‘ksiga qadaydilar, ustidan mayin tuproq tortib, Yaratgandan bu yilgi hosilga baraka berishini so‘rab qo‘llarini duoga ko‘taradilar.

 

FITNALARDAN OGOH BO‘LING!

Mamlakatimizda ilmiy-ma'rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlarda, shu kabi diniy sohada ham ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Ko‘p millatli xalqimiz millatlararo va dinlararo bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch va totuv hayot kechirmoqdalar. Fuqarolar vijdon erkinligi qonuniy kafolatlangan diyorda o‘zlarining ibodatlarini emin-erkin ado etib turganlari, yaratilgan imkoniyatlardan mamnun ekanliklari hech kimga sir emas. Shunday bo‘lsada, ba'zi bir hasadgo‘y kimsalar xalqimiz orasida norozilik kayfiyatini uyg‘otish maqsadida, fitna chiqarish ilinjida turli-xil uydirmalarni ommaviy axborot vositalari orqali tarqatishdan o‘zlarini tiymayaptilar. Ko‘pchilikning xabari bor, 2019 yil 25 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasmiy ish qog‘osi nusxasiga yozilgan bir nechta shaxslar to‘g‘risidagi soxta ma'lumot tarqatildi. Unda keltirilgan ma'lumotlar va yozuvlarning barchasi qalbakidir.

 

Ilmning mohiyati va uning inson hayotidagi ahamiyati

“Dunyoda ilmdan boshqa najot yo‘q , va hechqachon bo‘lmagay”

Imom Buxoriy

 

Ilm dunyoda azizlik, oxiratda esa sharafdir

Ilmga qo‘ygan ilk qadamimizni yodga olaylik. Ya'ni aynan o‘qish va yozishni o‘rganishga kirishgan vaqtimiz nazarda tutilmoqda. Bu holat hammada har xil kechgan bo‘lishi mumkin. Kimdir uyda ota-onasi yoki aka-opalaridan o‘rganishni boshlaydi, yana kimdir bog‘chada ilk ta'limotlarini oladi, kim uchundir bu jarayon maktabda boshlanadi. Pokiza bolalik qalbimizga ilk ilm ma'rifatlari kirgan chog‘lar hayotdagi unutilmas damlardir. Balki o‘sha paytlardan ilmning mohiyati, inson hayotida tutgan o‘rni haqida tushunchalarga ega bo‘la boshlagandirmiz.

 

Musulmon musulmonning tug‘ishganidir

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisi sharifda “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon musulmonning birodaridir. Unga zulm ham qilmaydi, uni tashlab ham qo‘ymaydi. Kim birodarining hojatini ravo qilsa, Alloh uning hojatini ravo qiladi. Kim bir musulmonning tashvishni aritsa, Alloh uning Qiyomat kunidagi tashvishlaridan birini aritadi. Kim bir musulmonning aybini berkitsa, Alloh Qiyomat kunida uning aybini berkitadi”, deb aytganlar”.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing