Xabarlar

RAMAZON HAYITI 24 MAY KUNI NISHONLANADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma'lumotlarga tayangan holda 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar

 

Zuho namozi va uni o‘qish tartibi

Nomlanishi: Zuho namozi manbalarda turli nomlar bilan zikr qilingan bo‘lib, ko‘proq “Ishroq namozi”, “Shuruq namozi”, “Avvobiyn namozi” va “Choshgoh namozi” deb yurtiladi.

Hukmi: Zuho namozini ado etish nafl amal sanaladi. Nafl deb, kishini o‘z ixtiyori bilan farzga qo‘shimcha tarzda bajaradigan amaliga aytiladi. Ya'ni, Zuho namozi – bir kunda besh mahal ado etilishi majburiy bo‘lgan farz namozlarini to‘ldiruvchi, ixtiyoriy suratda ado etilsa, ulkan savob bo‘ladigan namoz hisoblanadi.    

Vaqti:

 

Uyda oila a'zolar bilan hayit namozini o‘qish mumkinmi?

400-CAVOL: Bugungi kunda butun dunyoda pandemiya sharoiti, yurtimizda ham karantin e'lon qilingan. Mana shunday vaziyatda hayit namoz o‘qiladimi? Agar bunga ruxsat berilmasa, uyda oila a'zolar bilan birga hayit namozini o‘qish mumkinmi?

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashining 2020 yil Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risidagi BYOYONOTI

Aziz yurtdoshlar, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengashi nomidan Siz azizlarni mehr-oqibat, ezgulik va saxovat ayyomi bo‘lgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz.

Har yili butun dunyo mo‘min-musulmonlari qatori yurtdoshlarimiz Iydul fitrni ko‘tarinki kayfiyat, o‘zgacha shukuh, alohida tayyorgarlik va katta xursandchilik ila nishonlaydilar.

 

USTOZLAR DUOSI IJOBAT!

Inson ma'naviy kamolotga, ikki dunyo saodatiga ustoz va murabbiylar tarbiyasisiz erisholmaydi. Ma'naviyat moddiyatdan ustun bo‘lganidan ustoz-muallimlar har bir davrda e'zozlangan.

 

QADR KECHASIDAGI ONLAYN QUR'ON XATMONASIGA MARHABO!

Ramazon oyining bezagi bo‘lmish Qur'oni karimni xatm qilish o‘lkamizda go‘zal an'anaga aylangan. Allohning kalomi qalblarga shifo, dillariga surur, ruhlariga quvvat bag‘ishlaydi. Yurtimizda shahri Ramazonning har oqshomida Ilohiy kalom sadolari yangramoqda.

 

MUROJAAT!

Hurmatli mo‘min-musulmonlar! Insha Alloh bugun Ramazon oyining “Laylatul qadr” kechasi. Barchamiz bu kechani o‘z xonadonlarimizda oila a'zolarimiz bilan o‘tkazamiz.
Ma'lumki, ushbu sinovli kunlarning talablariga hamda O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari kengashining qarorlariga rioya etishimiz zarur. Zero, itoatkorligimiz uzimizning va yaqinlarimizning hayotlarini asrab qolishimizga asos bo‘ladi.

 

Qadr kechasi: fazilatlari va alomatlari

Ramazon xususida biz bandalarga uchta mag‘firat va'da qilindi. Dastlabkisida “Kim Ramazon ro‘zasini imon va ajr umidida tutsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan. Keyingisida “Kim Ramazon oyida imon va ajr umidida qoim (tunda bedor) bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deyilgan va oxirgisida “Kim qadr kechasida qoim bo‘lsa, uning o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi”, deb aytilgan. Agar uchinchi jumlaga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, faqat bir kechani ibodatda o‘tkazishlik uchun shunchalik ko‘p savob va'da qilinyapti. Qur'oni karimda esa uni ming oydan afzalligi aytilgan. (Qadr surasi). Bu qadar fazilatga ega kechaning qaysi ekanligini bilish hammamiz uchun ham ahamiyatlidir.

 

Narpay tuman imom xatiblarining xayriyasi

Bu yil xalqimiz boshidan og‘ir sinovlarni o‘tkazmoqda. Xususan, “Sardoba” suv omboridagi toshqin katta talafot yetkazdi. Saxovatpesha xalqimiz talafot joyiga oshiqib, aziyat chekkan aholiga yordam qo‘lini cho‘zmoqda. Bundan yurtimizdagi barcha korxona va tashkilotlar singari biz imom xatiblar ham chetda qolayotganimiz yo‘q.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing