RAMAZON HAYITI 24 MAY KUNI NISHONLANADI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorini imzoladi. Unga ko‘ra, 2020 yil muborak Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma'lumot uchun qabul qilingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari tomonidan Islom dini manbalari va astronomik ma'lumotlarga tayangan holda 2020 yilda Ramazon hayitining birinchi kuni shu yil 24 may, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi haqida xulosa qilingan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
@muslimuzportal | @mp3muslim | @diniysavollar
Kiritilgan vaqti: 23/05/2020 10:15; Ko‘rilganligi: 1305
Chop etilgan vaqti: 17/01/2025 16:47