Axborot xizmati

QIZIQARLI UCHRASHUV

2016 yilning 29 aprel kuni viloyat xokimligi huzuridagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kursida qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 

QABRISTONLARNI OBOD QILISH - INSONIY BURCHDIR

O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tamonidan 2016 yil 7 aprelda tasdiqlagan “Umumxalq bayrami 9 may –Xotira va Qadrlash kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy tashkilotlarda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat bosh imom xatibi, shahar va tuman imom xatiblari ishtirokida joylarda qabristonlarni obodonlashtirishga doir hududiy seminarlar o‘tkazilmoqda. 21-28 aprel kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan seminarlardan ko‘zlangan maqsad belgilangan reja asosida qabristonlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish, ota-bobolarimiz xoki qo‘nim topgan maskanlarni ko‘rkam holatga keltirish hamda "9 may ­­­- Xotira va Qadrlash kuni"ga munosib tayyorgarlik ko‘rishdir. Bunday mas’uliyatli ishga yaqindan yondashgan viloyat bosh imom xatibi N.Islamov va bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulovlar olis qishloqlardagi qabristonlarga borib, u yerlarni obod qilishga doir o‘z tavsiya va fikrlarini bermoqdalar.

 

SAMARQANDDA KENG QAMROVLI TARG‘IBOT TADBIRLARI

2016 yilning 29-30 mart kunlari Samarqand viloyati bo‘ylab sakkizta tumanda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

 

HASHAR-ELGA YARASHAR

Hashar azal-azaldan xalqimiz orasida keng tarqalgan milliy qadriyatlarimizdan bo‘lib, ko‘pchilik bilan amalga oshiriladigan tadbirlarimizdandir. 25 mart kuni Ishtixon tuman “Muhojirlar” jome masjidida katta hashar uyushtirildi. Hasharda masjid qavmidan iborat barcha katta kichik ishtirok etishdi. Atroflar tozalanib daraxtlarga shakl berildi. Hasharchilar yordamida 100 dona har xil mevali va 100 dona manzarali ko‘chat daraxtlari ekildi. Hasharchilardan 75 yoshlarni qoralagan Ermuhammad bobo o‘z qo‘llari bilan ko‘chat ekar ekan: “Bugungi hashar mening hayotimda unitilmas kunga aylandi. Chunki muborak masjidimiz havlisiga ko‘chat o‘tqazdim. Ko‘chatim daraxtga aylanib meva solganda balkim men bo‘lmasman. Ammo shu yerga ibodatga kelgan kishilar mevasidan yeb xaqqimga duolar qiladi” deb, yanada g‘ayrat bilan ishga kirishib ketdi. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) “Qay bir musulmon biror ko‘chat yoki ekin eksa undan qush, odam yoki biron jonivor yesa ekkan kishiga sadaqa savobi yoziladi” deb marhamat qilganlar. Masjid qavmi har yili Navro‘z arafasida ana shunday savobli katta hashar qilishlikni kelishib olishdi.

 

NAVRO‘Z BAYRAMI OLDIDAN YIG‘ILISH

Joriy yilning 19 mart kuni Samarqand shahar “Shoxi Zinda” jome masjidida Samarqand shahridagi mavjud masjid imom xatiblari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov hamda vakillik mutaxassisi A.Hasanovlar qatnashdi.

 

ZIYORATCHILAR VILOYATGA QAYTISHDI

Joriy 2016 yilning 17 mart kuni samarqandlik ziyoratchilarning navbatdagi guruhlari umra amalini ado etib, Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib keldilar. Ularni Toshkent xalqaro aeraportidan viloyat mas’ullari kutib olar ekanlar, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy avtobuslarda yo‘l patruli xodimlari, shifokorlar kuzatuvida viloyatga olib keldilar.

 

BUGUN "HIDOYAT SARI" KO‘RSATUVI

"O‘zbekiston" telekanalida efirga uzatilib boriladigan diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi "Hidoyat sari" ko‘rsatuvining 4-mart (Juma) kunidagi soni "Poyi jannat - onalar" mavzusiga bag‘ishlanadi. Ko‘rsatuvda boshlovchi - Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hamda Toshkent shahridagi "Said Vaqqos ota" jome masjidi imom-xatibi Foziljon Ubaydullayev, "No‘g‘oy qo‘rg‘on" jome masjidi imom-xatibi Murodxon Sadriddinov va Toshkent viloyatidagi "Ramazoni sharif" jome masjidi imom-xatibi Azimjon Alimjonovlar dinimizda Alloh taoloning yolg‘iz O‘ziga ibodat qilishdan keyingi eng sharafli va farzi ayn hisoblangan ota-onaga yaxshilik qilish, onadek mo‘tabar siymo qadri haqidagi mavzuga doir ma’ruzalari bilan ishtirok etadilar.

 

Kattaqo‘rg‘on tumanida futbol musobaqasi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida IIB tashabbusi bilan 21 mart “Navro‘z” bayrami munosabati bilan tashkilotlar o‘rtasida futbol musobaqasi tashkil etildi. Musobaqada Kattaqo‘rg‘on tumani imom xatiblari ham ishtirok etmoqdalar. Dastlab tuman obodonlashtirish boshqarmasi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozongan imom xatiblar “Mahalla” jamoat fondi bilan kechgan o‘yinda 5:0 hisobida ustun kelib musobaqaning nimchorak finaliga chiqdilar.

 

Samarqandliklar umra ziyoratiga otlanishdi

Joriy yilning 29 fevral kuni samarqandlik ziyoratchilarning dastlabki guruhlari umra amalini bajarish uchun Toshkent xalqaro aeraportidan Saudiya Arabistoni tomon uchib ketdilar. Bir kun avval Samarqand viloyati vakilligi binosida ziyoratchilarni tantanali ravishda kuzatuv ishlari amalga oshirilgan edi. Kuzatuvda viloyat hokimligi mutasaddilari, jamoat tartibini saqlash, viloyat vakilligi xodimlari, muxbirlar va ziyoratchilarning yaqinlari qatnashdilar.

 

Samarqandda hududiy o‘quv-seminarlar

9-21 fevral kunlari Samarqand viloyati bo‘ylab, joylarda fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun hududiy o‘quv-seminarlari bo‘lib o‘tdi. Seminarda viloyat “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Xotin-qizlar qo‘mitasi viloyat bo‘limi vakillari qatorida viloyat bosh imom xatibi Nuriddinxon Islamov ham ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 

Tinglovchilar uchun ziyofat

Joriy yilning 8 fevral kuni Imom Buxoriy xalqaro markazi 4-bosqich tinglovchilari uchun Samarqand shahridagi “Mo‘jiza” restoranida ziyofat tashkil etildi. Unda tinglovchilar bilan birga viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov, Samarqand shahar Xo‘ja Zudmurod jome masjidi imom xatibi M.Melikovlar ham qatnashdilar.

 

Ma’rifiy uchrashuvlar izchil davom etmoqda

2016 yilning 8-9 fevral kunlari Samarqand viloyati vakilligi uchun tadbirlarga boy bo‘ldi. Turli mavzularga doir o‘tkazilgan yig‘inlarda vakillik rahbarlari va imom xatiblar o‘zlarining dolzarb va qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan:

 

Oliy ta’lim muassasalarida uchrashuv

2016 yilning 6 fevral kuni Samarqand viloyatidagi qator oliy ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari, talaba va o‘quvchilari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Jumladan Samarqand iqtisodiyot va servis institutida o‘tkazilgan tadbirda viloyat bosh imom xatibi N.Islamov, Samarqand shahridagi “San’at saroyi”da tashkil etilgan Samarqand davlat universiteti talabalari bilan bo‘lgan yig‘inda viloyat bosh imomi o‘rinbosari Z.Eshonqulovlar qatnashdilar.

 

Samarqandda o‘quv-seminar

Joriy 2016 yilning 5 fevral kuni Samarqand Davlat universiteti binosida fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi. Yuqori saviyada tashkil etilgan seminarda qator nufuzli tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar. Jumladan, O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Toshkent islom universiteti, O‘zbekiston musulmonlari idorasidan kelgan ma’ruzachilar bugungi kunning dolzarb mavzulariga doir nutqlari bilan qatnashdilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Samarqand viloyati vakilligi

Samarqand viloyat bosh imom xatibligi 1977 yilda tashkil topgan. Viloyat bosh imom xatibligi lavozimiga Ulamolar hay’ati tomonidan Samarqand shahar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjidi imom xatibi Mustafoqul Melikzoda tayinlangan. Mustafoqul Melikzoda Samarqand viloyat bosh imom xatibligi faoliyatini 1977 yildan 2000 yilga qadar “Xo‘ja Zudmurod” jome masjididan turib olib borgan.

 
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing