O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Xabarlar

Ma’rifiy uchrashuvlar izchil davom etmoqda

 
 

2016 yilning 8-9 fevral kunlari Samarqand viloyati vakilligi uchun tadbirlarga boy bo‘ldi. Turli mavzularga doir o‘tkazilgan yig‘inlarda vakillik rahbarlari va imom xatiblar o‘zlarining dolzarb va qiziqarli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Jumladan:

Viloyat bosh imom xatibi N.Islamov Samarqand moliya-iqtisodiyot kollejida, bosh imom xatib o‘rinbosari Z.Eshonqulov Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda Samarqand iqtisodiyot kollejida, Samarqand shahar “Ruhobod” jome masjidi imomi T.Amirov SamQXI 1-son akademik litsey hamda Harbiy-qurilish yo‘nalishdagi akademik litseyda ta’lim muassasalari pedagog o‘qituvchilari, talaba va o‘quvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda dunyo tinchligini buzayotgan, XXI asr fojeasi bo‘lgan terrorizm, ekstremizm va ayniqsa, ID guruhlariga qarshi qaqshatgich zarbalar berilgan bir paytda, bu buzg‘unchi oqimlarga turli mamlakatlardan borib qo‘shilganlar o‘z yurtlariga hech narsa ko‘rmagandek qaytib kelayotgani va u yerda ham buzg‘unchilik ishlarini amalga oshirishi yuqori ehtimolli vaziyat ekanini aytib, ularga befarq va loqayd bo‘lmaslikka chaqirdilar.

Shuningdek tadbirlar davomida “Qiyomatga qolgan qarz” nomli hujjatli film namoyish etildi.

****

8 fevral kuni viloyat vakilining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi N.Temirova Samarqand shahar “Yoshlar markazi”da shahar otinoyilari ishtirokida tashkil etilgan yig‘inda ishtirok etdi. U slaydlar asosida “Xotin-qizlarni diniy ekstremizm ta’siridan himoya qilishning ma’naviy ma’rifiy asoslari” mavzusida ma’ruza qildi va mavzuga doir hayotiy misollar keltirdi.

Jonli muloqot shaklida bo‘lib o‘tgan tadbir turli savol – javoblar bilan yanada qiziqarli kechdi.

****

9 fevral kuni viloyat bosh imom xatibi N.Islamov viloyatning chekka tumanlari Paxtachi va Narpay tumaniga tashrif buyurdi. Tashrifdan maqsad fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-seminarda qatnashish edi.

N.Islamov o‘z ma’ruzasida aholi orasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda mahallaning o‘rni, mahalla fuqarolar yig‘inlarining diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchilarining diniy ekstremistik oqimlar g‘oyalarining tarqalishini oldini olishdagi tutgan roli, Markaziy Osiyodagi barqarorlik va xafvsizlikka tahdid solayotgan diniy-ekstremistik va terrorchi tashkilotlar, ularning faoliyat uslublari va strategiyasi, barkamol avlod tarbiyasiga doir fikrlarini bildirib o‘tdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Samarqand viloyati vakilligi


Kiritilgan vaqti: 09/02/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 3394
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/press/news/marifiy-uchrashuvlar-izchil-davom-etmoqda
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 08:58
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing