ZIYORATCHILAR VILOYATGA QAYTISHDI
Joriy 2016 yilning 17 mart kuni samarqandlik ziyoratchilarning navbatdagi guruhlari umra amalini ado etib, Saudiya Arabistonidan yurtimizga qaytib keldilar. Ularni Toshkent xalqaro aeraportidan viloyat mas’ullari kutib olar ekanlar, barcha qulayliklarga ega, zamonaviy avtobuslarda yo‘l patruli xodimlari, shifokorlar kuzatuvida viloyatga olib keldilar.
Oilalari huzuriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilar, butun safar davomida qaratilgan e’tibor, yaratilgan sharoitlar, yuqori darajadagi xizmat uchun avvalo yurtboshi nomiga, qolaversa barcha mutasaddi va mas’ul tashkilotlarga minnatdorchilik izhor etdilar.
Muborak umra ziyoratini ado etgan barcha yurtdoshlarimizning ibodatlarini Alloh taolo dargohida qabul qilgan bo‘lsin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
Kiritilgan vaqti: 18/03/2016 00:00; Ko‘rilganligi: 3119
Chop etilgan vaqti: 03/12/2024 00:49