O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

XUFTON VA BOMDOD NAMOZLARINI MASJIDDA O‘QISHLIK FAZILATI

 
 

Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng diniy sohaga alohida etibor berildi. Yurtboshimiz tashabbuslari bilan mo‘min-musulmonlar talab va istaklari inobatga olinib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufida barcha shahar va qishloqlarda ko‘plab masjidlar ochilib, namozxonlarga topshirildi. Bugungi kunda yurtimizda ikki mingdan ortiq masjidlar faoliyat olib bormoqda. Bunday yaratilgan shart-sharoitlar, biz musulmonlarga namozlarimizni masjidda jamoat bilan o‘qish imkoniyatini berdi. Chunki jamoat bilan o‘qilgan namozning savobi yolg‘iz o‘qilgan namozdan yigirma yetti marta ko‘pligi haqida Rasululloh (s.a.v)dan rivoyat qilingan hadisni ko‘pchilik o‘qigan va eshitgan. Kunlik namozni jamoat bilan ado qilmoq fazilatlari haqida kelgan hadislar ham talaygina bo‘lib, xususan ularda “Xufton va Bomdod” namozlarini masjidda, jamoat bilan o‘qishning darajasi nechog‘li ekani alohida ta’kidlangan.

Rasululloh (s.a.v): “Kimda-kim xufton namozini jamoat bilan o‘qisa, go‘yo u kechasini yarmida turib ibodat qilibdi, kimda-kim bomdod namozini jamoat bilan ado qilsa, go‘yoki u tunni turib ibodatda o‘tkazibdi”, dedilar. Yana bir hadisi sharifda esa: «Kimki qirq kecha takbiri avvalga etib, jamoat bilan namoz o‘qisa Alloh taolo uni do‘zaxdan ozod deb yozib qo‘yadi» deyilgan. Shunga o‘xshash boshqa bir hadisda: “Kimki kechasi masjidga yurib borsa, ana shu kishi qiyomat kunida Alloh taoloni nuriga yo‘liqadi” deb marhamat qilingan.

Tungi namozlarni masjidda o‘qishning fazilati borasida yana quyidagi hadislar rivoyat qilingan:

“Qay biringiz ikki namoz (xufton va bomdod)ni jamoatga chiqib o‘qishga qodir bo‘lsangiz emaklab bo‘lasa ham chiqinglar”.

“Kimki tahorat olib, masjidga kelsa, bomdod namozidan oldin ikki rakat namoz uqisa so‘ng bomdod namozigacha o‘tirsa shu kundagi namozi solatul-abror, o‘zi esa Allohning do‘sti deb yozib qo‘yiladi”.

Bomdod namozini jamoat bilan ado qilish haq


Kiritilgan vaqti: 27/05/2016 00:00;   Ko‘rilganligi: 6499
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/xufton-va-bomdod-namozlarini-masjidda-oqishlik-fazilati
Chop etilgan vaqti: 19/04/2024 01:55
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing