O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Tilning ofatlari

 
 

Til – jamiyat hayotini go‘zallashtiradigan, insonlar o‘rtasida o‘zaro ishonchni mustahkamlovchi omil sanaladi. Shu bilan birga insonlar orasini buzadigan, ular orasidagi barcha ijobiy fazilatlarni parchalaydigan, inson hayotini izdan chiqaradigan narsa ham til sanaladi.

Bizni saodatga eltuvchi ham yoki badbaxtlikka eltuvchi ham tilimizdir. O‘tmishda bu til bilan ummatlar saodat topganlar, Alloh taoloning rahmatiga sazovor bo‘lganlar yoki aksincha qanchadan qancha xalqlar Alloh taoloning azobiga aynan mana shu tillari sababli mustahiq bo‘ldilar. Darhaqiqat, Alloh taolo tomonidan yer yuzida insondan boshqa biror maxluqotlarga berilmagan bu buyuk ne’matning hisobsiz foydalari bo‘lganidek, uning insonga zararlari ham juda ulkan. Shu sabali ham Alloh taolo kalomi sharifida:

“Ularning ko‘pgina maxfiy suhbatlarida yaxshilik yo‘q, magar kim sadaqaga, yaxshilikka va odamlar orasida islohga amr qilsagina, yaxshilik bor. Kim o‘sha ishni Allohning roziligi uchun qilsa, albatta, unga ulug‘ ajr beramiz.” [1]

Shu sababli ham muqaddas dinimizda tilni saqlashga alohida e’tibor qaratiladi: Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham hadislarida “Banda to tilini saqlamagunicha haqiqiy iymonga erishmaydi” – deb mo‘min kishi haqiqiy iymonga etmoq uchun tilni turli ig‘vo, g‘iybat, yolg‘on, dil ozorlik kabi g‘illu-g‘ashlar va noaxloqiy so‘zlardan pokiza saqlash muhim ekanligini ta’kidlaydilar. Shuningdek, yana bir hadisda “Bandaning iymoni to‘g‘ri bo‘lmaydi to qalbi to‘g‘ri bo‘lmaguncha, shuningdek, qalbi to‘g‘ri bo‘lmaydi to tili to‘g‘ri bo‘lmagunicha” deb tilni to‘g‘ri ishlatishga chaqirganlar. Boshqa bir hadisda “Haqiqiy mo‘min tili va qo‘li bilan boshqalarga ozor yetkazmaydigan kishi” deyilib, til bilan boshqalarga ozor yetkazmaslik haqiqiy mo‘minlikning shartlaridan biri sifatida ta’kidlandi.

Darhaqiqat, tilning ofatlari juda ham ko‘p va ulkan bo‘lib, o‘z sohibi va boshqalar uchun uning ortidan keladigan moddiy va ma’naviy


Kiritilgan vaqti: 05/06/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 9996
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/tilning-ofatlari
Chop etilgan vaqti: 02/05/2024 03:10
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing