O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

SOG‘LOM ONA VA BOLA YILI

 
 

Bismillahir rahmonir rahiym. Farzand qalb rayhonidir. Yoshlik chog‘larida ular­­­ni ko‘rib ko‘zimiz quvonsa, katta bo‘lganlarida yor­­dam­­laridan bahramand bo‘lib, dilimiz yayraydi. Dunyodan o‘tganimizdan keyin esa ularning sa’y–hara­kat­lari tu­fay­li solih amallarimiz ziyoda bo‘la­di. Payg‘ambari­­miz alayhissalom aytadilar: «In­son vafot et­ganida uning amali to‘x­­taydi, faqat uch nar­sa — sa­da­qai joriya, foydali ilm, duoi xayr qiluv­chi so­lih farzand tufayli uning nomai a’moliga sa­vob yozi­lib turadi» (Muslim ri­vo­ya­ti).

Alloh taolo insonga farzandni aslida ne’mat qi­­lib bergan, lekin gohida mana shu ne’matga noshukr­lik qilish tufayli farzand ota–onasiga no­mu­nosib bo‘lishi ham mumkin.

Farzand Alloh taoloning bergan ulug‘ ne’matidir. Ota–ona bu ne’matga shukr qilishlari kerak. Kattalar­ning janjali tufayli murg‘ak qalb za­rar ko‘rmas­li­gi kerak.

Go‘dakning haqlaridan biri, onafarzandini ikki yil to‘la emizish­idir. Yan­gi tu­g‘ilgan go‘dak jismi va ruhining sog‘­lom bo‘lib o‘sishiga ona­sining sutidan afzal ozuqa yo‘qekanligini bugungi kuntibbiyot fani ham tasdiqlamoqda.

Bunga Qur’oni Karimning ushbu oyati dalolat qiladi:«Onalar bolalarini to‘la ikki yil emiza­di­lar, (bu hukm) emizishni kamolga yetkazishni is­tov­chilar uchundir...» (Baqara, 233).

Boshqa bir oyat ham ushbu ma’noni quv­vat­laydi:«Biz insonga ota–onasini (rozi qilishni) amr et­dik. Onasi uni zaiflik ustiga zaiflik bilan (qor­ni­da) ko‘tarib yurdi. Uni (ko‘krakdan) ajra­tish (mud­da­ti) ikki yilda (bitar). (Biz insonga bu­yur­dikki,) «Sen Menga va ota–onangga shukr qil­gin! Qaytishlik Me­ning huzurimgadir!». (Luq­mon, 14)

Ushbu oyatda ota–onani hurmat qilish har bir far­zand uchun Allohning amri ekanligi bayon qili­nib, ularni hurmat qilishning asosiy sababi ham ay­­tib o‘tilgan. Ya’ni homiladorlik paytida ona­­si uni qor­ni­da zaifhol bo‘lib ko‘taradi. Bor­gan sari zaiflik ustiga zaiflik ortib borishi va bu hol bola dunyoga kel­gu­nicha davom etadi. Shuncha ma­shaqqat ustiga ona bo­la­­sini yana ikki yil davo­mida emizadi.

Ulamolarimiz shar’iy emizish muddati ikki yil ekani haqidagi hukmni yuqorida aytib o‘tilgan oyatlardan ol­gan­lar. Bola ik­ki yoshga yetgunicha, biror begona ayol­ni emsa, sut or­qa­­li unga bog‘liq hukmlar joriy qi­linadi. Masalan, chaqaloqni emizgan ayol unga emik­dosh ona, ul ayolning eri esa ota, bolalari aka–uka, opa–sin­­gil bo‘ladilar. Mah­ram­lik va nikoh masala­la­ri­dagi hukmlar ham shunga muvo­fiq kuchga kiradi.

Bolani emizish bilan bog‘liq boshqa hukmlar haqida ham Alloh taolo shunday marhamat qiladi:«...Ularni (onalarni) me’yorida oziqlantirish va kiyintirish otaning (erning) zimmasidadir. Hech kim­ga toqatidan ortiq (mas’uliyat) yuklan­maydi. Bolalari tu­fayli ona ham, ota ham zarar ko‘r­­masin!...». (Baqara, 233)

Bolani emizishni ikki yildan oldin to‘xtatish yoki boshqa ayolga berib emizishning hukmlari ha­qida ham Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «...Agar ota–ona o‘zaro kelishib, maslahat bilan (bo­la­­ni sutdan) ajratmoqchi bo‘lsalar, gunohkor bo‘l­may­di­­lar. Agar bolalaringizni (begona ayolga) emiz­dir­moq­­chi bo‘l­sangiz, haqini me’yorida to‘lab tur­sangiz, gu­­nohkor bo‘l­maysiz...». (Baqara, 233)

Agar ota bilan ona o‘zaro maslahat qilib, rozi bo‘lib, bolani sutdan ajratmoqchi bo‘lsalar, ikki yil­dan oz muddatda to‘xtasalar, gunoh yo‘q, bola­ning foy­da­sini ko‘zlasalar bo‘ldi. Shu bilan bir­ga, turli ho­lat­lar ham bo‘lib turadi. Masalan, ona biror sababga ko‘ra chaqaloqni emizishga qodir bo‘lmay qolishi mumkin. Bunda bolani emi­zish uchun boshqa bir ayolni topish va unga haqini berish lo­zim. Bu ish otaning vazi­fa­siga kiradi.

Farzandining sog‘lom o‘sishi uchun to emi­zish mud­dati tugamaguncha, ona homilador bo‘lib qo­lishdan saq­lanmog‘i lozim.

Asmo binti Yazid raziyallohu anho rivoyat qiladilar: «Rasul­ul­loh sallallohu alayhi vasallam, aytdilar: «O‘z bo­­la­la­­rin­gizni xufyona tarzda o‘ldirmanglar. Dar­ha­qiqat, ho­miladorlik vaqtidagi sut, otliqqa ta’­sir qilib, uni otdan qulatib ham yuboradi».

Ushbu hadisni ulamolar shunday izohlashgan: «Emi­­zikli ayol homilador bo‘lsa, uning suti buzi­la­di. Shu sut bilan oziqlangan bolaning badaniga u yomon ta’sir qiladi va mijozi buziladi. Katta bo‘lib, otga min­ga­nida, zaiflik tufayli otdan yi­­qilsa va jarohat olsa, undagi zaiflik onaning ho­miladorlik vaqtida emiz­gan suti sababli bo‘li­­shi mumkin. O‘sha holatda bola toza sut emganida edi, zaif bo‘lmas binobarin otdan yiqilmas edi». Rasululloh sallallohu alayhi vasallam ana shunday ehtimoliy holatni nazarda tutib, bola­lar­­ning halokatiga sabab bo‘lib qolishdan qaytar­dilar.

Dinimiz farzand uchun ota–ona zimmasiga bir qan­cha vazifalar yuklagan. Ayni chog‘da, farzandlar zim­ma­si­dagi vazifalarni ham ochiq–oydin belgi­lab qo‘y­gan.

Imom Muslim rivoyat qilgan bir hadisda Mu­ham­mad alayhissalom: «Ota–onasining birini yoki ik­ka­la­si­ni keksalik hollarida topib, o‘ziga jan­nat­ni vo­jib qilolmagan kishining burni yerga ish­qalansin (ya’ni, xor bo‘lsin)!», – debbir necha bor takrorladilar.

Boshqa bir hadisda esa: «Allohning roziligi ota­ning roziligidadir va Allohning g‘azabi ota­ning g‘aza­bi­dadir», – dedi­lar.

Abu Umoma raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kishi kelib: «Yo Rasulalloh, ota–onaning far­zandi zim­masida qanday haqqi bor?» – deb so‘ra­di. On hazrat­la­ri: «Ular sening jannating va do‘za­xingdir», – deb ja­­­vob berdilar».

Demak, farzand ota–onasining xizmatini ado etish bilan jannatni, ularga ozor berish bilan do‘zaxni qo‘l­ga kiritishi mumkin.

Ota–ona vafot etganidan keyin ham far­zand­ning bur­chi tamom bo‘lmaydi. Balki ularning do‘st va qarin­dosh­lari bilan yaxshi aloqada bo‘li­shi lo­zim.

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhuaytdilar: Muhammad alay­hissalomning shunday deganlarini eshit­gan­man: «Yaxshiliklarning eng afzali bir kishi otasi vafot etganidan so‘ng, uning do‘stlari bilan aloqa qilishdir».

Yana Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhu aytdilarki: «Bir kishi Payg‘ambarimizning huzurlariga kelib: «Yo Rasul­al­loh, men katta gunoh qilib qo‘ydim, tavba qil­sam, kechi­ri­­la­dimi?» – deb so‘radi. Ular: «Onang bor­mi?» dedilar. U kishi: «Yo‘q», dedi. Payg‘ambarimiz: «Xolang bor­mi?» – deb so‘radilar. U kishi: «Ha», – dedi. Shunda unga: «Xolangga yaxshilik qil», – de­­dilar.

Demak, ona vafot etgan bo‘lsa, xola ona o‘rnidadir. Bundan unga yaxshilik qilish esa onaga yaxshilik qilish kabi ekanligi ma’lum bo‘ladi.

Inson ota–onaning qadrini va ularning qan­cha­lik ulug‘ zot ekanini o‘zi ham ota yoki ona bo‘lganida to‘liq anglaydi. Quyidagi oyatikarima ham shunga dalolat qi­ladi: «... Bas, qachonki u voyaga yetib, qirq yoshga to‘l­gan­da: «Ey, Rabbim, menga va ota–onamga in’om et­gan ne’­ma­tingga shukr qilishga va O‘zing rozi bo‘ladigan solih amal­ni qilishga meni muvaffaq etgin va men uchun zur­riyotimni isloh et! Al­bat­ta, men Senga (gu­noh­la­rim­dan) tavba qildim va albatta, men musul­mon­lar­dan­dirman», deydi». (Ah­qof, 15)

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Vido ha­ji­da tavof qilib turgan edilar. Ansorlardan bir ki­shi kelib, onasini yelkasida ko‘targan holda: «Ey Alloh­ning Rasuli, men yelkamda onamni ko‘ta­rib tavof qildirdim, shu bilan uning haqqini ado qildimmi?» – deganida, Payg‘ambarimiz: «Onang­­ni tavof qildirga­ning, oq sut berganining, bir kuni badaliga ham yetmay­di», – dedilar.

Hazrati Ali karramallohu vajhahudan rivoyat qili­na­diki, Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom: «Kimki ota–onasining haqqini ado etmasa, men bunday odamlardan uzoqda bo‘laman» (ya’ni, mening shafoatimdan bahramand bo‘lmaydilar). «Ularga (yaxshilik qilishi uchun) uning moddiy hech nar­sasi bo‘lmasa–chi, ey Rasulul­loh», ─deb so‘radim. «Agar ular­ning so‘zlarini eshit­sang: Qulog‘im sizda, xiz­ma­tingizdaman”, desin va hech qachon ularning so‘zlariga «uf» (malollik) de­masin, ularni jerkimasin. Ularga fa­qat go‘zal so‘z­lar aytsin»,dedilar.

Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alay­hi vasallamdan rivoyat qiladi: «Yo Rasulal­­loh! Amal­lar­ning qaysisi yaxshi?» deb so‘radim. «O‘z vaqtida o‘qil­gan namoz», ─dedilar. «Yana qaysi amal, yo Rasul­al­al­loh?» deb so‘radim. «Ota–onangga yax­shilik qilish»,de­dilar (Imom Termiziy).

Farzand ota–onaga qanchalik yaxshilik qil­ma­sin, ularni qan­chalik o‘zidan ham ortiq ko‘rmasin, hech vaqt dunyoga kelishiga sababchi bo‘lganlik ha­qini qay­tara olmaydi.

Abu Hurayra (raziyallohu anhu) rivoyatida:«Ra­sul­ulloh, sallallohu alayhi vasallam, marhamat qil­­di­lar: «Uch xil duo shak–shubhasiz mustajobdir. Maz­lum­ning duosi, musofir (g‘arib)ning duosi, ota–onaning bo­lasi haqiga qilgan duosi». (Imom Termi­ziy)

Har birimiz ota–onamizga hayotlik vaqt­la­rida yaxshilik qilib, ularning nasihatlariga quloq so­lib, duo­la­ri­ni olsak insho­al­­loh, ikki dunyo saodatidan bahramand bo‘lamiz.

Abdurazzoq YUNUSOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

raisi o‘rinbosari

"www.muslim.uz"dan


Kiritilgan vaqti: 09/12/2015 00:00;   Ko‘rilganligi: 5291
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/soglom-ona-va-bola-yili
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 15:53
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing