O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Жамият

Harom luqmada halovat yo‘q

 
 

Qadim zamonda Abdusalom degan bir halol inson o‘tgan ekan. Uning yakka-yu yagona farzandi bo‘lib, uni juda yaxshi ko‘rar, yeru-ko‘kka ishonmas ekan. Kunlar, yillar o‘tib bola katta pahlavon yigit bo‘lib voyaga yetibdi.

Kunlarning birida u otasiga maslahat solibdi:

- Ey, ota! Endi nima kasb qilay?

         Otasi: - “O‘g‘lim, “Bo‘ynidan bog‘langan it ovga yaramas”, degan gap bor. Endi sen bironta hunar yoki kasbni o‘zing tanla va shunga mehr qo‘y”, dedi.

         Shunda o‘g‘li: - Eng yaxshi kasb - o‘g‘rilik bo‘lsa kerak, - debdi.

         Otasi unga: - Mayli o‘g‘lim, o‘g‘rilik bo‘lsa o‘g‘rilik-da. Qo‘shnimizning qo‘yini o‘g‘irlab ko‘rchi, dedi. O‘g‘il qo‘shnining hovlisiga kirib, katta bir qo‘chqorni xonadon egalariga sezdirmasdan o‘g‘irlab olib kelibdi.

         Ota xursand bo‘lib shunday dedi: - O‘g‘lim, zo‘r ish qilding. Endi ikkimiz bir hafta uydan chiqmay, shu qo‘yni mazza qilib yeymiz.

Xullas, astoydil bir hafta qo‘y go‘shtini yeb, rohat qilishibdi. Ota-bola go‘shtni yeb bo‘lgach, biz o‘zgardikmikan, degan fikr bilan o‘zlarini tarozida tortib ko‘rishga qaror qildilar.

         O‘g‘il bir haftada uch kiloga ozibdi, ota esa to‘rt kilo semiribdi. O‘g‘il hayron bo‘lib otasiga boqibdi. Shunda oatsi kulib shunday degan ekan:

 - Ey, nodon o‘g‘il! Bilib qo‘y, sen o‘g‘irlagan qo‘yning pulini men bir kun oldin qo‘shniga berib qo‘yganman. Shuning uchun men xotirjam semirdim. Ko‘rdingmi, harom luqmada halovat yo‘q,  yeganing o‘zingga yuqmaydi, sen o‘zingga halol kasb tanla. Shunda u dunyoing ham, bu dunyoing ham obod bo‘ladi.

 Ilhomjon MARDIYEV - Bulung‘ur tuman “Isori O‘roqli” jome masjidi imom noibi


Kiritilgan vaqti: 18/02/2020 14:40;   Ko‘rilganligi: 1434
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/society/harom-luqmada-halovat-yoq
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 01:50
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing