O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

O‘zbekistonsan!

 
 

Onam deymu, ko‘zimning ikki nuri gavharimi,

Yo Yurak bag‘rimni qonimu, qonimning javharimi,

Yo Bog‘immi yo gulistonimni mushki anbarimi,

Yo Topilmas baxtu iqbolim hayotim, O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Oyog‘im ostida jonim to‘shalg‘an lolazorim bor,

Shu tuprog‘din vujudim dardlarig‘a g‘amguzorim bor,

Atoyim ham anoyim ul vatandek do‘stu yorim bor,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim, O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Sochib nurini zarrin ofitobim chiqsa osmonim,

Musaffo kechalarda mohitobim chiqsa osmonim,

O‘qilsa madhi yurtim to xitobim chiqsa osmonim,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Aziz tut ey birodar har qarich yer, bog‘u sahrosi,

Zaminu osmonim uzra kulsin oyu zahrosi,

Bu olam bir chaman bo‘lsa Vatandur oni ra’nosi,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Qo‘lingni berma hargiz kim Vatanning qadrini bilmas,

Navosoz bulbuli bor bu chamanning qadrini bilmas,

Ifori tinchligidin yosumanning qadrini bilmas,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Vatansiz qadri o‘lg‘aymu agar shoh Hindu Xo‘tanga,

Berolmas taftini oftob Vatandin ayro bu tanga,

Agar bir kaft turobi bu Vatanning to‘tiyo manga,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!

Qilur bo‘lsang onangday aylagin sen izzatu Ikrom,

Va yo bo‘lgan mador senga otangday izzatu Ikrom,

Toparsan bir kuni sen ham Vatandin izzatu Ikrom,

Topilmas baxtu iqbolim hayotim O‘zbekistonsan!

Yozay har qancha bo‘lmas bu bayotim, O‘zbekistonsan!


Kiritilgan vaqti: 15/04/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2760
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/ozbekistonsan
Chop etilgan vaqti: 25/04/2024 06:37
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing