O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

OGOH BO‘LIB YASHASH DAVR TALABI

 
 

Diniy ekstremizm va terrorizm insoniyat xayotiga taxdid sifatida namoyon bulmokda. Aslida bu illatlar xech kachon ezgulikka emas, aksincha xar doim diniy va insoniy me’yorlar, umuminsoniy kadriyatlar, axlokiy fazilatlarga karshi ishlatilgan.

Xalqimizda kasalni davolagandan ko‘ra, uning oldini olgan afzal, degan naql bor. Ayni shu jihatdan, bugun yurtimizda ekstremizm, terrorizmning oldini olishga alohida e’tibor qaratilayotir.

Terrorizm ko‘rinishlariga, uni qo‘llab-quvvatlovchi, moliyalashtiruvchi, ta’minlovchi hamda yo‘naltiruvchi manbalarga qarshi kurash bo‘yicha O‘zbekiston BMT ning konvensiyasiga qo‘shilganligini ta’kidlash lozim. Shuningdek, mamlakatimizda terrorchilikka qaratilgan xar kanday urinishlarning payi qirqilishini ta’minlay- digan hukukiy baza takomillashtirilgan.

Yurtimiz hududida terrorchilik faoliyatini yo‘qotish, qurol-yaroq, o‘qdori, portlovchi moddalar keladigan yo‘llarni aniqlash, ushbu toifadagi jinoyatlarning, shu jumladan, respublikamizga ekstremistik yo‘nalishdagi g‘oyalarni targ‘ib qiladigan adabiyotlar kirib kelishining oldini olish yuzasidan turli chora-tadbirlar amalga oshirilmokda.

Qur’oni karimda "...Allohning rizqidan yeb-ichingiz, yer yuzida buzg‘unchilik qilmangiz!., deya keltiriladi. (Baqara,60). Islom dinini niqob kilgan buzg‘unchilar islom dinining dushmanlaridir. Chunki, ushbu buzg‘unchiliklar oqibatida ayrim davlatlarda ko‘plab norasida gudaklar, qariyalar, ayollar jabr ko‘rishmokda. Bunday niyati buzuq kimsalarning ko‘rinmas asl maqsadi islom ma’rifati tarqalishiga tusqinlik qilish, butun olamni islom dinidan qo‘rqitish, cho‘chitish, ommaviy nafratni paydo qilish, mo‘min-musulmonlarni yomonotliq, yoshlarni jihod shiori ostida juvonmarg qilish, ulamolarni kofirga chikarish, musulmon o‘lkalarda tahlikali fitnalarni uyushtirish va nizo chiqarishdir.

Bir guruh g‘alamislarning "xalifalik" da’vosi dinimiz ta’limotiga mutlaqo ziddir. Bu aqlga sig‘maydigan safsatadir. Payg‘ambarimiz (s.a.v) bir hadisi shariflarida: "Xalifalik mendan keyin o‘ttgiz yil, so‘ngra podshohlik va amirliklar bo‘ladi", deganlar (Ibn Hibbon rivoyati).

Afsuski, bunday tarkiblarga qo‘shilayotgan kishilarning soni kamayish o‘rniga ortayotgani, achinarlisi ular orasida yoshlarimizning borligi juda ayanchli holat. Yana bir gap. Eng ajablanarlisi, oxirgi paytlarda manfur kimsalarga qo‘shilayotgan xotin-qizlarning ham oz emasligi ma’lum bo‘lmokda.

Internetdagi ijtimoiy tarmoqlar orqali targ‘ibot yuritib, ekstremistlar boshqa davlatlar singari yurtimiz yoshlarini ham o‘z saflariga qo‘shib olayotgani kishini xavotirga solmoqda. "Axborot asri" deb atalayotgan hozirgi zamonda ma’lumot olish va axborot almashishning qulay vositasi internetdir. Shuning uchun xam "o‘rgimchak to‘ri"da buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti, terrorga chaqiriklar ko‘p uchramokda.

Vatandoshlarimiz orasida ana shunday buzg‘unchi g‘oyalarning balandparvoz, puch va’dalariga uchib, ularning ta’siriga tushib qolayotgan kimsalar afsuski, uchramoqda. Shu bois keng jamoatchilik birgalikda ogohlikni nazardan chetda qoldirmasligimiz, o‘z uyimizni o‘zimiz asrab-avaylashimiz, xar laxzada hushyor bo‘lmog‘imiz lozim.


Kiritilgan vaqti: 10/02/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 3187
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/ogoh-bolib-yashash-davr-talabi
Chop etilgan vaqti: 12/12/2024 10:09
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing