O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Оқимлар

Jaholatga qarshi ma'rifat. Soxta salafiylarning g‘oyalari

 
 

Soxta salafiylarning bir nechta g‘oyalari bo‘lib, ulardan biri: Qur'on va sunnatda yozilgan qoidalarni so‘zma so‘z tushunib, ko‘r-ko‘rona amal qilish orqali boshqa manbalarni botilga chiqaradilar.

Fiqhiy turg‘unlik har bir zamon allomasini xavotirga solgan holatdir. Voqelikni inobatga olmaydigan, har masalada harfiy yondashuvni yoqlaydigan toifalar o‘z davrida Abu Muqotil Samarqandiyning “al-Olim va-l-mutaallim” kitobida Imom Abu Hanifa va uning shogirdi o‘rtasidagi savol-javobda ham tanqid ostiga olinadi. Jumladan, shogird Imom Abu Hanifaga savol beradi:

  • Men turli saviyadagi odamlar bilan muloqotda bo‘lib turaman. Ulardan, inshaalloh, mening nazarimda eng past saviyada bo‘lganlaridan gapni boshlayman. Menga ularga qarshi dalillarni ayting. “Bu ishga aslo daxl etma. Zero, sahobiylar ham bu ishlarning hech biriga daxl etmaganlar. Ular qilganini qil”, deydigan toifalarni ko‘rdim. Ular toshqin daryo ichida turgan, uning sayoz joyini bilmaganidan g‘arq bo‘layotganga, joyingda tur, sayoz joyni izlama, deyayotgan kishiga o‘xshaydilar.

Hakim Samarqandiy esa Qur'on oyatlarining zohiriga qarab hukm olish borasida fikr yuritib, “Qur'ondagi hamma narsani ham zohiriga qarab sharhlash mumkin emas, chunki Qur'onda ko‘p o‘rinlarda oyatlarning zohiri boshqa ma'noni, botini boshqa ma'noni anglatadi. Allohdan qo‘rqing. Qur'onni faqat o‘z ra'yingizdan kelib chiqib sharhlamang”, deb bu ishnining shariat ko‘rsatmasiga xilof ekanini ta'kidlagan.

    Zayniddin ESHONQULOV – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 15/11/2019 14:57;   Ko‘rilganligi: 1220
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/movements/jaholatga-qarshi-marifat-soxta-salafiylarning-goyalari
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:07
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing