O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Maqolalar

Islom giyohvandlikka qarshi

 
 

Alloh taolo barcha maxluqotlar ichida insonni eng aziz va mukarram qilib yaratdi. Insonga ko‘p ne’matlarni berdi. Bu ne’matlarni ichida eng buyuklaridan biri sog‘lik ne’matidir.

Bugungi kunda insonni aqlini oladigan xotirasini zaiflashtiradigan turli kasalliklar: asab kasalligi ,oshqozon upka kasalligi,nafas yo‘lini siquvchi, fikr va zehnni o‘tkirligini susaytiruvchi,jinsiy zaiflikka sabab bo‘luvchi, saraton kasalligi, irodasizlik, turli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi shariatimizda gunohi kabiralardan sanalgan asr vabosi giyohvandlik va mast qiluvchi narsalarni zararlari hammamizga oydek ravshan. Alloh taolo bu haqida barchamizni ogohlantirib aytadi: “...O‘z qo‘llaringiz bilan o‘zlaringizni halokatga tashlamangiz.!..” Giyohvand moddalarini iste’mol qiladiganlar o‘zlarini o‘z qullari bilan halokatga tashlash bilan barobardirlar.Alloh taolo: “ O‘zlaringizni (bir-biringizni nohaq) o‘ldirmangiz, albatta Alloh sizlarga rahm-shafqatlidir”.

Giyohvand moddalarini sotayotganlar bir-birini o‘ldirish bilan barobardirlar. Bu giyohvand moddalari bilan tijorat qiladiganlar inson joni bilan tijorat qiluvchilar hisoblanadi. Demak, ular qilayotgan tijorat boshqa insonlarni o‘limiga sabab bo‘lib, guyoki ana shu sababdan hayotdan ko‘z yumganlarga nisbatan ular qotil hisoblanadi. Biz odam savdosi haqida ko‘p gapiramiz, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar odamlarni jasadini tiriklay sotsa, giyohvand moddalari bilan tijorat qiluvchilar odamlarning jonini sotishayapti, bu ikkisi ham juda katta gunoh hisoblanadi. Demak, bu bilan kasb qilishlik harom. Uning tasirida qilingan ibodatlar qabul bo‘lmas, uning foydasidan savob umid qilib sadaqa qilib bo‘lmaydi va uning topgan pullari xayrli ishlarga sarflashga yaramaydi. Ular o‘zlaricha guyoki sadaqa qilib tursa topgan mollari pok bo‘ladi, deb o‘zlarini aldashadi. Sufyon Savriy rahmatullohi alayh aytadilar: “Kim Allohning toatiga harom narsani ehson qilsa, guyoki najas tekkan kiyimni bavl bilan poklabdi”.

Najosat tekkan kiyim suv bilan poklangani kabi gunohlar ham halol narsa bilan poklanadi. Dinimiz halol bilan haromni ajratishni farz qildi. Payg‘ambarimiz: “Halol rizq talab qilish har bir mo‘min uchun farzdur”, dedilar.

Bizni ibodatlarimiz va duolarimizni qabul bo‘lishi iste’mol qilayotgan taomimizga bog‘liqdir.Sa’d ibn Vaqqos Rasulullohga “ Ey Allohni Rasuli, meni duosi ijobat bo‘ladigan inson bo‘lishimni so‘rab Allohga duo qiling dedi. Payg‘ambarimiz unga: “ Ey Sa’d luqmangni pokla duosi ijobat bo‘luvchilardan bo‘lasan” dedilar. Harom iste’mol qiluvchi giyohvandning ibodati va duosi ijobat bo‘lmas ekan. Bu juda katta musibatdir! Hozirgi kunda giyohvandlik va kashandalikka qarshi butun choralar bilan kurash olib borish insoniyatning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib turibdi. Yaratgan Rabbimiz bu illatdan biz yashab turgan diyorni va xalqimizni omonda saqlasin.


Kiritilgan vaqti: 27/07/2017 00:00;   Ko‘rilganligi: 2931
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/islom-giyohvandlikka-qarshi
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 10:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing