Insoniyat yulduzlari
Bismillahir Rohmanir ohiym
Inson esini taniganidan boshlab o‘z hayoti davomida kimgadir o‘xshashga, kimgadir taqlid qilishga harakat qiladi. Kimdir biror kinoaktyorga, kimdir mashhur sportchiga, yana kimdir esa biror honandaga intiladi. Kiyinishi, yurish-turishi hattoki, gapirishida ham ularga o‘xshashga tirishadi, qisqa qilib aytganda, ularga muxlis bo‘ladi.
O‘zini haqiqiy musulmon deb hisoblagan kishi esa bu borada sahobalardan ko‘ra afzal o‘rnak yo‘q ekanligini yaxshi biladi. Zero, Alloh taolo Oli Imron surasining 110 - oyatida ularga xitoban “Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo‘ldingiz” deb marhamat qilgan. Payg‘ambar alayhissalom esa, ular haqida “Sahobalarim yulduzlarga o‘xshaydi. Qaysi biriga ergashsangiz ham to‘g‘ri yo‘lni topasizlar” deganlar.
Insonlar tog‘u toshda cho‘lu biyobonda yulduzlarga qarab to‘g‘ri yo‘lni topganlaridek, musulmonlar ham mana 1400 yildan beri sahobalarga ergashib to‘g‘ri yo‘ldan adashmay kelishmoqda. Shuning uchun sahobalarni tanish bugungi kunda zaruriy ishlardan hisoblanadi.
Ulamolarimiz sahobalarning tarjimai hollarini yoritib, ko‘plab kitoblar tasnif qilishgan va bu orqali din rivojiga ulkan hissalar qo‘shishgan. Biz ham ushbu maqolani shu hizmat yo‘lida dengizdan bir tomchi deb bildik. Sahobalarning ismi shariflari hamda eng mashhur sifatlarini yonma yon shaklda keltirish uslubini o‘zimizga tanladik. “Insoniyat yulduzlari” turkum maqolalarimizning birinchi qismini “Asharai mubushshara” ya’ni “Jannat bashorati berilgan o‘n sahoba” deb nomladik. Alloh boshlagan ishlarimizni xayrli va barchamizga manfaatli qilsin!
Asharai mubashshara
1. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu – Payg‘ambar alayhissalomning yori g‘or birodarlari
2. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu – Al-Faruuq. Haq bilan botil o‘rtasini ajratuvchi.
3. Usmon ibn Affon roziyallohu anhu – Zunnurayn. Farishtalar hayo qilgan sahobiy.
4. Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhu – Payg‘ambar alayhissalom “Men ilm shahri bo‘lsam, Ali uning eshigidir” deganlar.
5. Said ibn Zaid roziyallohu anhu – asharai mubashsharadan.
6. Abdurahmon ibn Avf roziyallohu anhu – eng boy sahobalari.
7. Tolha ibn Ubaydulloh roziyallohu anhu – Uhud jangidagi tan soqchilari, “Tirik shahid” unvoniga sazovor bo‘lgan sahobiy.
8. Abu Ubayda ibn Jarroh roziyallohu anhu –ummat amini
9. Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu – Payg‘ambar alayhissalom "Ota-onam senga fido bo‘lsin, ey Sa’d” degan sahobiy.
10. Zubayr ibn Avvom roziyallohu anhu – Payg‘ambar alayhissalomning havoriylari
Kiritilgan vaqti: 29/11/2017 00:00; Ko‘rilganligi: 3620
Chop etilgan vaqti: 08/10/2024 18:04