O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Фиқҳ

MOLIKIYLIK

 
 

Mazhab asoschisi Imom Molik ibn Anas (713-795) Madinada tug‘ilib, o‘sha yerda vafot etgan. U zot Madina huquqiy maktabiga asoslanib sunniylikdagi keng tarqalgan mazhablardan biri molikiylikka asos solgan. Mujtahid olimning “Muvatto” asari mazhab tamoyillarini atroflicha qamrab olgan. Keyinchalik ushbu asarga qator sharhlar yozilgan.

Mazhabga ko‘ra, asosiy manba sifatida hadislar qamrab olinadi. Shuning uchun mazhab tarafdorlarini “ahli hadis” deb ham ataladi. Uslubga ko‘ra, Qur'on, Payg‘ambar (alayhis-salom) hadislari, sahobiy qavllari va ijmo' kabi manbalarga asoslanib hukm chiqaradi.

Hanafiylik kabi ushbu mazhabda ham urf-odatlar tan olinadi. Hozirda molikiylik mazhabi Misr, Falastin, Sudan, Somali, Liviya, Tunis, Marokash kabi markaziy va G‘arbiy Afrika, Gambiya, Nigeriya, Quvayt, Bahrayn, Ummon hududlarida keng tarqalgan.

Muallif: Z.Eshonqulov – O‘MI Samarqand viloyat vakili, viloyat bosh imom xatibi (manbalar asosida)


Kiritilgan vaqti: 15/10/2019 11:58;   Ko‘rilganligi: 3361
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/fiqh/molikiylik
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 23:02
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing