Payg‘ambar alayhissalomga bo‘lgan ehtiromlar
Muhammad Amriy: «Ibn Umarni Payg‘ambar alayhissalomni zikr qilganida faqat yig‘laganini eshitdim», deb aytdi. (Siyar kitobi 3/214).
– Imom Molik agar Payg‘ambar alayhissalomni eslasalar ranglari o‘zgarib, egilib qolardilar. Bu narsa suhbatdoshlarga qiyinchilik tug‘dirar edi.
– Imom Molikdan Sixtiyoniy haqida so‘ralganida: «Agar bu kishini oldlarida Payg‘ambar alayhissalom zikr qilinsa, yig‘lab, rahmni keltirardilar. Men u kishidagi narsa va Payg‘ambar alayhissalomga nisbatan ehtiromlarini ko‘rgach u kishi haqlarida yozdim», deb aytdilar.
– Ibn Munkadir qorilarning sayyidi bo‘lganlar. U kishidan hadis haqida so‘ralganida yig‘iga tushardilar hatto hamrohlarini rahmi kelar edi.
– Ja'far ibn Muhammad ko‘p hazil qiluvchi tabassumli kishi edi. Lekni u kishining huzurida Payg‘ambar alayhissalom zikr qilinsa, sarg‘ayib ketardi.
– Abdurrohman ibn Qosim Payg‘ambar alayhissalomni zikr qilsa, u kishining rangiga qizarib, xuddi yuzidan qon oqayotganga o‘xshar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning zikrlari haybatidan tili qurib, so‘zlolmay qolardi.
– Omir ibn Abdulloh ibn Zubayrning huzurida agar Payg‘ambar alayhissalom zikr qilinsa, yig‘layverganidan ko‘zlarida yosh qolmas edi.
– Imom Molik aytdilar. Zuhriyni ko‘rdim, u kishi odamlarning eng yoqimlisi va yaqini bo‘lishlariga qaramasdan agar Payg‘ambar alayhissalomni zikr qilinsa, u kishini tanib bo‘lmaydigan darajada o‘zgarib, hollari yomonlashib ketardilar.
– Safvon ibn Sulaym berilib ibodat qiladiganlardan edi. Agar Payg‘ambar alayhissalom zikr qilinsa, yig‘ini boshlar edi. U kishi yig‘layverganidan odamlar o‘rnidan turib, uni tark qilishar edi.
– Ibn Siyrin ko‘pincha kulimsirab yurar edi. Agar Payg‘ambar alayhissalom huzurida zikr qilinsa, tiz cho‘kar edi.
– Abdurrohman ibn Mahdiy huzurida agar Payg‘ambar alayhissalomning hadislari o‘qilsa, atrofdagilarni jim turishga buyurar va «Ovozlaringizni Payg‘ambarning ovozidan yuqori ko‘tarmanglar», deb aytar edi.
BIZCHI AZIZLAR!!!
Bizni suhbatimizda Payg‘ambar alayhissalom zikr etilsa qanday holatda BO‘LAMIZ???
UMMATLIK VAZIFAMIZNI BAJARA OLAYAPMIZMI????
Abrorov Jahongirxon - O‘MI Samarqand viloyat vakilligi matbuot xizmati xodimi
Kiritilgan vaqti: 13/10/2021 10:08; Ko‘rilganligi: 836
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/paygambar-alayhissalomga-bolgan-ehtiromlar
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:49
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 07:49