Nurchilarning” moliyaviy manbalari.
Harakatning moliyaviy asoslari va imkonyatlari haqida gap ketar ekan, “Nurchilar” va ularning tarafdorlari qo‘lida 1980-yillardayoq yirik mablag‘lar jamlanganini qayd etish lozim. Malumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda Fathulla Gyulenning o‘zi 6-8 milliard, harakat esa 80 milliard dollarga egalik qilib, umuman olganda, “Nurchilar” kiritgan “islom kapitali” Turkiya iqtisodiyotining 30 foizini tashkil qiladi.
Harakatning moliyaviy manbalari turli xil bank, firma, media xoldinglar, talim tizimlari va xayriya jamg‘armalaridan tushgan mablag‘larga asoslanadi. Shunday bo‘lsa-da, mutaxassislar tomonidan “Nurchilar”ning moliya tizimiga shubha bilan qaralgan holda, ba'zi G‘arb davlatlarining “xayrixoh” munosabatining aksi ekani takidlanadi.
Harakatga a'zolik. Ta'lim sohasiga alohida e'tibor beradigan “Nurchilar” harakatga a'zolik bosqichida mazkur yo‘nalishdan faol foydalanishadi. Xususan, dastlabki bosqichda o‘quvchilarga turk madaniyatiga nisbatan tarafdorlik, islomiy qadiryatlar va musulmonlar birdamligini anglash tuyg‘usi faol tarzda singdirib boriladi. Bu jaroyonda litssey tarbiyalanuvchilari, ularning yaqinlari va qarindoshlarining ma'naviy axloqiy va shaxsiy sifatlarini o‘rganishga, o‘zaro shaxsiy munosabatlar o‘rnatishga alohida e'tibor qaratiladi.
To‘plangan malumotlar har bir litsey o‘quvchisining qiziqishlari, o‘zlashtirish qobilyati, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, axloqiy pisixologik xususiyatlari, islom va Turkiyaga nisbatan munosabatining tadrijiy rivojlanib borishi bilan maxsus qayt qilib boriladi. Shu yo‘l bilan kelajakda “Nurchilar”ning faol azosi bo‘lishi mumkin bo‘lgan yoshlar saralanadi. Bunda hududdagi obro‘li va ziyoli oilalarning farzandlarini tanlab olishga ham alohida etibor beriladiki, buni ham harakatning o‘z tasir doirasini kengaytirish yo‘lida qo‘llaydigan uslubiy tizimining uzviy halqasi sifatida qarash zarur.
O‘rganish bunday saralashdan muvaffaqiyatli o‘tgan o‘quvchilar homiy tashkilotlar tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanishi, ularga Turkiyada o‘qish imkoniyati berilishi va mamlakatga kelgan talaba o‘sha zahotiyoq 5-6 ta talaba yashaydigan bir uyga joylashtirilib, maxsus “imom”ga biriktirilishini ko‘rsatadi. Shu bosqichdan boshlab, talabalar “imom”ning muntazam g‘oyaviy bosimi ostida yashab, tayyorgarlikdan o‘tadilar va bu jarayon harakat rahbarlari tomonidan turli sinovlar shaklida nazorat qilib boriladi. Bunday shaklda “tarbiya” ko‘rgan, berilgan ko‘rsatmalarga qatiy bo‘ysunishga o‘rgatilgan talabalar harakatining faol a'zolariga aylanadilar.
Shu o‘rinda qayd etish kerakki, “Nurchilar” o‘zlarini oshkora namoyon qilmasliklari tufayli ularning harakatga a'zo ekanini anglash oson emas.
Zayniddin Eshonqulov - O‘MI Samarqand viloyat vakili (manbalar asosida)
Kiritilgan vaqti: 16/12/2019 23:25; Ko‘rilganligi: 1097
Chop etilgan vaqti: 09/10/2024 03:36