O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Nishonga urilgan gaplar: Bilmaydiganlar jim tursa, odamlar orasida kelishmovchiliklar bo‘lmas edi

 
 

Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba'zilarini joyidan yulib tushiradi.

Ibn Sino

***

Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki hayotning o‘zi oddiy – uni o‘zimiz murakkablashtiramiz.

Tarix muhrlagan so‘zlar

***

Insonlar shunday: kurashadilar, zulm qiladilar, zulm ko‘radilar va alaloqibat o‘lim g‘olib bo‘ladi va barchasini mahv etadi.

Sayyid Abror Umar

***

Ishlagan bolta zanglamaydi, doimo yaraqlab turadi.

Ustozlar o‘gitidan

***

Miyangni chirkin hayollar va bemaza tasavvurlardan tozala. Chunki miya axlat quti emas...

Sayfulloh Termiziy

***

Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin,
Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin.
Mol-dunyo barchadin - sendan ham qolur,
Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin.

Abduraxmon Jomiy

***

Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.

Abu Bakr roziyallohu anhu

***

O‘tmish o‘tib ketdi kelajak orzu

O‘zing turgan soatga qilaver ruju.

“Hikmatlar bo‘stoni”dan

***

 

Hech bir gap qolmadi, ma'lum bo‘lmagan,
Juda oz sir qoldi, mavhum bo‘lmagan,
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam,
Bildimki, hech narsa ma'lum bo‘lmagan.

Abu Ali ibn Sino

***

Bilmaydiganlar jim tursa, odamlar orasida kelishmovchiliklar bo‘lmas edi.

Muhammad G‘azzoliy

***

Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi


Kiritilgan vaqti: 11/03/2021 16:13;   Ko‘rilganligi: 1523
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/nishonga-urilgan-gaplar-bilmaydiganlar-jim-tursa-odamlar-orasida-kelishmovchiliklar-bolmas-edi
Chop etilgan vaqti: 28/03/2024 18:01
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing