Nishonga urilgan gaplar: Bilmaydiganlar jim tursa, odamlar orasida kelishmovchiliklar bo‘lmas edi
Taroq aslida sochni tartibga solish uchun ishlatiladi-yu, ammo shu bilan birga u sochlarning ba'zilarini joyidan yulib tushiradi.
Ibn Sino
***
Oddiy fikrla, oddiy qabul qil va oddiy yasha! Chunki hayotning o‘zi oddiy – uni o‘zimiz murakkablashtiramiz.
Tarix muhrlagan so‘zlar
***
Insonlar shunday: kurashadilar, zulm qiladilar, zulm ko‘radilar va alaloqibat o‘lim g‘olib bo‘ladi va barchasini mahv etadi.
Sayyid Abror Umar
***
Ishlagan bolta zanglamaydi, doimo yaraqlab turadi.
Ustozlar o‘gitidan
***
Miyangni chirkin hayollar va bemaza tasavvurlardan tozala. Chunki miya axlat quti emas...
Sayfulloh Termiziy
***
Yaxshilik qil, jahon yaxshilik olsin,
Yaxshilar boshiga yaxshilik solsin.
Mol-dunyo barchadin - sendan ham qolur,
Yaxshisi mol emas, yaxshilik qolsin.
Abduraxmon Jomiy
***
Bag‘ritoshlik ko‘p yolg‘on va hasadning natijasidir.
Abu Bakr roziyallohu anhu
***
O‘tmish o‘tib ketdi kelajak orzu
O‘zing turgan soatga qilaver ruju.
“Hikmatlar bo‘stoni”dan
***
Hech bir gap qolmadi, ma'lum bo‘lmagan,
Juda oz sir qoldi, mavhum bo‘lmagan,
Bilimim haqida chuqur o‘ylasam,
Bildimki, hech narsa ma'lum bo‘lmagan.
Abu Ali ibn Sino
***
Bilmaydiganlar jim tursa, odamlar orasida kelishmovchiliklar bo‘lmas edi.
Muhammad G‘azzoliy
***
Manbalar asosida Saidabror Umarov tayyorladi
Kiritilgan vaqti: 11/03/2021 16:13; Ko‘rilganligi: 1527
Chop etilgan vaqti: 29/03/2024 14:25