O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

Muqaddas dinimizda muslima ayol faqat o‘z oilasi uchun ziynatlanishi mumkin

 
 

Islom dini hamisha insonlarni xayrli ishlarga, oila va jamiyat hayotida o‘zaro birdamlikda bo‘lishga, bir-biriga mehr-oqibatli bo‘lishga undaydi. Islom dinida ayolga bo‘lgan hurmat va e'tibor har bir musulmon hayoti uchun ta'siri juda katta bo‘lib uni asrash va e'zozlash juda muhim sanaladi.

Balki shu sababli, hozirgi kunda butun dunyoda jumladan, Rossiya va boshqa ko‘plab Yevropa davlatlarida islom diniga bo‘lgan qiziqish sekin-astalik bilan o‘sib bormoqda. Butun dunyoni egallab olgan bir paytda G‘arb sivilizatsiyasi o‘rtasidagi o‘zaro nomutanosiblikni va sharq ko‘zgusi sanalmish muslima ayolning kiyinish madaniyati inson salomatligi uchun ta'siri qay darajada muhim va ahamiyatli ekani ham tibbiyot nuqtai-nazaridan isbotlandi.

Zamonaviy tibbiyotda ayolning mahram bo‘lgan joylarini berkitish haqidagi olimlarning qarashlari mushtarakligiga ham bejizga emasdir. Chunki yalang‘ochlanish kishi qalb dunyosining ham bo‘shligidan darak beradi. Buning oqibatida ayol o‘z qadr-qiymatini yo‘qotishi va unga bo‘lgan hurmatni yo‘qotadi.

Kiyinish madaniyati har bir insonning fe'l-atvorini namoyon etadi. Bil'aks, ba'zi ayollarning ochiq-sochiq yurishi oqibatida o‘zlariga bo‘lgan e'tiborni tortish va atrofdagilarda tiyiqsiz his-ehtiros uyg‘otishiga sabab bo‘lmoqda va bu salbiy oqibatlar olib kelayapti. Bugungi «moda» o‘z-o‘zidan erkaklarning hirsini uyg‘otishi bilan birga, dunyoda erkaklarda uchrayotgan mijoz sustligining 70 foizi, ya'ni – organizmning qondirilmayotgan surunkali qo‘zg‘alishiga sabab bo‘lmoqda.

Muqaddas dinimizda muslima ayol faqat o‘z oilasi uchun ziynatlanishi mumkin. Bu nafaqat sog‘lom oila va tinch-totuv hayot asosi bo‘lib xizmat qiladi, balki, erkaklarning salomatligi uchun ham nihoyatda zarurdir. Shu sababli, bir qator g‘arb olimlari prostata bezi kasalligi sharq erkaklari orasida juda kam uchrashining siri nima ekanligiga qiziqish bildirib, bu yo‘lda baholiqudrat bir qator tadqiqot va tekshiruv ishlari olib bordi. Natijada, sog‘lom oila va shu o‘rinda islom dinida ayollarning ichki va tashqi madaniyati o‘rni beqiyos ekaniga yana bir bor amin bo‘lishdi.

N.Temirova - Samarqand viloyat bosh otinoyisi manbalar asosida


Kiritilgan vaqti: 17/06/2022 10:28;   Ko‘rilganligi: 1165
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/muqaddas-dinimizda-muslima-ayol-faqat-oz-oilasi-uchun-ziynatlanishi-mumkin
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 10:41
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing