O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

MOVAROUNNAHRDA HADIS ILMI

 
 

Alloh taolo Movarounnahr diyorini Islom nuri bilan munavvar qilganda, oz sonli sahobai kiromlarga bu diyorning ba'zi shaharlarida istiqomat qilish nasib etdi. Albatta, sahobalar roziyallohu anhum bor joylarda hadis majlislari uyushtrilar edi. Odamlar tevarak atrofdan ular bor joyga kela boshlashdi. Natijada yaxshigina hadis maktabi tashkil topdi. Bu maktab keyinchalik Is'hoq ibn Rohavayh al-Marvaziy va Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziy kabi yetuk allomalar, buyuk muhaddislarni tarbiyalab, yetishtirdi.

Movarounnahrdan chiqqan dastlabki muhaddislar Is'hoq ibn Rohavayh al-Marvaziy, Abdulloh ibn Muborak al-Marvaziylar bilan bir qatorda imom Buxoriy, imom Termiziy, imom Nasoiy, imom Dorimiy Samarqandiy, imom Muhammad ibn Hibbon Bustiy Samarqandiylarni va boshqa muhaddislarimizni ham butun Islom olami hadis ilmini peshvolari deb tan olgan.
Umuman, hech bir musulmon yurti hadis ilmi bo‘yicha bizning yurtimiz oldiga tusha olmaydi.

Dunyo bo‘yicha eng mo‘tabar hadis kitoblari oltita bo‘lib, shundan beshtasiga hamma yakdil ittifoq qilgan. Bular imom Buxoriy, imom Muslim, imom Abu Dovud, imom Termiziy va imom Nasoiylarning kitoblari bo‘lib, shulardan uchtasi-imom Buxoriy, imom Termiziy va imom Nasoiylar yurtimiz farzandlaridir.

Mantiqan o‘ylab ko‘rsak, o‘sha davrlarda sharoit va imkoniyatlar, texnika va transport vositalari, isitgich va sovutgichlar, tezkor aloqalari bo‘lmagan. Lekin shunga qaramasdan ilm uchun oylab yuradigan masofalarni obu-havoning turli-xil holatlaridan qat'iy nazar xavfu-xatar to‘la bo‘lgan yo‘llarni bosib o‘tgan ajdodlarimiz tinmay harakatda bo‘lib, dunyoda barcha sohalarda peshqadamlikni qo‘ldan boy bermaganlar.

Hozirgi kunimizda Alloh tomonidan berilayotgan imkoniyatlarni tinchlik ne'matidan bahramand bo‘lgan holda oqilona foydalansak va har bir soha vakili zimmasidagi mas'uliyatni sadoqat bilan bajarsa, o‘z ustiga ishlasa bu diyor yanada gullab yashnaydi, dunyoda yana ustozlik maqomiga yetisha oladi.

Melikov Abdulloh O‘MI Samarqand viloyat vakilligi xodimi tayorladi


Kiritilgan vaqti: 22/06/2022 09:33;   Ko‘rilganligi: 2594
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/movarounnahrda-hadis-ilmi
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 06:32
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing