O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Samarqand viloyati vakilligi
w w w . s a m m u s l i m . u z

Долзарб мавзу

LUQMANGIZ HALOL BO‘LSIN!

 
 

Buning uchun bu hadisni esdan chiqarmaylik: Rasululloh (s.a.v.): «Ogoh bo‘linglar, albatta, Alloh qonlaringiz va mollaringizni bir-biringizga harom qildi», deya marhamat qilganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ulamolar aytadilar: «Boshqalar haqqini nohaq yeguvchilarga xoin, aldoqchi, o‘g‘ri, battol, foiz oluvchi (sudxo‘r) va beruvchi, yetim molini sovchi, yolg‘on guvohlik beruvchi, qarz olib undan tonuvchi, poraxo‘r, o‘lchov va tarozidan urib qoluvchi, molining aybini yashirib sotuvchi, qimorboz, sehrgar, munajjim, fohisha, azada dod solib yig‘lovchi, sotuvchidan so‘ramay, haqini olib qoluvchi dallol, hur-ozod odamni sotib pulini aydiganlar kiradi».
Anas ibn Molik (r.a.) aytadi: «Nabiiy solallohu alayhi va sallamga:
- Ey Allohning Rasuli, duo qiling, men duosi qabul bo‘ladiganlardan bo‘lay, - dedim. U zot:
- Ey Annas, taoming pok bo‘lsin, duoying qabul bo‘ladi. Chunki bir odam bir luqma haromni og‘ziga solsa, qirq kungacha duosi ijobat bo‘lmaydi, - dedilar (Imom Daylamiy rivoyati).
Qolaversa, nopok yo‘l bilan topilgan ozuqani yeb o‘sayotgan farzandlar kelajakda kim bo‘ladi? Ularning axloqi, tarbiyachi, fe'l-atvori qay holatda bo‘ladi? Alloh taolo barchamizni o‘zgalar haqidan hazar qiladigan, halol va haromni farqlaydigan, insofli, diyonatli bandalardan qilsin!

Faxriddin hoji HUSENOV,
Samarqand shahar "Murod avliyo" jome' masjidi imom-xatibi


Kiritilgan vaqti: 13/12/2022 13:53;   Ko‘rilganligi: 706
 
Material manzili: https://www.sammuslim.uz/oz/articles/actual/luqmangiz-halol-bolsin
Chop etilgan vaqti: 20/09/2025 09:43
 
 
O‘qish uchun ushbu tugmani bosing