Kasblarning eng afzali
Dinimizda dehqonchilik bilan shug‘ullanish ulug‘ amallardan xisoblanadi. Chunki ulardan hamma manfaat oladi. Alloh taolo bu kasb egalarini juda ko‘p jonzotning rizqiga sababchi qilib qo‘ygan. Shu bois Islom ulamolari nazdida dexqonchilik eng afzal kasblardan sanaladi.
Hddisi shariflarda dehqonchilik bilan shug‘ullangan odamlarga ko‘plab savob va ajrlar borligi aytilgan. Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar:
«Qaysi bir musulmon biror ekin eksa-yu, undan biror jonzot yesa, albatta, u uchun sadaqa bo‘ladi. O‘g‘irlangani ham u uchun sadaqa bo‘ladi. Yirtqichlar yegani ham u uchun sadaqa bo‘ladi. Qushlar yegani ham u uchun sadaqa bo‘ladi. O‘sha ekindan birortasi manfaat olsa, albatta, u uchun sadaqadir». Boshka bir rivoyatda: «Musulmon kishi bir ekin eksa-yu, o‘shandan insonmi, jonvormi, qush- mi, yesa, albatta, qiyomat kunigacha uning uchun sadaqi bo‘ladi», deyilgan (Imom Muslim rivoyati).
Sahobalarning bir qanchalari dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Jumladan, Islom tarixida eng ko‘p hadis rivoyat kilgan sahoba Abu Xurayra, tajribali qo‘mondon, mohir mergan Sa'd ibn Abu Vaqqos va boshqa sahobalar roziyallohu anhum dehqonchilik sir-asrorlaridan voqif bo‘lib, mo‘l hosil olish yo‘lini yaxshi bilganlar.
Har bir kishining o‘z mehnati bilan topgan rizq-ro‘zi afzal ne'mat ekani aytilgan. Miqdom roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda “Hech kim, hech qachon o‘z qo‘li (mehnati) bilan topgan taomidan yaxshiroq taom yegan emas” (Imom Buxoriy rivoyati).
Yerimizdan unumli foydalanib, unga turli xil ekinlarni ekib, undan xosil olib, o‘zimiz va boshqalarning rizqli bo‘lishiga harakat qilishimiz bandalik burchimizdir. Zero, Alloh taolo yerni insoniyat uchun buysundirib, uni tirikchilik uchun vosita - ne'mat qilib bergan. Qur'oni karimda marhamat qilinadi: “U sizlarga yerni buysundirib qo‘ygan Zotdir” (Mulk surasi, 15- oyat), “Batahkiqqi, Biz sizlarni yer yuzida imkonli qildik va unda sizlarga maishat (vositalari) qildik. Juda oz shukr qilasizlar” (A'rof surasi, yu-oyat).
Afsuski, o‘zidagi imkoniyatlardan foydalanmayotgan kishilarning borligi achinarlidir. Ahir, o‘z tomorqdsida dehqonchilik qilsa, o‘ziga halol rizq, o‘zgalarga manfaat bergani uchun sadaqa savobiga ega bo‘lishadi-ku! Alhamdulillah, zaminimiz quyoshli, yerlarimiz serunum. Nima ekmaylik, albatta, unib, mo‘l xosil beradi.
Qadimda bir maddoh bo‘lgan ekan. O‘zining maza-bemaza qofiyali she'rlari bilan barchaning joniga tegibdi. Atrofidagilarning betakallufligidan norozi bo‘lgan maddoh bir Xafta mobaynida podshohga atab qirk bayt madh bitibdi. Alqissa, podshox huzuriga kirgan maddoh o‘z madhini o‘qiy boshlabdi. U o‘qigan sayin podshoxning yuzi tundlashib boraveribdi. «Ash'or»i yarimlamay turib, podshox mulozimlariga «Shoirning xar bir misrasi uchun bir darradan urilsin. Tumanidan turt tanob yer ajratilib, bundan buyoniga dehqonchilik bilan shug‘ullansin. Yonidagi dehqonlardan kam xosil olsa, zindonband qilinsin», deya amr etibdi. Jazodan qo‘rqqan maddoh bor mehrini berib, mexnat qilibdi. Natijada mo‘l xosilga ega bo‘lib, dastlabki xosilidan saroyga olib kelibdi. Uning mehnati samarasini ko‘rgan podshox qirq tillo bilan siylab, «Rahmat sizga, bobodehqon!» deya tasannolar aytgan ekan. Qissadan xulosa chiqarish o‘zimizga bog‘liq.
Mehnat insonni ulug‘laydi, rizqning keng bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Agar mehnat yerga singdirilsa, nafi bir necha karra bo‘lishi, shubxasiz.
Zayniddin ESHONQULOV Samarqand viloyati bosh imom-xatibi
Kiritilgan vaqti: 17/07/2020 11:21; Ko‘rilganligi: 1580
Chop etilgan vaqti: 10/11/2024 19:18